Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda “mazdakizm” deb atalgan boshqa
diniy-falsafiy ta’limot yuzaga kelib, u Markaziy Osiyoda ham keng yoyildi. Mazdakizm
feodal munosabatlarning rivoji va u bilan bog‘liq holda xalq ahvolining og‘irlashuvi va
ikki o‘rtada ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan.
Mazdak
ta’limoti ham jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan inson omilini
ko‘tarishga, ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Mazdakizmning Moniylik ta’limoti bilan ko‘p o‘xshash tomonlari bor.U Moniylik
ta’limotini to‘ldirib, uning zohidlik – noumidlik g‘oyalarini dunyoga umid bilan qarash
g‘oyalariga almashtiradi.
Mazdak Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Dehqonlar qo‘zg‘oloniga
yo‘lboshchilik qilganligi uchun 529 yilda Anushervon tomonidan qatl etilgan. Mazdak
feodal mol-mulkini umumiylashtirishni, feodallar hukmronligini yo‘qotishni talab qiladi.
Moniylikdagi kabi mazdakizmda ham dunyoni tushunish negizida bir-biriga qarama-
qarshi ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat kurashi yotadi deb qaraladi.
Bu kurashda yaxshilik yomonlik ustidan, yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qiladi, deb
ishonch bildiriladi. Mazdakning aytishicha, yomonlik va zulmat kuchlari hukmronlik qilar
ekan, kishilar ularga nisbatan befarq bo‘lishlari
kerak emas, balki yaxshilik kuchlariga
yordam berishlari kerak.
Mazdakning fikriga ko‘ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o‘rtasida ziqnalik, o‘g‘rilik,
yomonlik, makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman falokat
va baxtsizliklar kabi
illatlarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan bunday yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi
asosning o‘zini tugatish kerak, deb hisoblaydi. Alloh hammaga mol-mulkni teng bo‘lib
bergan, ammo boylar xudbinlik yo‘llariga o‘tib (o‘zim bo‘lay), barcha boylikni o‘ziniki
qilib olish yo‘liga o‘tgan. Kambag‘allar ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega,
shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining bir qismini ular o‘rtasida taqsimlab
berish, boylar bilan qashshoqlarni tenglashtirish odilona ish bo‘ladi degan g‘oya ilgari
suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi.
Mana shuning uchun ham Mazdak va uning tarafdorlari ta’qib
ostiga olindi va ular
shafqatsizlarcha jazolandilar.
Mazdakizm ma’naviy-ahloqiy ta’limotida ham xuddi Zardushtiylik ta’limotidagi kabi
hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilish, urish man etiladi.
Xulosa shuki, Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy
yuksalishida, ayniqsa ularning adolatsizlik, zulm, zo‘rlik, shafqatsizlikka qarshi
kurashishga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Mavzu oxirida inson ma’naviyligi mezonlari va me’yorlari haqida “Avesto”dan
namunalar keltirishni ma’qul ko‘rdik, zero uni o‘qigan yoshlar uchun foyda va ibratdan
holi emas.
Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Dunyo(boylikka) xirs qo‘yish dunyo
lazzatlarini bemaza, behalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi.
G‘azabdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maqsadlarini
unutadi... halol mehnatdan qoladi. G‘azab tufayli hayotda halovat yo‘qoladi,safo o‘ladi.
Uyquga ruju qo‘yma, savob ishdan qolasan.
Sergaplik gunohlarni ko‘paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko‘paytiradi. Chunki
kamsuxanlik fikrlab so‘zlashga imkon beradi.
Tirishqoq bo‘l, topganing bilan tirikchilik qil.
Ortganini ehson qil, u ezgu ishlar
orasida eng ulug‘i va zaruri.
Qasd qidiruvchi odamdan yiroq bo‘l, ochko‘z bilan hamkorlik qilma, unga ayniqsa
hokimiyat berma.
Xotin olsang olijanob, xushodob, oqila qizga uylan.
Mast bilan hamroh bo‘lma, nokasdan qarz olma.
Ilm o‘rganish, ilohiy haqiqatlarni bilish... yo‘lida tirishqoq bo‘l, chunki bu aqlingni,
ruhingni o‘stiradi, qalbing va ruhingni savobga doxil qilib, gunohdan asraydi.
Savob ish yaxshi niyatdan boshlanadi. Haqgo‘ylik adolat uchun zamindir. Yolg‘on
so‘zdan adolatsizlik tug‘iladi..
Ezgu ishni boshlash uchun dadillik kerak. Dadil bo‘lish uchun ishingni haqligiga
ishonch kerak.
Boringga qanoat va shukur lozim. Borni halol ko‘paytirish esa mehnat bilan.
O‘z ruhing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan-bir yo‘li foydali mehnat,
mehnatdan ruhan qanoat olishdir.
Sog‘liq uchun muhim shart me’yorida tanovul qilish. Tanni mehnatda tutish.
G‘amgin bo‘lmaslik uchun qanoatli bo‘lish lozim.
Oqil hukmdorning ishini quvvatlash fuqaroning farzidir.
Hukmdor yaxshini
yomondan ajrata bilishi adolat uchun muhimdir, yaxshini e’zozlash, yomonni jazolash
adolat mezonidir.
Ezgu ishni ko‘z-ko‘z qilma. Maqtanchoqlik qilma. Yerdagi hayotingni bezashga
urinma. Kamtarona yashash xudoga ma’quldir.
Amalu martabaga ishonma. Oxiri amalsiz, martabasiz qolasan. Yerdagi hurmat-izzat
aldamchi. Samodagisini yaratish uchun ezgu ishlaringni ko‘paytir. Ezgu hayot kechirgan
inson ruhi jannat bihishtga loyiqdir.1
1 Mazkur namunalar Mirsodiq Is’hoqov tomonidan “Moziydan sado” rukni ostida
tayyorlangan “Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal” kitobidan olindi.
Toshkent, 2001, 19-22-
betlar.
2 Qarang: Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent,
“O‘zbekiston”, 2000. 47-bet.
Bu keltirilgan dono fikrlar bugun ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular
barkamol insonni tarbiyalashda ma’naviyatimizni boyitishda muhim manba vazifasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: