1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish -



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish - 
huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim 
sharti 
Hokimiyat o‘z mohiyati va maqomiga ko‘ra rahbarlik va xukumronlik qilish 
munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir. Hokimiyat alohida shaxs, guruh, odamlar, 
tashkilot, siyosiy partiya, davlatning ijtimoiy hamkorlikning boshqa ishtirokchilariga kuch 
ishlatish yoki kuch ishlatmaslik vositalari va uslublari yordamida o‘z irodasini o‘tkazish 
va ularning harakatlarini boshqarishni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat hokimiyati va boshqaruv 
idoralarini yangitdan tashkil etdi. Natijada yangi davlat organi-viloyat, shahar va tuman 
hokimligi boshqaruvi vujudga keltirildi. Hokimlar o‘z faoliyat doirasida O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining 
huquqiy hujjatlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatiga molik 
masalalarni muhokama etish, hayotga joriy etishda bevosita ishtirok etadilar. Shu 
jumladan, hokimliklar davlatning ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi


siyosatini amalga oshirishga ham mas’uldir.
Ma’naviyat hokimiyat tizimida turli tabaqa, turli toifadagi aholining umumiy 
manfaatlarini o‘zida mujassam etib, ularning bir mamlakat fuqarosi sifatida umumiy 
ehtiyojlarini qondirishning muhim omili sanaladi.
Mustaqil O‘zbekiston xalqi o‘z oldiga huquqiy demokratik davlatni qurishni maqsad 
qilib qo‘ygan. Bu maqsadning samarali amalga oshishi davlat boshlig‘i va joylardagi 
hokimlarning dunyoqarashi, og‘ir vaqtlarda eng maqbul va eng to‘g‘ri yo‘nalishni tez 
anglab olish qobiliyati bilan bog‘liq. Darhaqiqat, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida 
shaxsning roli benihoya katta. Rahbar shaxsning ma’naviy, ijtimoiy – siyosiy 
barkamolligi, qanday maqsad va g‘oyalar bilan yashayotganligi muhim ahamiyatga ega. 
Shuning uchun ham Sharq donishmandlari hokimiyat tepasida turgan kishi qanchalik 
dono, aqlli va sezgir bo‘lsa, bu o‘sha davlat, uning xalqi uchun ham shunchalik katta baxt 
deyishgan. Ya’ni Sharq mutafakkirlari davlat va jamiyat, podsho va raiyat haqida 
yozganda, nufuzli insonning ma’naviy yetukligiga, pokligiga, halolligi va to‘g‘riligiga 
asosiy e’tiborini qaratib, adolat, rostlik, mehr-shafqat, saxovat va qanoat kabi sifatlarni 
himoya qilganlar.
Biz bu o‘rinda buyuk mutafakkir va davlat arboblarining rahbar kishilar, 
mansabdorlarning hokimiyatni boshqarishda o‘zlari amal qilgan ma’naviy – axloqiy 
me’yorlari va bu borada qoldirgan ba’zi meroslari haqida batafsilroq so‘z yuritishni lozim 
topdik. Zero, bu bugungi kunimiz uchun nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanligini 
anglab olishimizga hech bir shubhasiz yaqindan yordam beradi.
Amir Temur ham o‘zi barpo etgan buyuk davlatni milliy, islomiy, axloqiy 
qadriyatlariga tayanib idora qildi. Bu esa jamiyatni adolat, insonparvarlik mezonlari 
asosida boshqarishga, mamlakatda osoyishtalik, tinchlik, totuvlik saqlanib turishiga olib 
keldi. Temurning yuksak axloqiy fazilatlari ham ulkan imperiyani yaratish, uni 
rivojlantirish, jahondagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanishiga asos bo‘lgan 
ma’naviy omildir. Temur o‘z qo‘li ostidagi rahbarlardan, sarkardalardan ham axloqli, 
odobli, adolatli bo‘lishni talab qildi. U o‘zining «Tuzik»larida rahbarlarning axloqli, 
adolatli bo‘lishi jamiyat, davlat va millat uchun qanday katta ahamiyatga ega ekanini 
ko‘rsatib, amaldor-mansabdorlarning quyidagi vazifalarini belgilagan: «Sulton har 
narsada adolatpesha bo‘lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlarni saqlasin, toki podsho zulm 
qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt 
o‘tmay saltanat uyi qulaydi».1
1 Temur tuzuklari. Toshkent, «Navro‘z» nashiriyoti, 1992, 23-bet.
Buyuk saltanat sohibi bo‘lgan Amir Temurning davlat ishini to‘g‘ri odilona 
boshqarishiga asos bo‘lgan ma’naviy – ahloqiy fazilatlari quydagilardan iborat bo‘lgan: 
aqli raso, xushyor kishilar bilan bamaslahat ish yuritishi; ishbilarmon, tadbirkor, mard, 
shijoatli, xushyor kishilarni qadrlash; odamlarga rahm – shafqatli bo‘lish; odamlarni rozi 
qilish; yomonlik qilib, keyin tavba qilganlarni kechirish;gina va adovat saqlamaslik; jasur, 
shijoatli kishilarni do‘st tutish; hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmaslik; 
ulug‘larni og‘a qatorida, kichiklarni farzand qatorida ko‘rish; xalqqa zulm qilgan 
kishilarni kechirmay jazolash; olim-u fozillar ijodiga yo‘l ochish; sarmoyasiz qolgan 
savdogarlarga, dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan kishilarga yordam berish; har 
kimning so‘ziga quloq solish va o‘z aqli bilan xulosa chiqarish; ig‘vogar va 
tuxmatchilarning so‘zlariga quloq solmaslik; zarur bo‘lib qolsa, qat’iy choralar ko‘rish; 
mehnatsevar, hayr – ehsonli kishilarni qo‘llab – quvvatlash va boshqalar. U hatto o‘z 


farzandlariga qoldirgan vasiyatida ham xalqning, davlatning, jamiyatning ma’naviy – 
axloqiy kamolotini davlat barqarorligi va rivojlanishining asosiy omillaridan biri deb 
qaragan. Bu uning o‘z farzandlariga qarata aytgan quydagi so‘zlarida ko‘rinadi: 
«Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo‘ring, yo‘qsillarni


boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o‘lsin».1
1 Yuqoridagi asar 34-bet.
2 Xondamir. «Makorimul-ahloq», Toshkent, O‘zFA nashiriyoti, 1948, 40-41 betlar.
3 Yuqoridagi asar, 40-41 betlarda


4 Qarang.Fozil odamlar shahri. Toshkent, 1993, 186 -187-betlar.
Temur tarixda qoldirgan yaxshi nom, u tayangan va targ‘ib etgan ma’naviy – axloqiy 
qoidalar, odoblilik mezonlari biz avlodlarga qoldirgan buyuk merosdir. Donishmandlar 
tarixda yaxshi nom qoldirishni ikkinchi umir deb bekorga aytmaganlar. Buyuk 
bobomizning ma’naviy –axloqiy o‘gitlari hozir ham bizga dasturi amal bo‘lgani 
sohibqironning ikkinchi umridir.
Alisher Navoiy ham butun umri davomida rahbarning ma’naviy tubanlashishi shaxs 
uchun ham, jamiyat uchun ham nihoyatda hatarli ekanini ko‘rsatib o‘tgan. U 
mansabdorning ma’naviy – axloqiy tubanlashishi qanday yomon oqibatlarga olib kelishi 
mumkinligini tasvirlab quydagi hikmatli fikrlarni aytgan: «Inson mansab va kattalikni 
sevishi tabiydir. Bu ishda nafs ixtiyorsiz va kishining sezgisini egallash bilan 
shug‘ullanishini talab qiladi; mansabning xosiyati g‘aflatni orttiruvchi va podshohlikning 
mast qiluvchi iltifoti xush oluvchi va shunday kishiga xalqning ishi ko‘p tushadi. Bunday 
kishining xushyor bo‘lishi juda og‘ir. Agar u goho aql madadi bilan o‘zini tuta olsa-da, 
biroq mansab mastligi uni holiga qo‘ymaydi. Haqiqatdan, shu mastlik chog‘ida, falakning 
intiqom oluvchiligi, g‘addorligi va falak Holiqning adolatli hokim ekanligi qachon uning 
xotiriga keladi? Orttirilgan qudrat va martabaning bahosi yo‘q va umr foydasizdir. Uning 
yomonliklaridan faqat dushmanlargina kulib qo‘ya qolmay, rasvoligidan do‘stlari ham 
sharmandadir…Xulosa: nafsi pok va aqli sof kimsa bu mastliklardan o‘zini behush 
qilmasin va o‘zini o‘zbilarmonlik va o‘zboshimchalikka solmasin. Zulm ko‘rgan 
dardmanlarning holiga boqsin».2
Podshoh va mansabdorlarning xalq bilan munosabatiga asos bo‘ladigan ma’naviy – 
axloqiy omillar, odob qoidalari ustida to‘xtab, yana quydagi fikrlarni aytgan: «Kuchsizlar 
va bo‘ysunuvchilarga shafqat va mehribonlik ko‘rsatsinlar. Yomon holga tushgan va 
tuban kimsalarning ishlarini marhamat va yumshoq so‘zlar bilan to‘g‘irlasinlar. Qattiq 
so‘zlar bilan darveshlarning dillarini ranjitmasinlar. Dili yaralarning jarohatiga muloyim 
so‘zlar bilan malham bo‘lsinlar. Nafs va shayton firibidan xotirjam o‘tirmasinlar. O‘lim 
farishtasi qasdini o‘zlaridan uzoq ko‘rmasinlar, har bir ishda ixlos va rostlikni kasb 
etsinlar. Podsho davlati, xalq va sipoh ishlarini tuzatish borasidagi to‘g‘ri so‘zdan 
qo‘rqmasinlar va aytabersinlar. Xudoy saqlasin, g‘ururlik mayi bilan mast va behush 
qilmasinlar. Dunyo ishlari uchun bir-biriga xusumat qilmasinlar.Boshga biror mashaqqat 
ish tushsa, sabr va chidam panohiga sig‘insinlar. Yoshlarga shafqat, tengqurlarga 
muvaffaqiyat va madora, kattalarga izzat va hurmat ko‘rsatish yo‘llariga rioya qilsinlar»3
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy «Fozil kishilar shahri» nomli asarida davlatni 
boshqaruvchi rahbar shaxsning o‘n ikki fazilatini sanab o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, rahbar 
avvalo sog‘lom, aqlli, xushyor, zakovatli odam bo‘lishi, qalbida adolat tuyg‘usi jo‘sh urib 
turishi, do‘stu dushmanni, rost va yolg‘onni ajratadigan bo‘lishi kerak. Davlatni fozil 
kishilar boshqarishi lozim. Fozil kishilar ko‘paygan shaharlarda osoyishtalik, farovonlik 
ham bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.4
Buyuk bobokalonlarimizning yuqorida keltirilgan fikrlarida mansabdor inson 
faoliyatiga asos bo‘ladigan mukammal ma’naviy – ahloqiy qadriyatlar tizimi bayon 
etilgandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi mustaqillik davrida davlat 
rahbaridan, hokimiyat tizimida ishlayotganlardan juda katta mas’uliyat va fidoyilik hamda 
ma’naviylik talab etiladi. Hokimiyat tizimidagi har bir rahbar shaxs butun hayot zavqini 
mashaqqatga almashtirgan, o‘z hayoti va jonini mamlakat va xalq hayoti yo‘liga


tikkan vatanparvar, xalqparvar, halol, pok, to‘g‘ri, adolatli – qo‘yingchi har 
tomonlama yuksak ma’naviyatli, barkamol inson bo‘lishi kerak.
Prezidentimiz Islom Karimov xalq deputatlari Samarqand va Navoiy viloyatlari 
Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida ta’kidlaganidek, 
lavozim kishiga kibru havo, boylik to‘plash va kayfu safo uchun berilmaydi. Aksincha, u 
yuksak mas’uliyatni, hayotning butun rohat-farog‘atidan kechishini, kerak bo‘lib qolganda 
o‘zidan kechishni talab qiladi. Bunday qarash har birimiz uchun, shu jumladan, ayniqsa 
hokimiyat tizimida ishlayotganlar uchun odatga aylanishi, hayotimizga singib ketishi 
kerak.
Rahbar xodimlar o‘z hayot faoliyatlarida davlatchilik, el-ulusni boshqarishda adolat, 
vatan, xalq manfaatini har narsadan ustun qo‘yish tamoyillariga amal qilishlari yuksak 
ma’naviylik mezonlariga mos tushadi. Agar rahbar xodim ayshu-ishratga berilib, o‘zining 
talabchanlik, tashkilotchilik va rahbarlik burchini unutib qo‘ysa, o‘sha joyda qonunga 
rioya qilish, tartib-intizom masalalari qolipdan chiqib ketishi tabiiy hol. Rahbar o‘z 
faoliyatida mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, qarindosh-urug‘chilik kabilarga yo‘l 
qo‘ysa, bu taraqqiyotimiz va tinch-farovon hayotimizga xavf soladigan tahdidga aylanadi. 
Hokimiyat tizimidagi rahbar xodimlarning ma’naviy qiyofasidagi bunday salbiy illatlar 
jamiyatimiz, mustaqilligimiz uchun katta xavf ekanligi Islom Karimovning «O‘zbekist on 
XXIasr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
asarida keng, atroflicha bayon qilib berilgan. Gap shundaki, hokimiyatning boshqaruv 
tizimida ishlayotgan rahbar xodimlar amaldan mag‘rurlanib, boshi aylanib, o‘z faoliyatida 
mahalliychilik, oshna og‘aynichilik, urug‘-aymoqchilik illatiga yo‘l qo‘ysa, bunday rahbar 
xudbinlik kasaliga duchor bo‘lib, oyog‘i yerdan uziladi. El-ulus nazaridan qoladi. 
Prezidentimiz aytganidek, rahbarlar kelib ketadi, el, xalq qoladi. Lekin ana shu rahbar 
xalq ko‘nglidan o‘ziga joy topa oladimi? Esda qoladigan biror hayrli ish qila oldimi?
Kimdan bog‘ qoldiyu, yaxshi nom, yaxshi xotira qolayaptiyu, kimdan yomon nom
dog‘, isnod qolyapti, buni odamlarning o‘zlari ajratib oladi.1
1 Qarang. Karimov I.A. Adolat, vatan va xalq mafaati har narsadan ulug‘. «Xalq 
so‘zi» gazetasi, 1998yil 11 noyabr’.
Xulosa shuki, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalq ishonchini qozonish uchun 
hokimiyatni 
boshqaruv 
tizimiga 
ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish 
taraqqiyotimizning muhim sharti hisoblanadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish