1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


 Ma’naviyat va huquq, ularning o‘zaro munosabati



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
4. Ma’naviyat va huquq, ularning o‘zaro munosabati 
Huquq – yuridik ma’noda davlat hokimiyati tomonidan belgilanadigan va 
qo‘riqlanadigan, jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan qonun-
qoidalar, normalar majmuini ifodalaydi. Shuningdek, huquq kishilarning, mamlakat 
fuqarolarining biror ish-harakat qilish uchun berilgan, davlat qonunlari yoki boshqa xil 
qonun-qoidalar 
bilan 
mustahkamlangan, 
garantiyalangan 
imkoniyatlari, 
erklari, 
ixtiyorlarini bildiruvchi keng ma’noli tushuncha.Chunonchi, saylash va saylanish huquqi, 
mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, dam olish huquqi va boshqalar.
Ma’naviyat iqtisod, siyosat qatori huquq bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, huquq va 
ma’naviyat ikki yondosh soha bo‘lib, bir-biriga ta’sir ko‘rsatib turadi. Ularning tutashuv 
o‘rinlari benihoya ko‘p. Huquq va ma’naviyatning eng umumiy tomoni har ikkisining 
jamiyatda muvozanat va uyg‘unlikni saqlashga xizmat qilishidadir. Jumladan, huquqiy 
jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar, fuqarolar, millarlararo muvozanat va uyg‘unlikni, 
ma’naviyat esa inson ruhidagi uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ular o‘rtasidagi 
farq shundaki, huquq qonun yo‘li bilan mustahkamlanadi. Ayni vaqtda qonunlarning 
mukammalligi uni qabul qilgan insonlarning ma’naviy darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni 


insonlarning ma’naviy takomil darajasi oxir-oqibat qonunlar mukammalligini 
ta’minlovchi omil bo‘ladi. Qonunning yana bir xususiyati uning jamiyatda adolat tarozusi 
vazifasini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shu xususiyati bilan


jamiyatda mo‘tadillikni saqlashga xizmat qiladi.
Mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridanoq oldimizga asosiy maqsad 
qilib huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib 
qo‘ydik. Huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati bir qator o‘ziga xos ma’naviy xislat va 
fazilatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatida inson, uning hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy – ma’naviy va siyosiy manfaatlari, ya’ni, qadr-qimmati, qadriyatlari, huquqlari 
va erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan qonun orqali kafolatlanadi. 
Huquqiy davlatning, shuningdek erkin fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlardan 
biri huquqning oliy hukumronligidir. Huquqiy davlatda hamma narsa, har qanday masala 
qonunlar, huquqiy me’yorlar asosida adolatli yo‘l bilan hal etiladi. Bunday davlatda 
barcha fuqaro qonun oldida teng bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarini qonunlar tartibga 
solib turadi. Qonun siyosatdagi ma’naviyat sifatida hamma uchun barobar huquq va 
mas’uliyat yuklaydi va insonlar aro muomala me’yorini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Huquqiy davlatning negizi, uning poydevori qonun, qonuniylikdir. Huquqiy davlat qonun 
asosida faoliyat yuritadigan, qonun asosida yashaydigan, qonun belgilab bergan chiziqdan 
har qanday holatda ham chiqmaydigan davlatdir. Huquqiy davlatda birinchi navbatda 
davlatning o‘zi, uning barcha tuzilmalari, mansabdor shaxslar ham qonunga itoat etishlari 
majburiyligi Asosiy qonunimizdir belgilab qo‘yilgan. Uning 15-moddasida «O‘zbekiston 
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi 
so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar»1 deyilgan.
1 O‘zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasi. Toshkent, «O‘zbekiston», 2003, 5-
bet.
2 Islom Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. 
Toshkent, «O‘zbekiston», 1996, 321-bet.
Qonun huquqiy davlatning poydevori bo‘lsa, qonuniylik uning asosiy tamoyili, sharti 
ekanligi haqidagi masalaga Prezidentimiz asarlarida, nutqlarida katta e’tibor berilgan. 
Uning «O‘zbekiston –bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li” asarida bu 
haqda shunday deyilgan:-“Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. 
U hayotning barcha sohalarida qonuning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir 
xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy – siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir 
kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida 
hamma barobardir. Qonuning ustivorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, 
iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari 
hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi”.2
Qonun ustivorligi haqidagi Prezidentimiz g‘oyalari juda chuqur ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy – ma’rifiy, falsafiy ma’noga ega bo‘lib, uning tub mohiyati quydagilarni 
bildiradi:
- qonuning ustivorligi barcha joriy qonunlar va me’yoriy –huquqiy hujjatlar 
Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo‘lishi zarurligini anglatadi;
- bu tamoyil huquqiy davlatda, jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar faqat 
qonun bilan tartibga solinishini ham bildiradi. Kimda-kim bu qoidaga amal qilmasa, 
javobgar bo‘ladi;
- qonun ustuvorligiga qat’iy rioya qilish-huquqiy davlatning poydevori va asosiy 
tamoyilidir. U hayotning barcha jabhalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda 


tutadi. Qonunlarni mensimaslikka, ularni buzishga hech kimning haqqi yo‘q. Hayot 
shundan dalolat beradiki, jamiyatda qabul qilingan qonunlar, axloqiy me’yorlar 
buziladigan bo‘lsa, bunday davlat huquqiy davlat bo‘la olmaydi. Fuqarolari qonunni


pisand qilmaydigan davlat huquqiy davlat bo‘la olmaydi.1
1 Qarang. Islom Karimov. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. Toshkent, «O‘zbekiston», 
1996,184-bet.


2 O‘sha asar, 184-bet.
-qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor shaxslar 
tomonidan qonunlarning oyoqosti qilinishi, ulardan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanish 
qonunlarni obro‘sizlantiradi, jamiyat va davlatning ma’naviy asoslariga putur yetkazadi, 
xalqning noroziligiga, haqqoniy e’tirozlariga sabab bo‘ladi. «Bunday vaziyatda 
qonunlarni mensimaslik illati,- deb ta’kidlaydi Islom Karimov,- butun jamiyatni 
zaharlaydi, davlat tomirlari yemiriladi, chiriy boshlaydi»2
Qonun ustuvorligi fuqarolarning haq-huquqlarini, qadr-qimmati, erkinligini, sha’ni, 
g‘ururini himoya qilishga, ijtimoiy adolatni qaror toptirish va mustahkamlashga 
qaratilgandir. Qonuning kuch-qudrati, ta’siri, amaliy ahamiyati hayotda uning halol, 
odilona tatbiq etilishiga bog‘liq.
Qonun ustuvorligiga asoslangan davlatda chiqariladigan har bir hukm to‘g‘ri va 
adolatli bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilinsa, g‘irromlik, ijtimoiy adolatsizlik, poraxo‘rlik, 
davlat mulkini talash, tanish-bilishlik, urug‘-aymoqchilik qilishlar, mansab lavozimlaridan 
shaxsiy boylik orttirish yo‘lda foydalanishga urinish kabi salbiy illatlarning oldi olinadi. 
Bu esa xalqning ruhini ko‘taradi, davlatimiz va qonunlarimizga bo‘lgan ishonchni 
mustahkamlaydi. Agar qonun noxolisona qo‘llanilib, qonun ijrochisining oyog‘i to‘g‘ri 
yo‘ldan chetga chiqsa, o‘g‘ri qolib to‘g‘ri, aybdor qolib aybsiz, gunohkor qolib begunoh 
jazolansa, odamlarning burni nohaqdan-nohaq qonasa, bunday adolatsizliklardan 
fuqarolar behad jabr-sitam ko‘radi, natijada davlatimiz obro‘siga putur yeta boshlaydi, 
jamiyatimiz negizlari zaiflasha boradi.
Qonunga bo‘ysunish hamma uchun majburiyligini, qonun oldida barchaning 
tengligini, qonunlarimizni nazar-pisand qilmagan, ularni oyoq osti qilgan kishilar millati, 
jinsi, katta – kichikligi, e’tiqodi va mansabidan qat’i nazar jazo olishi, qonun oldida javob 
berishini har bir shaxsning ongiga chuqur singdirish hamda e’tiqodiga aylantirish o‘ta 
muhimdir.
Davlat va jamiyat doirasida huquq me’yorlarining belgilanishi odamlarning qay 
darajada ma’naviyatga ega bo‘lishlariga bog‘liqdir. Mamlakat miqyosida qabul 
qilinadigan konstitutsion va boshqa normativ hujjatlarning darajalari shu mamlakat 
fuqarolarining ma’naviyati va siyosiy madaniyatini ifoda etadi. Bu masalaning bir tomoni.
Ikkinchidan, konistitutsion qonunlar va boshqa normativ hujjatlar fuqarolarning 
huquq va erkinliklari, burchlarini va davlat siyosatining yo‘nalishlarini fuqarolarning 
ma’naviyati rivojlanishi darajalariga mos ravishda rasman belgilab beradi. Ammo shuni 
alohida ta’kidlash lozimki, yuqoridan turib qonun qabul qilish har qanday yuksak 
darajadagi qonun va normativ hujjatlar faqat fuqarolarning ma’naviy salohiyati va siyosiy 
ongi darajasidagina amal qiladi, undan nariga o‘ta olmaydi. Aslini olganda, odamlarning 
ma’naviyati va siyosiy ongi qabul qilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlarda 
belgilanadigan rasman normalardan yuqori bo‘lishi kerak. Ana shundagina fuqarolar 
jamiyatning taraqqiy qilishida faol ishtirok etadilar.
Agar fuqarolarning ma’naviyati va siyosiy ongi qabul qilingan qonunlar va boshqa 
hujjatlarning darajalaridan orqada qoladigan bo‘lsa, u qonunlar va xujjatlar qanchalik 
fuqarolar manfaatlarini ifoda etmasin, ular qog‘ozda qolib ketaveradi. Bunday holatda 
jamiyat hayotida ikki salbiy holat hukm suradi. Birinchidan, fuqarolar bilan davlat 
o‘rtasida masofa uzoqlashib boradi; ikkinchidan, taraqqiyot haqida aytiladigan so‘zlar 
bilan real hayot bir-biriga to‘g‘ri kelmay qoladi. Bu esa jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat o‘z


fuqarolarining ma’naviyatini rivojlantirishi va siyosiy ongini o‘stirish to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilishi talab etiladi.
Mustaqil 
O‘zbekiston davlati Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida 
fuqarolarning ma’naviyati, siyosiy va huquqiy ongini o‘stirish sohasida doimiy 
g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Buni mustaqil Vatanimizning asosiy qonuni hisoblangan 
Konstitutsiyamizda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Bu Konstitutsiyamizda mamlakatimizda qurilmoqchi bo‘lgan adolatli, demokratik, 
huquq ustivorligiga asoslangan jamiyat qurishning yo‘nalishlari belgilab berilgan. 
Mustaqilligimizning mohiyati va imkoniyatidan kelib chiqib fuqarolarimizning huquqlari, 
erkinliklari, burchlarining normalari belgilab qo‘yilgan.
Mazkur hujjatda milliy xususiyatlarimiz va qadriyatlarimizdan kelib chiqib, bir qator 
huquqiy normalar belgilanganki, u xalqimiz ma’naviyati, qalbi va ruhiyati qirralarini 
o‘zida ifoda etgan. Jumladan, «Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz 
keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir»(45-modda), «Xotin-qizlar va erkaklar teng 
huquqlidirlar»(46-modda), «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, hamda jamiyat va davlat 
muhofazasida bo‘lish huquqiga ega»(63-modda), «Davlat va jamiyat yetim bolalarni 
boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatini 
rag‘batlantiradi»(64-moddaning 2-qismi), «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza 
qilinadi»(65-moddaning ikkinchi qismi).
Ko‘rinib turibdiki, Konstitutsiyadan keltirilgan har bir moddada davlatimizning 
fuqarolar huquqlari, erkinliklarini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan 
ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizda 
fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish to‘g‘risida izchil siyosat olib borilmoqda. 
Jumladan, 1996 yil 11-13 sentyabrda Toshkentda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy 
muassasalarning faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Bu seminarda inson 
huquqlarini ta’minlashdek eng dolzarob masala muhokama etildi. Prezidentimiz farmoni 
bilan inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy Markazi tashkil etildi. Bu 
davlatimizning umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni ta’minlash yo‘lidagi dadil qadamidir.
Mamlakatimizda ma’naviyatimizning muhim omili sifatida milliy tilimizning 
yoshlarimiz tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi, uning chinakam davlat maqomini olishi 
zarurligi muntazam ta’kidlanib kelinmoqda. Haqiqatda bu borada juda katta ishlar amalga 
oshirildi.
Davlat tili to‘g‘risida qonun qabul qilinganligiga (1989yil 21oktyabr’) 19 yil 
bo‘layapti. Tilimizga beriladigan bunday imkoniyat uchun qanchadan-qancha millatparvar 
odamlarimiz kurash olib bordilar. Lekin vaqt o‘tishi bilan «his – hayajonlarimiz» so‘nib 
bormoqda. Bir qator joylarda davlat tilini joriy qilish qoniqarsiz ahvolda ekaniga 
achinasan kishi. Xususan, hujjatlar rus tilida to‘ldiriladi, hisobotlar rus tilida talab qilinadi, 
majlis bayonlari rus tilida olib boriladi, ko‘chalardagi reklamalarda g‘aliz jumlalar ko‘zga 
tashlanadi.
Aslida davlat tilini barcha jabhalarda joriy etish bo‘yicha respublika, viloyatlar va 
shaharlarda maxsus hay’at tuzilgan. Bunday hay’atlarning ishi ham sust, talab darajasida 
emas. Bu hol albatta ma’naviyatimiz rivojiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Har bir fuqaroning o‘z huquqi va burchlarini bilishlari, unga amal qilishlari jamiyat 
hayoti uchun, mamlakatda barqarorlikni va qonunlarning ustivorligini ta’minlashda katta 
amaliy ahamiyatga ega.


Demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyati qurish jarayonida huquqiy madaniyatning 
roli ortib boradi. Binobarin, jamiyatda qabul qilingan qonunlarga nisbatan hurmat bilan 
qarash har bir fuqaroning shaxsiy e’tiqodiga, ma’naviy burchiga aylanishi kerak. 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Huquqiy


madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. 
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirishi muhim ish 
hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni 
bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. 
Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan 
chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar 
odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga 
chiqadi.»1
1 Karimov I.A. Bizdan obod va ozod Vatan qolsin. Toshkent, «O‘zbekiston», 
1994,48-bet.


2 Karimov I.A. O‘zbekistoning siyosiy –ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari. Toshkent, «O‘zbekiston», 1995,29-bet.
Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohot va uning 
huquqiy talablari har bir fuqaroning ongiga yetib borishiga, etiqodiga aylanishiga, eng 
muhimi kundalik turmushdagi amaliy faoliyati mezoni bo‘lib qolishiga, ya’ni turmush 
tarziga aylanishiga xizmat qilishi zarur. Bu nafaqat siyosiy-huquqiy, ayni vaqtda ma’naviy 
taraqqiyot ehtiyoji ifodasi hamdir.
Demak, ma’naviyat, uning rang-barang ko‘rinishlari huquq, qonunchilik tamoyillari 
bilan uzviy bog‘liqdir.
Yurtboshimiz Islom Karimov siyosiy-huquqiy munosabatlarda, inson va davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda inson manfaatlari ustivor bo‘lishiga alohida e’tibor qaratib 
kelmoqda. Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish lozimligini ta’kidlab: 
«Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan 
xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U- qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish 
madaniyatidir. U-odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqini himoya qilish uchun sudga 
murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani – turli mojarolarni hal 
qilishda qonunga hilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»,2 - degan edi.
Hullas, huquqiy madaniyat, uning mohiyati va mazmunini ma’naviyatsiz tushunib 
bo‘lmaydi.
Qonunlarni bilish, ularga itoat etish, o‘z huquqlarini, erkinliklarini va burchlarini 
tushunib yetish har bir fuqaroning yuksak ma’naviy fazilati. Bu adolatli, demokratik, 
huquq ustivorligiga asoslangan yangi jamiyat qurishning ham kafolatidir. Xuddi shu 
ma’noda yoshlarimiz, talabalarimiz huquqiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlari va siyosiy 
onglarini rivojlantirishlari bugungi kunimizning eng dolzarb muammosi hisoblanadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish