1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Takrorlash uchun savollar: 
1

Iqtisodiyot fani nimani o‘rganadi?
2. Bozor iqtisodiyoti deganda nimani tushunasiz?
3. Mustaqil O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘lini 
qanday tushunasiz?
4. Nima uchun ma’naviyat va iqtisod o‘zaro bog‘liq?
5. Tadbirkorning ma’naviy xislatlariga nimalar kiradi?
6. O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy zaminlari nimalarda 
deb bilasiz?
7. Siyosat va uning yo‘nalishlarini qanday tushunasiz?
8. O‘zbekiston siyosatining ma’naviy jihatlarini izohlang?
9. Ma’naviyat va huquq, ularning o‘zaro bog‘liqligi nimalarda ko‘rinadi?
10. Huquqiy, demokratik davlatning asosiy belgilari nimalarda deb bilasiz?


11. O‘zbekiston Konstitutsiyasidan xalqimiz ma’naviyati va ruhiyati qirralarini aks 
ettiruvchi misollar keltiring.


3-MAVZU: 
QADIMGI 
MARKAZIY 
OSIYo 
XALQLARI 
MA’NAVIYaTINING 
ShAKLLANISh 
JARAYoNLARI. 
ISLOM 
DINIDA 
MA’NAVIYaT VA ShAXS MA’NAVIY QIYoFASINING TALQINI 
Reja: 
1. Jahon ma’naviyati va ma’rifati rivojiga Markaziy Osiyo xalqlarining 
qo‘shgan hissasi. 
2. Turkiy bitiklar. Qadimgi Sharq manbalari. Arxeologik yodgorliklar. Xalq 
og‘zaki ijodiyoti va yozma adabiy meros namunalari. 
3. Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarning tiklanishi va ularning komil inson 
tarbiyasidagi ahamiyati. 
1. Jahon ma’naviyati va ma’rifati rivojiga Markaziy Osiyo xalqlarining 
qo‘shgan hissasi 
Jahon ma’naviyati va ma’rifatining rivojiga jamiki xalqlar baholi qudrat o‘z 
ulushlarini qo‘shganlar. Ammo bunda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo 
xalqlarining qo‘shgan hissasi alohidadir.
Markaziy Osiyo jahonning ilmu fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan 
rivojlangan, tarixi, ma’naviyati nihoyatda boy mintaqalardan biridir.
Bir necha ming yilliklarda shakllangan Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma’naviyati 
takomil bosqichlari mazkur o‘lkada yuz bergan madaniy rivojlanish jarayonlari bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu sahnda yuz beruvchi ma’naviy hodisa sanaladi. Xalqimiz 
madaniy-ma’naviy taraqqiyoti o‘ta murakkab tarixiy silsilalar, o‘zgarishlar va hodisalar 
majmuini tashkil etadi.
Ana shu murakkab va ko‘p ming yillik ma’naviy takomilimiz jarayonidan asosiy 
bo‘g‘inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma’naviyatimiz rivojlanishi bosqichlari 
haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.
Ko‘pgina 
tadqiqotchilarning 
bu 
boradagi 
fikrlarini 
o‘rganib, 
milliy 
ma’naviyatimizning bir necha ming yillik tarixini besh davrga ajratib ko‘zdan kechirishni 
ko‘p jihatdan maqbul bildik:
1. Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti.
2. Ilk Sharq uyg‘onish davri (IX-XII asrlar)da ma’naviyat va ma’rifat rivoji.
3. Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida (so‘nggi uyg‘onish davri) ma’naviy-
ma’rifiy takomil masalalari.
4. Xonliklar, mustamlakachilik va qaramlik sharoitida ma’naviyat.
5. Mustaqillik va ma’naviy poklanish, ma’naviy tiklanish va ma’naviy rivojlanish 
masalalari.
Bu davrlar o‘z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko‘ra aslo teng emas. Biz 
nazarda tutgan birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr IX-XII 
asrlarni, uchinchi davr XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrlarni, to‘rtinchi davr esa 
XVII dan XX asrning so‘nggi o‘n yilligiga qadar bo‘lgan davrni qamrab olganligi bilan 
ajralib turadi.
Mazkur mavzuda Islomgacha ma’naviyatimiz takomili, mazmuni va mohiyati haqida 
fikr yuritamiz. Islomgacha bo‘lgan milliy ma’naviyatimiz va uning takomillashishi 
haqidagi eng muhim manbalar guruhini to‘rtga bo‘lish mumkin. 1.Zardushtiylikning 
“Avesto” kitobi va turkiy bitiklar (yozuvlar). 2. Qadim Shumer, Bobil, Ashshur, qadim 
Misr, Yunon, Hind, Xitoy manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklar. 3. 


Arxeologik yodgorliklar – moddiy ashyolar va turli inshootlar. 4. Xalq og‘zaki va yozma 
adabiyot namunalari, urf - odat va marosimlar, o‘yinlar, bayramlar va boshqalar.


Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma’naviyati va ma’rifati haqidagi ma’lumotlar 
asrlardan asrlarga o‘tib hozirgacha saqlanib qolgan xalq og‘zaki ijodi namunalari: mif, 
afsonalar, rivoyatlar, dostonlar va qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir.
Avlodu ajdodlarimizning qadim ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, urf-odatlari, an’analari, tili, 
tarixi, madaniyati va ma’naviyatini badiiy-falsafiy jihatdan o‘ziga xos tarzda aks 
ettiradigan og‘zaki ijodiyoti nihoyatda boy va xilma-xildir. Miflar, afsonalar, qahramonlar 
to‘g‘risidagi dostonlar, to‘y-hashamlarda, xalq yig‘inlarida, bayramlarda, marosimlarda, 
safarlarda, mehnat jarayonida aytilgan ashula-qo‘shiq va laparlar, marsiyalar, lirik 
she’rlar, maqol va matallar, masal va topishmoqlar xalqimiz og‘zaki ijodiyoti madaniyati 
va manaviyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo‘lgan sohalaridir.
Tarix qa’ridan, necha-necha o‘tmish dalg‘ovli davrlardan bizgacha eson-omon yetib 
kelgan miflar, afsona va rivoyatlar, dostonlar, ertak maqol va qo‘shiqlar, yozma 
yodgorliklar, o‘tmishning shunchaki bir aks sadosi emas, balki ajdodlarimiz ko‘nglidagi 
qayg‘u-hasrat va quvonchu shodlikning yo‘ldoshi, uning bilim qomusi, diniy, falsafiy, 
ma’naviy kitobi hamdir. Ular kishilarni mehnatni sevishga o‘rgatgan, tabiatning xatarli 
kuchlariga qarshi kurashish va ularni oldini olishda odamlarga yordam bergan, olamda 
ro‘y berib turadigan murakkab hodisalar va jarayonlar sir-asrorlarini bilib olishga 
undagan, insonlarning fikri, tafakkuri va hayotini o‘tmishdan kelajakka tomon tortgan
hayotni sevishga da’vat etgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish