2 Linux OTning umumiy tushunchalari Linux OTning umumiy tushunchalari C dasturlash tili. 1969 yil Ken Thompson PDP-7 assambler tilida Unix OT ni yaratgan. Assambler tili hisoblash mashinasiga bog'liq bo'lib, ushbu tilda yozilgan OT faqat mo'ljallangan hisoblash mashinalari, yoki bir oilaga mansub hisoblash kompyuterlari uchun ishlaydi. Shu sababli asl Unix OT boshqa mashinalar uchun ko'chirib o'tkazib (transportatsiya) bo'lmaydi. Unix ni portabilli qlish uchun, Thomson hisoblash mashinaga bog'liq bo'lmagan B dasturlash tilini yaratdi. 1973 yil Dennis Ritchie, Thomson yordamida B dasturlash tilini modifikatsiya qlib, C dasturlash tilini yaratib, shu asosida yangi Unix OT ni yaratdi. Shundan so'ng yangilangan OT ni boshqa mashinalarga oson ko'chirib o'tkazish (transportatsiya) mumkin bo'di.
1.3. Linuxning umumiy tushunchalari Linux OT unikal funksiyalarga ega. Boshqa OT lar singari Linux OT kompyuterni boshqaruvchi dastur bo'lsa, Unix sifatida tizimni qurishda va ilovalar
1.1-rasm
Linux bir vaqtning o'zida ko'p foydalanuvchilarga hizmat ko'rsata oladi. Qurilmalarning imkoniyati va ularning vazifalari turidan kelib chqib bir vaqtning o'zida 1000 tagacha foydalanuvchiga hizmat qlishi mumkin. Ko'pfoydalanuvchi OT tizim resurslarini bir vaqtning o'zida foydalanishga imkon beradi. Har bir foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan vazifalar bir-biri bilan bog'liq holda ishlasada ularning bir biridan himoyasi tizim tomonidan ta'minlanadi, shu bilan birgalikda tizim yadrosi ham barcha protsesslardan himoyalangan bo'ladi. Bir nechta vazifalar bilan ishlagan vaqtda, asosiy e'tiborda bo'lgan vazifadan tashqari qolgan vazifalarni orqa fonga o'tkazgan holda ishlash mumkin. Agar X Window tizimida ishlayotgan bo'lsak, ishga tushirilgan bir nechta dasturlarni bir oynada ko'rib ishlash mumkin bo'ladi.
Fayl o'zida hisobot, rasm, qo'shiq yoki bajarilayotgan dastur holati kabi ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Har bir fayl ma'lumotlar saqlanish qurilmasida universal identifakotor orqali saqlanadi. Linux fayl tizimi, fayllarning qaysi katalog ichida joylashganini strukturasini ta'minlab beradi. Har bir katalog o'zida fayl yoki katalogni saqlashi mumkin. O'z navbatida har bir katalog boshqa bir derektoriyada ichida joylashgan bo'lishi mumkin, struktura shu tarzda ketib daraxt ko'rinishiga keladi. Ushbu struktura foydalanuvchilarga fayllarni bir katalog ostida birlashtirib ishlatishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi o'zining asosiy katalogiga ega bo'ladi (1.2-rasm).
1.2-rasm
Ko'p foydalanuvchi OTlar singari, Linux OT foydalanuvchilarga o'zlarining ma'lumotlarini boshqa foydalanuvchilardan himoyalash imkonini beradi. Shu bilan birgalikda tizim tanlangan ma'lumot va dasturlarni bir nechta foydalanuvchilar bilan birgalikda ishlatilishini oddiy lekin samarali havfsizlik sxemasi yordamida ta'minlab beradi. Ushbu havfsizlik darajasi foydalanuvchilarning u yoku bu faylga nisbatan o'qish, yozish va bajarish huquqlarini belgilab beradi. Oxirgi yillarda ruxsatlarni boshqarish funksiyasi (ACL) barcha Linux OTning yadrolariga va Fedora/RHEL ga qo'shilgan. Ruxsatlarni boshqarish funksiyasi foydalanuvchilarga va administratorlarga fayllarga nisbatan quyi darajadagi boshqarish huquqlarni beradi.