Xid sezish - bu insonning faoliyatida uning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mo’jizaviy xususiyatlaridan biri bo’lib, turli-tuman hidlarni (400 ga yaqin) seza oladi. Xid sezish reseptori burun ichidagi yuzasi 2,5 sm2 atrofida bo’lgan shilliq pardadan iborat. - Xid sezish - bu insonning faoliyatida uning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mo’jizaviy xususiyatlaridan biri bo’lib, turli-tuman hidlarni (400 ga yaqin) seza oladi. Xid sezish reseptori burun ichidagi yuzasi 2,5 sm2 atrofida bo’lgan shilliq pardadan iborat.
- Xid qabul qilishning shartlari xid chiqaruvchi modda (bizning misolda ichimlik-xo’jalik suvi) molekulalarining uchuvchanligi, havoning xarakati va h.k. omillardir.
- Hozirgi paytda xid sezish bo’yicha umumiy bir qonuniyat yo’q. Fan xali hid nima degan savolga javob berganicha yo’q.
ISHNI BAJARISH TARTIBI: - ISHNI BAJARISH TARTIBI:
-
- Tajriba uchun olingan suv namunasidan ikkita kolbaga 100 ml dan quyib olamiz. Birinchi kolbadagi suvning haroratini 20oC ga keltirib, og’zini tiqin bilan berkitib, aylanma xarakatlar bilan yaxshilab aralashtiramiz. So’ng tiqinni ochib suv hidining xarakterini va jadalligini aniqlaymiz.
- Ikkinchi kolbadagi suvning haroratini suv vannasiga solib, 50-60oC gacha qizdiramiz. Bunda kolbaning og’zi shisha parchasi bilan yopib qo’yiladi. Kolbadagi suvning harorati kerakli miqdorga yetgach, u bir necha marta aylanma xarakatlar bilan yaxshilab aralashtiriladi. So’ng shishani olib qo’yib suv hidining xarakteri va jadalligi aniqlanadi.
- Suv hidining tozaligi 20oC va 60oC qiymatlarida aniqlab 26-jadvalda keltirilgan besh balli sistema bo’yicha baholanadi.
- SUVINING TA’MIGA BAHO BERISH
- Suvning ta’mi bo’yicha baholash uning ifloslanganligiga shubha bo’lmagan hollarda bajariladi. Inson tilida ta’m biluvchi to’qqiz mingta ko’z ilg’amas mayda tugunchalar-reseptorlar bor.
- Ta’m bilish - bu turli eriydigan moddalarning kishi ta’m bilish reseptorlariga, asosan tilga ta’sir etishi natijasida paydo bo’ladigan sezgidir. Bu reseptorlar tilda, xalqumning orqa devorida, yumshoq tanglayda, mushaklarda joylashgan. Til uchi, chetlari va orqa qismida reseptorlar ayniqsa ko’p, til o’rtasida va uning ostki qismida esa reseptorlar yo’q.
- Maza bilish reseptorlari asosan shirin, achchiq, nordon, chuchuk va sho’r mazalarni sezadi. Qolgan barcha ta’mlar ularning kombinatsiyalari deb tushuniladi.
- Til va og’iz bo’shlig’i turli qismlarini sezuvchanligi bir xil emas, masalan til uchi shirinni, o’zagi achchiqni, chetlari esa nordonni va sho’r massani sezadi.
- Maza bilish reseptorlarining xususiyatlari 10-15 min. dan so’ng qayta tiklanadi. Ta’m bilish hissiyotlari moddaning xossalarini bildiribgina qolmay organizmning holatini ham bildiradi. Ta’m bilish analizatorlarining sezgirligi ancha dag’al, u o’rta hisobda 20% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |