1-laboratoriya ishi. Oqava suvdagi ifloslik darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash. Oqava suvlarni ta’miga va hidiga baho berish. Oqava suvlarni pH vodorod ko‘rsatgichini aniqlash. Tindirish apparatlarini texnologik parametrlarini aniqlash.

Oqava suvdagi ifloslik darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash.
ISHDAN MAQSAD: Suvning ifloslik darajasi haqida tushunchaga ega bo’lish va suvning ifloslik darajasini aniqlsh usullarini o’rganish
Kerakli asbob va materiallar:Sohaga oid ma’lumotlar va uslubiy qo’llanma

Turli kimyo sanoati korxonalarida hosil bo’layotgan oqova suvlaring sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun ularni ifloslanish darajasini doimo nazorat qilib borish zarurdir.
Oqova suvlarni ifloslik darajasini quyidagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi:
1. organoleptik (rangi, xidi, loyqalik darajasi va x.k.);
3. Dag’al dispers, kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning mavjudligi.
4. Erigan xoldagi organik va noorganik moddalarning mavjudligi.
Oqova suvlarning tahlili ularning organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlashdan boshlanadi. So’ng quruq moddadagi aralashmalarning umumiy miqdori aniqlanadi. Qizdirish vaqtida quruq modda vaznining kamayishi oqova suv tarkibida organik moddalar mavjudligidan dalolat beradi. Qizdirish vaqtida noorganik moddalar ham uchib ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarning borligini kislorodga bo’lgan kimyoviy extiyoj (XPK) ni va kislorodga bo’lgan biokimyoviy extiyoj (BPK) ni aniqlash yordamida tasdiqlanadi.

XPK – kislotali muhitda oksidlovchi modda – kaliy permanganatga (KMnO4) yoki kaliy bixromatga (K2Cr2O7) ekvivalent miqdordagi sarflanayotgan kislorodning miqdori.