13 - LABORATORIYA ISHI
1.Ishning nomi: Mashinada bajariladigan chok turlari: biriktiruvchi choklar
2. Ishning maqsadi:
Talabalarni tikuv mashinalarida bajariladigan choklar bilan
tanishtirish va tikishni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qism.
Mashinada bajariladigan
choklar konstruksiyasiga va
vazifasiga ko‘ra 3 turli bo‘ladi: birlashtiruvchi chok kiyim detallarini
birlashtirishga, ziy chok detallar ziylarini ishlashga
va qirqimlarini titilib
ketishidan saqlashga, bezak chok kiyim detallarini bezatishga xizmat qiladi.
Birlashtiruvchi choklar quyidagilardan iborat:
biriktirma chok, ichki chok,
tutashtirma chok, qo‘sh chok.
Biriktirma chok- eng ko‘p tarqalgan choklardan bo‘lib,
detallarning yon
yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. U yorib yoki bir
tomonga yotqizib dazmonlab qo‘yiladi. Chok kengligi 5, 7, 10, 12, 15 mm bo‘lib
gazlamalarning turiga chokning vazifasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yorma chok – xam bezak xam birlashtiruvchi xisoblanadi. Bu
chok dazmol tutmaydigan suniy charimdan kiyim tikishda sport kiyimlari tikishda
ishlatiladi. U yorib dazmonlanadi va chokning ikki tomoniga undan 0,2 sm
masofada baxiya qator yuritiladi.
13.1-rasm. Mashina chok
turlari
Quyma chok - yopiq va ochiq qirqimli bo‘ladi. Ochiq qirqimli quyma chok
bort qotirmasi yoqa qotirmasi kabilarni birlashtirishda ishlatiladi. Yopiq qirqimli
quyma chok asosiy detallarga qoplama cho‘ntaklarini kaketkalarni bostirib
tikishda ishlatiladi. Chok kengligi ustki kiyimda 1 sm, bezak.
Bostirma chok – paltoning yon, yelka ort bo‘lak o‘rtasidagi
choklarni chokki esa 0,2 -0,5 sm bo‘ladi, tikishda ishlatiladi. Bu chok ochiq (2) va
yopiq qirqimli bo‘ladi. Chok kengligi 1 sm, bezak choki kengligi esa 0,2-0,5 sm.
Tutashtirma chok – bort
qotirmasining qismlari va
vitochkalarini birlashtirish uchun ishlatiladi.bunda 2 detal bir-biriga taqab tagiga
kengligi 3-4 sm , ip gazlama qo‘yiladi va ikkita paralel baxyaqator yuritib
chiqilgandan keyin, ular orasiga siniq baxyaqator yuritiladi. Chok kengligi 1,0 sm.
Qo‘sh chok- ko‘rpa
yostiq jilitlari, choyshablar, cho‘ntak
xaltalarini tikishda ishlatiladi qo‘sh chok xosil qilish
uchun detallar teskari
tomonlari bir biriga qaratilib 0,3-0,5 sm kenglikda biriktirma chok bilan tikib
olinadi. Keyin detallar o‘ngiga og‘darilib, chok to‘g‘rilanadi va detallar chetidan
0,6-0,7 sm masofada ikkinchi baxya qator yuritiladi.
Ichki chok- ichkiyim detallarini, ip gazlamadan tikilgan pidjak,
shim detallarini biriktirib tikishda ishlatiladi. Qo‘sh chokni tikishda qo‘sh ignali
maxsus mashinada moslama yordamida ikki detalning qirqimlarini ichkariga bukib
turib, bir yo‘la ikkita baxya qator yuritib tikiladi. Chok kengligi 0,6-0,7 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: