2 – LABORATORIYA ISHI
1.Ishning nomi: Gazlama sarfini normalash.
2.Ishdan maqsad :
Talabalarga gazlama sarfini no`rmalashni tushintirib berish.
3. Ishning nazariy qismi.
Andozalarni har galgi eksperimental joylashtirishdan oldin bo`rlamaga
sarflanadigan gazlama normasi xomaki hisoblab olinadi. Bunday hisoblash
andozalarning sathiga va andozalar orasidagi yo`l qo`yilgan chiqindilar
normasiga (bu norma fabrika erishilgan ko`rsatkichlardan yuqori bo`lmasa)
asoslangan bo`ladi.
Bu norma quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
bu yerda Н
b
—bo`rlamaga sarflanadigan norma, m;
Fa —andozalar sathi, m
2
;
Ч—andozalar orasidagi chiqindilar; %
Э`
—joylashmaning eni, m.
Razmer va rostlarning muayyan birlashmasidagi
andozalarning sathi
o`zgarmas miqdor bo`ladi. Biroq, joylashmada andozalar orasidagi chiqindilar sathi
o`zgaruvchandir, chunki uning qancha bo`lishi andoza joylashtirishdagi turli
omillarga, ayniqsa, andoza joylashtiruvchining malaka darajasiga bog`lik.
Andozalar orasidagi chiqindilar miqdoriga ta’sir etadigan asosiy omillar
quyidagilardan iborat:
1.Joylashmadagi andozalar komplektining soni (bir, bir yarim, ikki va undan
ortiq komplekt).
2.Gazlamani to`shash usuli (yalang qavat, «o`ngini o`ngiga qaratib» va «o`ngini
pastga qaratib»).
3.Gazlamaning turi (sidirg`a, gulli yoki tukli).
4. Joylashmaning eni.
5. Andozalarni joylashtirishda gazlamaning o`rish va arqoq iplari yo`nalishiga
nisbatan yo`l qo`yiladigan
chetga chiqishlar, kiyim detallariga tushadigan
yo`loklarning soni.
Andozalar eksperimental joylashtirib ko`rilganda har gal andozalar orasidagi
chiqindilar amalda necha % bo`lgani aniqlanadi. Buning uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:-
bu yerda Ч –
andozalar orasidagi chiqindi,%
Fж - joylashma sathi m
2
Fa – andozalar sathi m
2
To`shamaga gazlama sarflash no`rmasi ishlatilayotgan bo`rlamaning yoki
trafaretning bo`yiga, to`shama
qavatlarining soniga, shuningdek, to`shama
bo`yidan qancha chiqindi chiqishiga bog`lik. To`shama bo`yidan chiqadigan
chiqindilar quyidagilardan iborat:
To`shama qavatlari uchini tekislab qirqishdagi chiqindilar;
To`shama qavatlari salqiroq bo`lishiga
ketadigan gazlama;
Avrali hamma gazlama to`pi oxirgi uchidan chiqadigan
qoldiqlar (bunday qoldiqlar jun gazlamalarda 15 sm gacha,
boshqa hamma
gazlamalarda 10 sm gacha bo`ladi). Bundan tashqari, to`shalayotganda qavatlar
tutashgan joylarda ham chiqindilar (to`shama ichki chiqindilari) chiqadi.
To`shamaga sarflanadigan gazlama normasi quyidagi fo`rmuladan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: