Inshootlar konstruksiyalarini ishlab chiqish
Rostlovchi (boshqaruvchi) inshootlarning bo‘ylama qirqimlarini va inshootlar bo‘g‘ini planini ishlab chiqish
Ochiq suv rostlovchi inshootlar.
Oldin tuzilgan hisoblash sxemalaridan foydalanib, (2.1...2.4- rasmlar) 1: 100 masshtabida rostlovchi (boshqaruvchi) inshootlarning bo‘ylama qirqimlari tuziladi. Inshoot ostonasi chizig‘idan (suv urilma tishi boshidan) ponur va suv urilma uzunligi o‘lchab belgilanadi. Ularni o‘lchamlari 5.1 - jadvalidagi tavsiyalariga asoslanib qabul qilinadi.
Ustunlarining kirish kallagi planda yarim dumaloq (doiraviy) qabul qilinadi. Ustunning kirish kallagi va yon devorlarining doiraviy qismi oxiridan 0,2 m masofa o‘tgach balandligi bo‘yicha ustun yoki yon devorining ichiga kengligi 0,3 m va chuqurligi 0,2 m o‘lchamida remont (ta’mirlash) zatvori (shandorlik) pazi joylashtiriladi.
Flyutbet elementlarining tavsiya etilgan o‘lchamlari
5.1 – jadval
t/s №№
|
Flyutbet elementlarining nomi va ularning o‘lchamlari, m
|
SHartli belgilari
|
Inshootlar mas’uliyatidagi sinfi
|
III
|
IY
|
1
|
Ponurning uzunligi
|
Lp
|
(1...2)∙N
|
(1...2)∙N
|
2
|
Suv urilmadagi og‘ir (massiv) qismining uzunligi
|
Ls.u
|
(2...4)∙N
|
(2...4)∙N
|
3
|
Risbermaning uzunligi
|
Lr
|
(8...10)∙N
|
(8...10)∙N
|
4
|
Ponurning qalinligi
|
tp
|
0,4
|
0,3
|
5
|
Ponur tishining chuqurligi
|
tp.t
|
0,8
|
0,6
|
6
|
Suv urilmaning minimal qalinligi
|
t s.u.min
|
0,8
|
0,6
|
7
|
Suv urilma boshidagi tishining chuqurligi
|
ts.u.b
|
0,8
|
0,7
|
8
|
Suv urilma og‘ir (massiv) qismining oxiridagi
tishning chuqurligi
|
ts.u.o
|
1,2 m
|
1,0 m
|
Segment zatvorlar sharoitida (5.1 - rasm) shandorlik pazidan so‘ng 1,5...2,0 m kengligida, polning belgisi yon devorlari tepasi belgisida o‘rnatilgan, plitasi 0,1 m lik qalinlikda, xizmat ko‘prikchasi joylashtiriladi.
Ko‘prikcha to‘sinining balandligi bekitiladigan oraligi b kengligining 1/8...1/10 qismiga, demak (1/8...1/10)∙b o‘lchamiga teng qilib, oldindan belgilanadi va keyinchalik statik hisob asosida to‘g‘irlanadi. Ko‘prikcha oxiridan 0,1 m masofada yuqori befining suv sathi belgisida zatvor aylanish o‘qini joylashtirib va zatvor qobig‘i radiusini Rz > (1,25...1,5)∙N o‘lchamida belgilab zatvor chiziladi.
Ustunning pastki kallagining oxiri zatvorning o‘qidan 1 m masofada joylashtiriladi. Bunda ustunning uzunligi taxminan 6,5...8 m o‘lchamida shakllanadi. Inshoot ustidan avtoyo‘l ko‘prigi o‘rtatilganida, ustunning uzunligi avtoyo‘l sinfiga bog‘liq bo‘lgan holda mashinalar harakat etuvchi qismining kengligiga qo‘shilib kengayadi.
Kengligi 0,3 m va chuqurligi 0,2 m o‘lchamlarida sirpanuvchi yassi zatvorning pazlari (5.2 - rasm) shandorlik pazidan 1,0...1,5 m masofada joylashtiriladi. Ushbu 1,0...1,5 m masofada 0,1 m lik plitaning qalinligida va 0,3 m gacha bo‘lgan to‘sinning balandligi o‘lchamida xizmat ko‘prikchasi joylashtiriladi. Asosiy zatvordan so‘ng balandligini taxminan 1,8∙N o‘lchamiga (bunda N – inshoot ostonasidagi suv bosimi) teng qilib ikkinchi xizmat ko‘prikchani joylashtiradilar. Ustunning qalinligi 1,0 m bo‘lganda uni uzunligi taxminan 3,5 m ga teng bo‘ladi, ustunning qalinligi 1,5 m bo‘lganida esa uni uzunligi taxminan 4,0 m ga teng bo‘ladi.
Suv urilma chegarasida suv oqimi energiyasi (quvvati)ni so‘ndiruvchi quduq joylashtiriladi, quduq boshlanishi zatvorning yopilgan holda inshoot ostonasida turgan zatvor qobig‘ining ostki nuqtasidan gorizontal bo‘yicha 1,0...1,5 m masofada o‘rnatiladi. Suv urilmaning engillashtirilgan qismida drenaj teshiklarini (5.2 - rasm) o‘rnatadilar. Agarda inshoot osti gillik va qumlik tuproqlardan tuzilgan bo‘lsa drenaj teshiklarining ostiga 0,6 m umumiy qalinligida uch qatlamlik teskari filtr o‘rnatiladi. Drenaj teshiklari o‘rniga 1,0...1,5 m kengligidagi drenaj quduqni joylashtirish mumkin.
Bunda drenaj qudug‘i suv urilmaning og‘ir (massiv) va engillashtirilgan qismlar orasida quduq boshidan suv oqimi jilg‘asi uchish uzunligidan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi. Drenaj teshiklari yoki drenaj qudug‘i teshiklarining joylashuvi va teskari filtrning o‘lchamlari filtratsiya hisobi asosida (4 -chi qism) aniqlanadi.
Inshoot bo‘g‘ini plani chizmasini ishlab chiqqanida eng boshda inshoot ostonasi (suv urilmasi) boshining o‘rni aniqlanadi (5.3, 5.4 - rasmlar). Topshiriqda berilgan burchaklariga muvofiq barcha kanallar (inshootlar) o‘qi o‘tkaziladi. Bosh kanalning o‘qidan ikki tarafga uni tubidan kengligining yarmisini o‘lchab o‘qiga parallel chiziqlarni o‘tkazib bosh kanalning tubidan kengligi planda ko‘rsatiladi. Bosh kanalning planda tubidan kengligini ko‘rsatadigan chiziqlariga perpendikulyar ikki tarafiga bosh kanal qiyaligi gorizontal proeksiyasi Lgor pr o‘lchab nuqtalar shaklida ko‘rsatiladi va bu nuqtalaridan kanalning tubidan kengligini ko‘rsatadigan chiziqlariga parallel chiziqlar o‘tkaziladi, ushbu chiziqlar kanalning qirg‘og‘ining chetini ko‘rsatadilar. Har bir kanalning o‘qi ham ushbu kanalda joylashadigan inshootning o‘qidir. Har qaysi inshootning o‘qidan ikki tarafga unga tegishli umumiy kengligining yarmisi o‘lchanadi va belgilangan nuqtalaridan inshoot o‘qiga parallel yon devorlarining ichki yuzalari ingichka chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Inshootlar bo‘g‘inini chetida joylashgan inshootlar yon devorlarning ichki yuzalari chiziqlarini bosh kanalning qirg‘oqlari chetidagi chiziqlari bilan kesilish nuqtalari aniqlanadi. Ular 1- va 6- nuqtalar bilan belgilanadi. Ushbu 1- va 6- nuqtalaridan inshootlar o‘qlariga perpendikulyar oradagi yon devorlar ichki yuzalarining chiziqlari bilan kesishigacha ularning ostonasi chizig‘ini o‘tkazib, kesilishi nuqtalarini 2- va 5- nuqtalari bilan belgilaydilar.
Inshootlar o‘qlarining ularning ostonasi chizig‘i bilan kesilishidan eng uzoqroq joylashgan nuqta (2-)dan suv to‘sish inshooti ostonasi chizig‘ini ushbu inshootning o‘qiga perpendikulyar o‘tkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |