5.5 – rasm. Kirish va chiqish qanotlarining turlari.
Ushbu chiziqni suv to‘sish inshooti oradagi yon devorlar ichki yuzalarining chiziqlari bilan kesilishi 3- va 4- nuqtalarini belgilab, belgilangan 4- nuqtani oldin belgilangan 5- nuqta bilan tutashtiradilar.
Inshootlar bo‘g‘ini chetidagi inshootlar kirish qanotlarining turini belgilaydilar (5.5 - rasmlar).
CHetdagi inshootning o‘qi bosh kanal o‘qi bilan 750 dan 900 gacha burchakka ega bo‘lganida ko‘pincha kirish qanotini konus bilan teskari devor shaklida qabul qiladilar (5.5, b - rasm). CHetdagi inshootning o‘qi bosh kanal o‘qi bilan 450 dan 750 gacha burchakka ega bo‘lganida kirish qanotini sho‘ng‘uvchi devor (5.5, a - rasm) yoki qiyshiq sirt (yuza) (5.5, v - rasm) shaklida qabul qilinishi mumkin. CHetidagi inshootning o‘qi bosh kanal o‘qi bilan 450 burchakdan kamroq bo‘lganida bosh kanalning qiyaligini egri chizig‘i bo‘yicha davomlashtirgan holda chetidagi inshootning boshigacha o‘tkazib ushbu inshootning teskari devor shaklida kirish qanoti bilan tutashtirilishi tavsiya etiladi. Bosh kanalga ko‘ndalang joylashgan, demak kanalning o‘qi inshoot o‘ki bilan 00 burchakni tashkil etadigan suv to‘sish inshootining kirish qanotlari chetidagi inshootlar yon devorlari bilan tutashtirilishi sababli teskari devorlar turi shaklida chiqadilar.
Planni ishlab chiqish davomida inshootlar bo‘g‘iniga kiradigan har bir inshootning barcha elementlarini uning bo‘ylama kirqimidan planining qabul etilgan masshtabiga muvofiq inshootlar bo‘g‘ini planiga o‘tkazadilar.
Plandagi kirish qanotlarining o‘lchamlarini belgilaydilar: teskari devor shaklidagi kirish qanotlarining uchini bosh kanal qiyaligi tashqi chetidan 1metr uzoqroqqa o‘tkazadilar; sho‘ng‘uvchi devorlar shaklidagi kirish qanotlarining uchini planda inshoot yon devori chizig‘idan, demak inshoot kengligidan 0,5 m kengayroq o‘lchamida joylashib ko‘rsatadilar; qiyshiq sirt (yuza)lari shaklidagi kirish qanotlarining uzunligini Lk.q ≥ m∙Nq etib belgilaydilar.
Barcha yon devorlarning usti (tepasi)dan kengligini 0,5...0,6 m o‘lchamida qabul qiladilar. SHo‘ng‘uvchi devor va qiyshiq sirt (yuza) shaklidagi kirish qanotlarining usti (tepasi) kengligi 0,25...0,3 m boshlang‘ich o‘lchamidan yon devorining usti (tepasi) kengligi 0,5...0,6 m o‘lchamigacha o‘zgargan holda belgilanadi.
Inshootlarning teskari devor shaklidagi chiqish qanotlarini suv oqimi energiyasini so‘ndiruvchi quduqning oxirida joylashadilar. SHo‘ng‘uvchi devor va qiyshiq sirt (yuza) shaklidagi chiqish qanotlarini suv oqimi energiyasini so‘ndiruvchi quduqning oxirida yoki risberma boshida joylashtirilishi mumkin. Ularning uzunligi Lch.q = m∙Hq teng qilib qabul etiladi.
Beton yon devorlarining o‘lchamlari 5.6 – rasmda ko‘rsatilgan.
5.6 – rasm. Beton yon devorining ko‘ndalang qirqimidagi o‘lchamlar: Hq - beton yon devorining qurilish balandligi; ts.u – suv urilmaning qalinligi; h – suvning chuqurligi; a – beton yon devori tepasining suv sathidan ehtiyotlik balandligi; a1 - beton yon devorning usti (tepasi)dan kengligi, az - beton yon devorining poydevori bilan kesilishidagi kengligi, d – beton yon devorining vertikal qirrasidan poydevori ichki chetigacha kengligi, Hf - beton yon devori poydevorining chuqurligi, V - beton yon devori poydevorining tubidan kengligi.
Ushbu o‘lchamlar belgilanishida quyidagi tavsiyalar hisobga olinishi zarur: beton yon devorning usti (tepasi)dan kengligi a1= 0,5...0,6 m; beton yon devorning poydevori bilan kesilishidagi kengligi az = 0,5∙Hq; beton yon devorning poydevori bilan kesilishidagi kengligi d = 0,35...0,5 m; beton yon devori poydevorining tubidan kengligi V = az + d.
Beton yon devori poydevorining chuqurligi Hf ≥ 0,33∙Hq va Hf ≥ 1 m shartlariga asosan belgilanishi zarur.
YOpiq (quvurli) suv rostlovchi inshootlar (5.7 – rasm).
Oldin tuzilgan 2.11 -, 2.12 -, 2.13 – rasmlarda ko‘rsatilgan hisob sxemalaridan foydalanib, 1: 100 masshtabida yopiq (quvurli) suv rostlovchi inshootlarning bo‘ylama qirqimlari tuziladi.
Inshootlar asosan kirish, quvur, chiqish va suv oqimi energiyasi (energiyasini) so‘ndiruvchi quduq qismlaridan iborat.
Betondan yaxlit yasalgan kirish qismining uzunligi L1 = 3...4 m qabul qilinadi. Inshoot ostonasi tubi belgisidan uning balandligi Nk.q =(1,8...2)·Hz o‘lchamidan kamroq qabul qilinmaydi, bunda Hz - yassi zatvorning balandligi, Nz > hq + 0,1 m shartiga va “Qurilish me’yorlari va qoidalari”ga muvofiq zatvorning standart o‘lchamida 2.7 – jadval bo‘yicha belgilanadi. Inshoot kirish qismi poydevorining chuqurligi quyidagi tk.q > 0,33·Nk.q va tk.q > 0,7...0,8·N shartlariga muvofiq qabul qilinadi, bunda N – inshoot ostonasi belgisi ustidagi suvning chuqurligi. Inshoot kirish qismida remont zatvorining (shandorlik) pazi va sirpanuvchi yassi yoki yassi g‘ildirakli turidagi asosiy zatvor joylanadi. Ustunlarining kirish kallagi planda yarim dumaloq (doiraviy) qabul qilinadi. Ustunning kirish kallagi va yon devorlarining doiraviy qismi oxiridan 0,2 m masofa o‘tgach balandligi bo‘yicha ustun yoki yon devorining ichiga kengligi 0,3 m va chuqurligi 0,2 m o‘lchamida remont (ta’mirlash) zatvori (shandorlik) pazi joylashtiriladi. Ustunning qalinligi zatvorlar pazi romining joylashuvi maqsadida 1,5 m ga teng va undan ortiq o‘lchamida bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri to‘rtburchakli yopiq bosimsiz suv rostlovchi inshootlarida quvur qismi to‘g‘ri to‘rtburchakli yig‘ma temir betonlik quvurlardan yasaladi. Bo‘ylama uzunligi bo‘yicha har bir qismi (zvenosi) 5 m uzunligida bo‘lgan quvurlar, bir biri bilan birlashtirilgan holda yotqizilib, quvur qismining umumiy uzunligini tashkil etadilar. Quvur qismining har bir qismi (zvenosi)ning uchlarida perimetri bo‘yicha, to‘g‘ri to‘rtburchakli, 0,3 m qalinligidagi tishlar yasaladi, bu tishlar orqali quvurlar bo‘ylama uzunligi bo‘yicha bir biri bilan choklari asosida birlashtiriladi. Quvur ostidagi filtratsiya oqimi yo‘lini uzaytirishi maqsadida quvurlarning choklarida tashqi perimetri bo‘yicha 1 m qalinligidagi og‘ir sog‘ tuproq yoki gildan diafragma qilinishi tavsiya qilinadi. Qo‘ndalang kesimi bo‘yicha quvurlar soni bir ko‘zli yoki ko‘p ko‘zli etib o‘rnatiladi, devorlarining qalinligi 0,3 m qabul qilinadi.
Quvur qismining bo‘ylama uzunligi, asosan inshoot ustidagi yo‘l kategoriyasi kengligi bilan aniqlanadi. Yo‘lning harakat etuvchi qismining kengligi amalda eng kamida 4,5 m, umumiy kengligi esa 6 m bo‘lishi mumkin. Yo‘lning harakat etuvchi qismi kengligi bo‘yicha simmetrik 0,01...0,03 dan kam bo‘lmagan ikki yoqlama nishablikli yasaladi. Quvur tepasi ustidagi to‘kma gruntning chuqurligi gruntning muzlash chuqurligidan, amalda 0,7 m va undan ortiq bo‘lishi zarur.
Quvurlar asosi cho‘kadigan (gil, qumoq, qumloq, sog‘ tuproq, mayda va o‘rtacha qum) gruntlardan tashkil etilganida quvur ostiga bir yoki ikki qavatli kichik V3,5 markalik betondan tayyorlanish qatlami o‘rnatiladi, bunda har bir qavatning qalinligi 10...15 sm o‘lchamida qabul qilinadi. Betondan tayyorlanish qatlami ostiga 10 sm qalinligidagi qum bilan shag‘al aralashmasi yotqiziladi.
Quvurning oxirida quvur umumiy kengligi bo‘yicha 0,5...0,6 m bo‘ylama uzunligida betonlik yaxlit chiqish qismi joylanadi.
Quvurning chiqish qismidan so‘ng suv oqimi energiyasi (quvvati)ni so‘ndiruvchi quduq o‘rnatiladi. Uning o‘lchamlari ushbu metodik ko‘rsatmaning 2.11 -, 2.12 -, 2.13 – rasmlarida ko‘rsatilgan o‘ziga xos bo‘lgan hisob sxemasiga muvofiq 2.2. qismida berilgan pastki bef hisobi bo‘yicha aniqlanadi. Quduq qirqilgan konstruksiyasida betondan loyihalanadi, bunda uning yon devorlari, tubidagi poydevoriy suv urilma plitasidan bo‘ylama cho‘kish va temperatura (harorat) choklari bilan kesiladi. YOn devorlar o‘lchamlari 5.6 – rasmda ko‘rsatilgan beton yon devori o‘lchamlariga muvofiq belgilanadi. Quduq tubidagi poydevoriy suv urilma plitasi qalinligi 0,5...0,6 m da qabul qilinadi.
Inshoot yuqori befi va pastki befi kanallar qiyaliklari bilan kirish va chiqish qanotlari yordamida tutashtiriladi. Ularning turlari va o‘lchamlari ushbu metodik ko‘rsatmaning 5.1.1. punktida ko‘rsatilgani bilan bir xil.
Inshoot ostonasi chizig‘idan yuqori befi tarafiga ponur va quduqning oxiridan pastki befi tarafiga risberma uzunliklari o‘lchab belgilanadi. Ularni o‘lchamlari 5.1 - jadvalidagi tavsiyalariga asoslanib qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |