Variant-39
Paleolitdavritavsifi.
Qo‘shilishmadaniyati
Rivojlanganeneolitdavrixusuyatlari
1savol....Paleolit (yun. paleyos-qadimgi, lot. litos-tosh) qadimgi tosh davri mil. avv. 3/2,6 mln.-12 ming yilliklar bilan sanalanadi. Paleolit o‘z navbatida ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘linadi.
Yer shari paydo bo‘lgan buyon dam sovib, dam isib turgan. Antropogen davrida ham bu jarayon davom etgan. Paleolit davrida yer sharining shimoliy qismida bir necha muzliklar-glyasiali (dunay, gyuns, mindel, riss va vyurm) va ular oralig‘ida issiq va namchil iqlimi muzlik oralig‘i-intergyasial davrlari (dunay-gyuns, gyuns- mindel, mindel-riss, riss-vyurm) davrlari hukm surgan.
Ilk paleolit davri.(mil.avv. 3/2,6 mln.-120/100 ming yilliklar). Ilk paleolit-olduvay va ashel (ilk, o‘rta va so‘nggi) bosqichlaridan tashkil topib, bu davrda insoniyat ajdodining eng qadimgi vakili-arxantroplar yashagan. Olduvay davrida va ashel davrining dastlabki bosqichida yer yuzida issiq iqlim sharoiti hukm surib, tirik mavjudodlarning yashashi uchun juda qulayIlk paleolit davriga oid eng qadimgi yodgorliklar Afrikaning sharqiy va janubiy hududidan topib o‘rganilgan. Ulardan Afar vohasidagi Vest Gona (Efiopiya) (2,8-2,4 mln. avval) va Keniyadagi Koobi Fora (2 mln. yil avval) makonlaridan vulqon lavasi qotishmasi, kvars va chaqmoqtoshli slansdan yasalgan tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan.
O‘tgan asrning 60-yillarida AQShlik paleantropolog olimlar Likilar (Luis, Meri va o‘g‘li Robert) Afrikaning Serengeti (Keniya) vodiysidagi Olduvay makondan mil. avv. 1,75 mln. (mil.avv. 1,89 mln.) yillikda yashagan eng qadimgi odamning (homa habilis) suyagini topib o‘rgangan edilar. JAR respublikasi hududida Yoxannesburg shahri yaqinidagi Sterkfonteyn g‘or-makonidan topilgan odam suyagi mil. avv. 3 mln. yillikka oid.
Yevrosiyoda eng qadimgi odam Yava yarim orolidan topilgan arxantrop (1 mln. yil) vakili hisoblanar edi. O‘tgan asrning 90-yillarida Janubiy Kavkazdagi Dmanisi shaharchasi (Gruziya) yaqinidagi makondan topilgan homa erectus suyagi va tosh qurollari kaliy-argon tekshirish natijalariga ko‘ra mil. avv. 1,6 mln. yillik bilan sanalangan. Yaqin Sharqdagi Ubeydiya makonidan topilgan ibtidoiy odam suyagi olduvay davrining o‘rta bosqichiga oid.
Yevropa yodgorliklaridan topilgan arxantrop suyaklari va tosh va qurollarini tadqiqotchilar olduvay davriga oid, deb hisoblaydilar. Xususan, Kavkazning shimoli-sharqidagi Aynikab I (Dog‘iston) makonidan topilgan odam suyagi va tosh qurollarini tadqiqotchi X.A.Amirxanov olduvay davriga (kamida mil.avv. 1,5 mln. yillik) tenglashtirishga harakat qilgan.
Eng qadimgi odamlarning yevrosiyo hududiga tarqalgan davri qadimshunos mutaxassislar orasida munozaraga boy masala sanaladi. Rossiyalik mutaxassis A.P.Derevyanko bundan 2-1,8 mln. yil avval homo ergaster-erectus odamlari ilk vatani-Afrikadan chiqib, dastlabki buyuk ko‘chishni boshlab beragan edi, degan fikrni bildiradi.
Umuman zamonaviy arxeologiya va paleoantropologiya fanlari sohasida eng qadimgi odamlar shakllangan hudud va ularning tarqalishi bilan bog‘liq ilmiy munozarlar davom etayotgan va kelajakda o‘zning ijobiy yechimiga ega masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |