1. Korxonalar nochorligi va uni bashorat qilish mezonlari. Korxonalar nochorligiga sabab bo’luvchi omillar



Download 262,27 Kb.
bet13/14
Sana29.03.2022
Hajmi262,27 Kb.
#516519
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
. Korxonalar nochorligi va uni bashorat qilish mezonlari

Sudgacha sanatsiya qilish asosi
Sudgacha sanatsiya qilish suddan tashqari bajariladigan taomil bo‘lib, qarzdorga nisbatan to‘lov qobiliyatini tiklash va bankrotlikni oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Sudgacha sanatsiya qilish xo‘jalik sudi tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmasdan oldin amalga oshiriladi. SHu tufayli, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida sudga ariza berishdan oldin qarzdorning muaasislarini, boshqaruv organlari yoki qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin.
Qarzdor bilan tuzilgan kelishuv asosida uning to‘lov qobiliyatini tiklash choralarini ko‘rayotgan qarzdor yuridik shaxsning muassislari, qarzdorning mol-mulki egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sudgacha sanatsiya qilishining tsubyektlari bo‘la oladilar.
Sudgacha sanatsiya qilishda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklaydigan chora-tadbirlar, ya’ni qarzdorga moddiy yordam ko‘rsatish, to‘lov muddatini kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni uzaytirish, qarzlardan siylov berish, qarzdorni qayta tashkil etish kabilar ko‘riladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni quyidagi turlarga ajratish mumkin: davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda va davlat tomonidan yordam ko‘rsatmagan holda. Davlat ko‘magidan foydalangan holda sudgacha sanatsiya qilish ustav fondida davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Davlat yordami bilan sudgacha sanatsiya qilish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha bo‘lgan muddatga belgilanadi. Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sudgacha sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
  • Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hay’ati qaroriga ko‘ra Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasidan tarkibiy o‘zgartirish dasturlarini amalga oshirish uchun tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida mablag‘larni maqsadli ajratish;


  • Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi qaroriga binoan sudgacha bo‘lgan sanatsiyalash muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablag‘larini jalb etish;


  • Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Huqumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi mumkin;


  • Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda sanatsiyalash o‘tkazilishida qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari to‘xtatilgan holda sanatsiyalash bo‘yicha so‘mda va valyutada hisob raqami ochiladi.


Sudgacha sanatsiya qilishda ishtirok etadigan subyektlar soni cheklanmagan. Ular: qarzdorning muassislari, mol-mulki egasi, davlat organlari shuningdek boshqa shaxslar ham bo‘lishi mumkin.


Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunga asosan sudgacha sanatsiya qilish taomilining chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:

  • To‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;


  • Ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;


  • Chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;


  • Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;


  • Qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;


  • Qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;


  • Majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;


  • Qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.



Mazkur taomil tarkibigi bundan boshqa tadbirlar ham kirishi mumkin.


Sudgacha sanatsiya qilishni uni o‘tkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin.
Yaxshi niyatlar bilan ochilgan korxona nega iqtisodiy nochor holatga kelib qoladi? Korxona rahbarlari qanday xatoga yoʻl qoʻyishdi? Yoki iqtisodiy bilim va salohiyati yetishmasligi pand berdimi? Xalq iborasi bilan aytganda “gʻisht qolipdan koʻchganda” emas, balki korxona faoliyatini boshlagan paytdayoq bu haqda chuqurroq oʻylab koʻrilsa foydadan holi boʻlmaydi.
Bir qarashda korxona iqtisodiy nochor holatga kelib qolganda uni tugatib yuborish osondek tuyuladi. Ammo xodimlarning ish oʻrnini yoʻqotishi, hamkor tashkilotlar oʻrtasida nizo chiqishi masalani yana-da jiddiylashtiradi. Tan olish kerak, bu borada iqtisodiy nochor korxonalar va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy inqiroz holatidan olib chiqish, ular faoliyatini qayta tiklash hamda sogʻlomlashtirish masalalarida amaldagi qonunchilik normalari va joriy tartiblar yetarlicha samara bermayapti. Shu bois, deputatlarimiz tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qonun loyihasida toʻlovga qobiliyatsizlikning sogʻlomlashtirish taomillarini oʻtkazish jarayonida vujudga kelgan joriy soliq toʻlovlarini hisoblashni toʻxtatib turish va jarayon muddati yakunlangandan soʻng toʻlash amalga oshirilishi, qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklari, moliya tashkilotlari va boshqa manbalarning mablagʻlarini jalb etilishi muammoni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, sogʻlomlashtirish rejalarida oldindan qarzdorlikning qancha qismini qoplashni koʻzda tutish, qarzdorning mol-mulkini sotish nazarda tutilgan boʻlsa, kreditorlar roziligi bilan uning narxini bosqichma-bosqich 50 foizgacha tushirib borishga ruxsat berilishi ham korxona uchun anchagina yengilliklar beradi. Qarzdor tuzgan bitimlarni bajarishdan bosh tortish va qarzdorga foyda keltirmaydigan bitimlarni haqiqiy emas deb topish ham korxonani sogʻlomlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Agar muhokamaga qoʻyilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, toʻlovga qobiliyatsizlikning sogʻlomlashtirish taomillari orqali iqtisodiy nochor korxonalarni sogʻlomlashtirish choralari keng qoʻllanilishiga sharoit yaratiladi. Toʻlovga qobiliyatsizlikning sogʻlomlashtirish taomillari qoʻllanilgan korxonalarda joriy soliq toʻlovlarini toʻlash toʻxtatiladi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qarzdor rahbari va boshqa shaxslarning javobgarligi kuchaytiriladi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qarzdor tuzgan bitimlardan bosh tortish, ularni haqiqiy emasligi shartlari tartibga solinadi. Sud boshqaruvchilari oʻz majburiyatlarini bajarishda qoʻshimcha huquqlarga ega boʻlib, ular faoliyati natijalari ragʻbatlantiriladi. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi hamda ulush kiritish asosida quruvchilarning toʻlovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etiladi.
Eng muhimi, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yana-da yaxshilash hamda xorijiy investorlarni jalb qilishda tadbirkorlik muhiti jozibadorligini oshishiga xizmat qiladi.
Bir soʻz bilan aytganda biz korxonalarni tugatish emas tuzatish tarafdorimiz. “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishdan koʻzlangan maqsad ham aslida shunga yoʻnaltirilgan.

XULOSA
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarni bankrotlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash va moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlili borasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Hozirgi kunda barcha korxonalarda o’z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag’larining to’g’ri nisbatga bo’lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarni bajarilmasligi esa korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin. Shu boisdan ishda bankrotlik tushunchasining iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati ochib berildi va korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib keluvchi sabablar o’rganildi.
2.Ishda korxonaning mulkiy holatini ifodalovchi ko’rsaktichlarni iqtisodiy mazmuni jihatdan va mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan usullari tadqiq qilindi. Xususan, tadqiqot ob’ekti “Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaliy ma’lumotlarini qo’llagan holda mulkiy holati ko’rsatkichlari tuzilmasi tahlil qilindi va tegishli tavsiyalar berildi. Tahlil qilinayotgan korxonada muddati o’tgan debitorlik va qarzlar mavjud emas. Bular korxona mablag’lari tuzilmasini yaxshilaydi hamda moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3.Korxonaning to’lov qobiliyati eng muhim ko’rsatkich hisoblanib – u korxonaning moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To’lov qobiliyati korxonaning o’z aylanma mablag’larining saqlanuvchanligini, tez pulga aylanadigan aylanma aktivlarning holatiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liq.
4.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar uchun zarur shart – moliyaviy hisob-kitob intizomiga qat’iy rioya qilishdir.




Download 262,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish