Aylanma mablag’larining aylanishi sustligi (kreditor qarzdorlik)
Korxona biznesiga investorlarning qiziqishi pastligi, (yo’qligi)
2-rasm. Korxona va tashkilotlarni texnik-iqtisodiy jihatlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini belgilovchi ko’rsatkichlari Avval ta’kidlaganimizdek, kompaniyalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish jarayonlari, uning rivojlanish tsiklining turli bosqichlarida farqlanadi. Ayniqsa, kompaniyalarning inqirozli holatlarida moliyaviy boshqaruvni oqilona va har tomonlama chuqur o’ylagan holda tashkil etish talab qilinadi.
Shuningdek, kompaniyalarda inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil qilishda asosan quyidagi shartlarning mavjudligi muhim hisoblanadi: inqirozga qarshi boshqaruvni amalga oshiruvchi mutaxassislar, moliyaviy menejerlar, moliyaviy rahbarlar guruhining maxsus tayyorgarliklari, o’z ishlarini mukammal bilishlari va professionalligi; inqiroz holatlarida monitoring tizimi ishlarini sifatli amalga amalga oshirilishi; inqiroz kelib chiqish sabablarini o’z vaqtida bashorat qilish va inqirozga qarshi tadbirlar dasturini loyihalashtirish; iqtisodiy inqiroz davrida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni metodoloyasini ishlab chiqish va rivojlantirish; inqirozga qarshi qabul qilingan dasturlarning sifatliligi; inqirozga qarshi boshqaruv mutaxassislarining ro’y berayotgan holatlarga tezkor va mushohada bilan ta’sir ko’rsata olishi.
Avvalambor bankrotlik va uning taomillari haqida so‘z yuritishdan oldin bankrotlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha atamalar o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rib chiqish muhim. Iqtisodiy fanlarda iqtisodiy nochorlik, moliyaviy nobarqarorlik, to‘lovga noqodirlik, bankrotlik kabi so‘zlar bir xil mazmun beruvchi atamalar kabi ishlatilib kelinadi. Lekin aslida ham shundaymi? 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunini xuquqiy xujjat sifatida keltirish mumkin. Qonunning 3-moddasida bankrotlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: