1. Korrupsiya tushunchasi va mazmun-mohiyati. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari


Uchinchi ko‘rinish - Hokimiyatni bosib olish



Download 102,03 Kb.
bet19/49
Sana19.09.2021
Hajmi102,03 Kb.
#178889
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurash

Uchinchi ko‘rinish - Hokimiyatni bosib olish, ya’ni mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitnalar uyushtirishni maqsad qilib olgan jinoiy uyushmalar. O‘zbekistondagi uyushgan jinoyatchilikning eng o‘ta xavfli ko‘rinishi ham mana shu uchinchi ko‘rinishdir. Buning xavfli tomoni shundan iboratki, bu jinoyatning sodda turidan to eng mukammal turlarigacha faoliyat olib borib, ichki terrordan tortib xalqaro terror uyushmalarigacha birikib boradi. Bu ko‘rinishni ayrim siyosatchilar, huquqshunoslar terrorizmga bog‘laydilar, ammo terrorning yuzaga kelishi (terror guruhlarining paydo bo‘lishi), mayda jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishi, ularning asta-sekinlik bilan kuchayishi natijasida paydo bo‘ladi. Terror jinoiy guruhlarni birlashtiradi va o‘z izmiga bo‘ysindiradi. Jinoiy guruhlar terrorni amalga oshirish uchun asosiy tayanch bo‘ladi. Ular ommani o‘z izmiga bo‘ysindirish uchun faoliyat olib boradi. Jangovar lagerlarga jangchilarni (fuqarolarni aldash yo‘li bilan jangarilarga etkazish) etkazib berishda yordam beradi. Barcha katta terror uyushmalari ham mana shunday mayda jinoiy guruhlarning birikishidan jahonni larzaga soluvchi uyushmalarga aylangan. Biz shu sababli ham O‘zbekistondagi terrorni jinoiy guruhlar safiga kiritdik. Jinoiy guruhlar olib borgan xunruzliklarini terrorchilar ham olib boradi. Faqat terrorni olib borgan faoliyati jinoiy guruh faoliyatiga qaraganda kattaroq. Xalqaro terror bir harakatni O‘zida ming-minglab odamlarni qirg‘in qilishi mumkin. Uyushgan jinoiy guruhlar esa bir necha kishini yashirincha o‘ldirishi mumkin. Lekin jinoiy guruhlar ham katta-katta jan-jallarga, qirg‘inlarga sababchi bo‘lishi, aniqrog‘i uyushtirishi mumkin. Masalan: 1989 yilgi Farg‘ona va Tog‘li Qorabog‘ voqealari bunga misol bo‘la olishi mumkin. Terrorni uyushgan jinoyatchilikdan ikkita asosiy farqi mavjud: birinchisi, terrorda mafkurani mavjudligi, uyushgan jinoyatchilikda mafkurani yo‘qligi bo‘lsa, ikkinchisi, terror jinoiy faoliyatini hech qaysisini yashirmaydi. Uyushgan jinoyatchilik esa deyarli ko‘plab jinoiy faoliyatlarini yashirgan holatda ish tutadi. Lekin bularning hammasi ham jinoyatchilardir, hammasining ham maqsadi bir, mumay daromad va hokimiyatga erishish.

Korrupsiyaning xavfli xususiyati shundaki, u konstitutsiyaviy tuzumga ishonchni so‘ndiradi.

Davlat muassasalarining mansabdor shaxslari tomonidan sodir etiladigan xodisa bilan tqnashgan jamoatchilikda hokimiyatga va uning mansabdorlariga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Hokimiyat oldida qo‘rquv va u bilan hamkorlik qilmaslik kayfiyati vujudga keladi. Bunday holat jamiyat a’zolarining davlatni qo‘llab turishdek an’anaviy, ijtimoiy xodisaning susayib ketishiga olib keladi.

Davlat strukturasidagi mansabdor shaxslarning sotqinligi, jinoyatchilarni qo‘llab-quvvatlashi, jinoyatchilarning jazolanmay qolayotganligi korrupsiyaning tarqalib ketayotganligi bunday holatni ko‘rib turganlar o‘rtasida g‘arazli va oppartunistik yo‘nalishdagi guruhlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Korrupsiya qarindosh-urug‘chilik munosabatlaridan kelib chiqadigan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va jaroyonlar bilan bog‘lanib ketishi va undan ozuqa olishi mumkin. Korrupsiya va proteksionizm (qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynigarchilik) birlashib, jamiyatni ich-ichidan kemiradi. SHunga ko‘ra korrupsiya hamma uchun va hamma joyda xavflidir. U kambag‘allarning ahvolini og‘irlashtiradi, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi, davlatni aholiga xizmat ko‘rsatish tizimiga va demokratiyani izdan chiqaradi.

Korrupsiya - katta va g‘oyat xavfli ijtimoiy voqeadir. Korrupsiyaning ijtimoiy xavfi shunchalikki, u eng avvalo, davlatchilikning asoslarini emiradi, xatto muayyan darajaga etganda milliy xavfsizlikni xavf ostida qoldiradi»47.

Korrupsiya nafaqat bizning xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka balki tahdid soluvchi real muommodir. SHunday ekan, mazkur xodisaga qarshi kurash masalalari faqatgina bizga taalluqli bo‘lmay balki butun jahon hamjamiyati muammosi bo‘lmog‘ii lozim Mustaqil O‘zbekiston halqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga doimo tayyordir.

Demokratik davlat o‘z fuqarolariga tinch erkin yashashi va mehnat qilish imkonini to‘la ta’minlab bermog‘i kerak. Lekin ayni zamonda, jinoyatchilikka qarshi kurash shunchaki kampaniyabozlikka aylanib ketmasdan aniq dastur asosida olib borilishi lozim. Bu ish - davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmog‘i zarur.

Ilgari takidlaganimdek, jinoyatning yopiq va eng qabiq turi bor. Bu - korrupsiya va poraxo‘rlik. Jinoyatning bu turi boshqaruv aparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin.

Buyurokrat kimsa hadik yoki ma’suliyatsizlik tufayli jarayonni sekinlashtirib qo‘ysa, poraxo‘r ko‘pincha ko‘ra bila turib, o‘z manfaatini o‘ylab davlat va halq manfaatlariga zid harakatlar qiladi.




Download 102,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish