1. Korrupsiya tushunchasi va mazmun-mohiyati. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari



Download 102,03 Kb.
bet1/49
Sana19.09.2021
Hajmi102,03 Kb.
#178889
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurash


1-mavzu: Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xavfliligi

Reja
1. Korrupsiya tushunchasi va mazmun-mohiyati.

2. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari.

3. Korrupsiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘rinishlari uning davlat va jamiyat xavfsizligiga taxdidi.
1. Korrupsiya tushunchasi va mazmun-mohiyati.

Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.

2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani korrupsiyaga barham berish uchun barcha asoslarni yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta’minlanishi uchun 2017 yil 2 fevralda davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar echimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda bizning bu boradagi huquqlarimiz kafolatlangan. Qonunga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida "2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi" tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

Mazkur komissiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini ta’minlaydi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi.

Komissiya korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi va tahlil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Bu vazifalar tegishli idoralar va mas’ul shaxslar tomonidan izchil ta’minlanadi. Zero, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat mas’ul shaxslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati shakllanishiga ham bog‘liq. CHunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, ko‘payishiga ko‘p hollarda o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldiga, barcha davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilayotgan korrupsiya salbiy illat sifatida paydo bo‘ldi.

SHuning uchun ham keyingi paytlarda siyosatshunoslar, faylasuflar, huquqshunoslar va boshqa olimlar bu atamaga nisbatan o‘z munosabatlarini bildirmoqdalar.

Tilimizda faol ishlatiladigan so‘zlar qatoriga keyingi paytlarda "korrupsiya" so‘zi ham qo‘shildi. U nimani anglatadi?

Jahonda korrupsiyaga berilgan bir necha ta’riflar mavjud. Lekin hozirgacha uning aniq tushunchasi yo‘q.

"Korrupsiya - poraxo‘rlik haqidagi tushuncha, pora bilan sotib olish demakdir"2 degan fikrni bildiradi deb tariflaydi Rossiya Ilmiy tekshirish institutining etuk ilmiy xodimi, yuridik fanlari doktori, professor M.P. Juravlyov.

Ma’lumki, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlarning uchtasida: Rossiya, Qozag‘iston hamda O‘zbekistonda korrupsiyaga tegishli qonunlar mavjud. Jumladan Rossiya 1993 yili "Korupsiyaga qarshi kurash to‘g‘riisida"gi Federal qonun amalga kiritilgan va unga kura, "shaxsning unga berilgan davlat vakolati va u bilan boqliq imkoniyatlardan foydalangan xolda g‘ayri qonuniy ravishda moddiy yoki boshqacha manfaat va imtiyozga ega bo‘lish, hamda yuridek yoki jismoniy shaxslar tomonidan ularga shunday manfaat va imtiyozlar berish korupsiyadir"3 deyiladi.

Qozog‘iston Respublikasi "Korupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘riisida"gi qonunning ikinchi moddasiga muvofiq, "Korupsiya - bu mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakalotlaridan foydalangan holda yoki u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanib, shaxsan o‘zlari yoki vostachi orqali qonunda nazarda tutilgan manfaat yoki imtiyozga ega bo‘lish, shuningdek, jismoniy va yuridek shaxslar tomnidan bunday shaxslarni sotib olib, ularga shunday manfat yoki imtiyozlarni berishdir"4 deb yozib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov "O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida shunday yozadi, "korrupsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘riidan-to‘g‘rii yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishdir"5 - degan fikrga keladi.

"Etimiologik nuqtai nazardan qaraganda korrupsiya so‘zi lotincha bo‘lib, o‘zbek tilida "pora olish", "sotilish" ma’nosini bildiradi.

Korrupsiyaning umumiy tushunchasi esa mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida qonunlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan mansab faoliyatidan foydalanishdir". Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash Bosh boshqarmasi katta prokurori, adliya kichik maslaxatchisi M. Usmonov korrupsiyani ana shunday ta’riflagan. Evropa Kengashining korrupsiya bo‘yicha fanlararo guruhining ta’rifida "Korrupsiya bu xususiy yoki davlat sektori bo‘yicha muayyan vazifani bajarish topshirilgan vakolatli mansabdor shaxs, mustaqil agent yoki o‘zgacha munosabat xodimining o‘zi yoki boshqalar uchun g‘ayriqonuniy ravishda moddiy boylik olishga yoki imtiyozga erishishga qaratilgan hulqidan iboratdir" deb talqin etiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi Halqaro kurash to‘g‘riisida"gi hujjatida "Korrupsiya shaxsiy foyda ko‘rish maqsadida davlat xokimiyatini suiiste’mol qilishdan iborat" deyilgan.

YUqoridagi ta’riflarning aksariyat ko‘p qismidan ko‘rinib turibdiki "Korrupsiya", "Poraxo‘rlik" doirasidan tashqariga chiqadi.

Fikrimizcha: Korrupsiya biror-bir mansabga erishish uchun, hamda, o‘z mansabidan foydalanib tekin daromad topish maqsadida, davlat taqiqlagan va insoniy burchlar taqiqlagan, turli-hil usullardan foydalanish demakdir. Bunga o‘z manfaatida foydalanish uchun, barcha noqonuniy harakatlar mujassamlashadi.

Masalan: BMT. kotibiyati tomonidan turli mamlakatlar tajribasi asosida tayyorlangan yo‘riqnomada quyidagilar korrupsiyaga talluqli ekanligini ko‘rsatadi:

«1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-taroj qilish;

2) rasmiy maqomdan norasmiy foydalanish natijasida shaxsiy foyda ko‘rish uchun o‘z hizmat vazifasini su’iste’mol qilish;

3) ijtimoiy burch bilan shaxsiy foyda o‘rtasidagi manfaatlarning nizosi».

Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korrupsiya-davlat funksiyasini bajarish topshirilgan xizmatchilarning o‘z xizmat mavqei va egallab turgan mansabini suiiste’mol qilish obrusidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida yoki bir guruh shaxslarning manfaatlari yo‘lida g‘araz maqsadlarda foydalanishdan iborat bo‘lgan, xokimiyatga putr etkazishda ifodalangan ijtimoiy havfli xodisadir.

Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xodisadir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uyushgan jinoyatchilikning uchinchi ko‘rinishi korrupsiyadir.

Yakka jinoyatchilikka qaraganda, uyushgan jinoyatchilikda o‘z faoliyatini yashirish qiyinroq kechadi. Aytish mumkinki, uyushgan jinoyatchilik o‘z faoliyatini yashirmaydi, ammo, korrupsiya yordamida hukumatni doirasini qurshab olishga harakat qiladi.

Chunki uyushgan jinoyatchilik o‘z faoliyatini kengaytirish uchun davlat sektoridagi rahbarlarni (kichik mansabdorlardan to yuqori mansabdagilar) pora berish yo‘li bilan o‘zlariga og‘dirib, yuqori daromad olish uchun sharoit yaratadilar. Bu yo‘lda ikki tomon ham yuqori darajada daromad oladi. Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning ajralmas holatdagi bog‘liqligi ham shunda.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, poraxo‘rlik yani korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi haqida 1996-yil sentyabrda Karlusrueda bo‘lib o‘tgan huquqshunoslar kuni bayramida ham gapirilib, ko‘pchilik ovoz bilan uyushgan jinoyatchilik o‘rtasida yaqqol bog‘lanish borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Unda shunday deyilgan:

"Poraxo‘rlik uyushgan jinoyatchilik o‘sib chiqadigan bo‘liq bo‘z er hisoblanadi. Poraxo‘rlik kasofatidan jamiyat uyushgan jinoyatchilikka beriluvchan bo‘lib qoladi. Poraxo‘r amaldorlar davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos bir ko‘prik rolini o‘ynaydilarkim, bu ko‘prik ustidan uyushgan jinoyatchilar jamiyat ichiga kirib boradilar. Uyushgan jinoyatchilikning eng xavfli shakli poraxo‘rlik yordamida siyosatning uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘lanib qolishidir"6.

Kriminalist olimlarning fikricha korrupsiyaning uchta asosiy shakli bo‘lib, bular:

1) Siyosiy korrupsiya.

2) Mansabdor shaxslarni sotib olish.

3) Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya.

Bularning eng xavflisi siyosiy korrupsiyadir. Bunda davlat organlarida ma’sul mansablarni egallab turgan shaxslar qarindosh-urug‘chilik (proteksionizm) tufayli qonunga qarshi ish tutadi.

Korrupsiyaning ikkinchi shakli esa kriminal faoliyatga asoslangan. Mansabdor shaxs muayyan haq evaziga sotilib g‘ayriqonuniy xizmatlarni qiladi.

Korrupsiyaning uchinchi shakli tegishli turkumdagi mansabdor shaxslarni alohida qulay sharoit yaratish uchun muayyan maqsadga yo‘naltirilgan jinoiy faoliyatga jalb qilishdan iboratdir". Yuqorida ko‘rsatilgan korrupsiyaning uch ko‘rinishi ham uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liqdir. CHunki mansabini suiiste’mol qilgan har-qanday shaxs, o‘z aybini yopish uchun, har-qanday jinoyatchilikka tayyor turadilar.

«Professional jinoyatchilikda, uyushgan jinoyatchilik xavfli tur hisoblanadi. U jinoiy elementlarni, rag‘batlantiradi, biriktiradi va nazorat qiladi, shuningdek jinoiy ishlarni tez suratlarda bajarishga majburlaydi.

Kriminologiyada uyushgan jinoyatchilikning 3 xil ko‘rinishi ajralib turadi.


Download 102,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish