ish joyi va vaqtidan tashqari xizmat masalalarini muhokama qilmaslik;
xizmat vazifalarini amalga oshirishi jarayonida qonun talablariga zid bo‘lgan tashqi ta’sirlarga berilmaslik;
xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki g‘arazli maqsadlarda, shuningdek, boshqa shaxslarning noqonuniy manfaatlari uchun foydalanmaslik;
bo‘ysinuvdagi idoralar va xodimlarni noqonuniy qarorlar qabul qilish va g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etishga majbur etmaslik;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarni boshqa shaxslarga oshkor qilmaslik, ulardan ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanmaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |