Loyihalarning korrupsiyaviy omillarga ega bo‘lgan normalari
5. Quyidagilar huquqni qo‘llovchilarga asossiz ravishda ko‘rib chiqishning keng doirasini yoki umumiy qoidalardan chiquvchi istisnolarni asossiz qo‘llash imkoniyatini belgilovchi korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:
a) asosan quyidagilardan iborat bo‘lgan diskretsion vakolatlarning kengligi (mazmunidan chegaralarini aniqlashning imkoni mavjud bo‘lmagan vakolatlar):
muddatlarning mavjud emasligi yoki noaniqligi va asoslab berilmagan sabablarsiz belgilangan muddatni cho‘zish yoki qisqartirish imkoniyatini nazarda tutish;
qarorlarni qabul qilishning sharoitlari va asoslarining mavjud emasligi, shuningdek davlat organlari va boshqa organlarga yoki ularning xodimlariga (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) o‘z ixtiyoriga ko‘ra qarorlar chiqarish, bir nechta turdagi qarorlarni qabul qilish va ularni ijro etishning usullarini belgilash imkoniyatini berish;
organlarga o‘z ixtiyoriga ko‘ra yuridik faktni baholashga hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishning tartibini mustaqil ravishda belgilashga yo‘l qo‘yish;
organga o‘z ixtiyoriga ko‘ra tegishli asossiz jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishini, ularni o‘zgartirishni yoki bekor qilishni tashabbus qilish imkoniyatini berish;
organlarning takrorlovchi vakolatlarining mavjudligi;
b) huquqni qo‘llovchilar tomonidan har xil va aniq bo‘lmagan talqin qilishga imkoniyat yaratadigan normalarning mavjudligi;
v) organlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirishni dispozitiv belgilashda ifodalangan vakolatni asossiz belgilanishi;
g) huquqlar hajmini tanlab o‘zgartirishning imkoniyati mavjudligi, ya’ni organlarning ixtiyoriga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslar uchun umumiy tartibdan chiquvchi istisnolarni asossiz belgilanishi;
d) boshqa organning vakolatiga tegishli bo‘lgan qonunosti hujjatlarning qabul qilinishiga olib keladigan blanket va havola qiluvchi normalarning mavjudligi bilan tavsiflangan, qonunosti norma ijodkorligining nihoyatda erkinligi;
e) normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lmagan organlar tomonidan qabul qilinishi;
j) organlarga ularning vakolatiga tegishli bo‘lmagan vakolatlarning taqdim qilinishi;
z) qonun osti hujjatlar loyihalarida qonun hujjatlariga ko‘ra qonun bilan tartibga solinishi lozim bo‘lgan normalarning belgilanishi;
i) tegishli huquq va vakolatlarni taqdim qilishning tanlov tartibidan voz kechib, ularni tanlovdan tashqari taqdim qilish tartibining mustahkamlanishi;
k) loyihalar normalarining yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ko‘rsatmalariga nomuvofiqligi.
6. Quyidagilar jismoniy va yuridik shaxslarga noaniq, bajarilishi qiyin bo‘lgan va (yoki) og‘irlashtirilgan talablarni o‘z ichiga olgan korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:
a) asosan quyidagilardan iborat bo‘lgan, huquqni qo‘llovchiga tegishli bo‘lgan huquqni amalga oshirish uchun unga yuklatiladigan oshirilgan talablarning mavjudligi:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini cheklashga qaratilgan va (yoki) yuklatilishi qonun hujjatlari normalari bilan asoslantirilmagan talablarning o‘rnatilishi;
bajarish uchun ehtiyoj bo‘lmagan majburiyatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yuklatilishi;
jismoniy va yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlar, axborotni taqdim qilish majburiyatining yuklatilishi;
ega bo‘layotgan huquqqa muvofiq bo‘lmagan alomatlarga (kasbiy, mulkiy, ijtimoiy) muvofiq bo‘lish majburiyatlarining mavjudligi;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan huquqlarni amalga oshirishning qat’iy tartibga solinishining mavjud emasligi;
v) barqaror bo‘lmagan, ikki ma’noli tushunchalardan foydalanish yoki qo‘llanilayotgan atamalarning tushunchasi, ilmiy asoslantirilishi va ishonchliligining mavjud emasligi;
g) huquqiy munosabatlarning bir guruh sub’ektlariga nisbatan boshqalarni teng bo‘lmagan, kamsituvchi ahvolga soluvchi afzalliklarning belgilanishi.
7. Quyidagilar huquqni tartibga solishdagi bo‘shliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:
a) ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi, ya’ni organlar tomonidan tegishli harakatlarni bajarish tartibining mavjud emasligi, jumladan:
qarorlarni qabul qiluvchi va qonun hujjatlari talablarini bajaruvchi organning mavjud emasligi;
organning harakatlari va vakolatlarining tartibga solinmaganligi;
vakolatlarni bajarish protsessual tartibining belgilanmaganligi;
organlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni bajarish uchun asoslarning mavjud emasligi yoki noaniqligi;
qabul qilinayotgan qarorni asoslab berish majburiyatining mavjud emasligi;
amalga oshirilishining aniq mexanizmiga ega bo‘lmagan normalarning mavjudligi;
b) organlarning javobgarligi, shuningdek ularning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi normalarning mavjud emasligi;
v) organlarning faoliyati ustidan nazorat qilishning shakllari va turlariga ko‘rsatmaning mavjud emasligi;
g) organlarning faoliyati to‘g‘risidagi hamda ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari yuzasidan ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotni (qonun bilan qo‘riqlanadigan sirni tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno) oshkor etishni nazarda tutuvchi normalarning mavjud emasligi;
d) tegishli harakatlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan organni loyihaning mazmunidan belgilashning imkoniyati mavjud emasligi;
e) normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda qoldirish;
j) huquqni qo‘llovchilarda huquqlar mavjud bo‘lganda majburiyatlarning mavjud emasligi yoxud huquqlar mavjud bo‘lmaganda majburiyatlarning mavjudligi;
z) tegishli vakolatlar mavjud bo‘lmaganda, qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarning qonun osti hujjatlari yordamida to‘ldirilishi.
2017 yil 14 mart kuni “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashining 1-son Qarori qabul qilingan. Xujjatga ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish yoki nazorat tartibida tekshirish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
YAkka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlar bir kun davomida amalga oshirilishi belgilangan.
2017 yil 31 mayda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 150-um-son “Adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid xukukbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiklash hakida”gi buyrugi qabul qilindi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tug‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tug‘risida nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Krrakalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shaxar adliya bopщarmalari, YUristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Toshkent davlat yuridik universiteta, Toshkent yuridik kolleji, Toshkent davlat yuridik universiteti xuzuridagi akademik litsey, “Adolat” nashriyoti, “Inson va qonun” gazetasi taxririyati, Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |