Adliya organlari xodimlarining kasbiy burchlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Adliya vazirligi Hay’ati qarorlariga, buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Kasb etikasi qoidalariga amal qilish;
yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlar sohibi bo‘lib, yurish-turish, kiyinish va muomalada boshqalarga ijobiy tomondan o‘rnak bo‘lish;
qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan har qanday vazifalarni amalga oshirishda qonuniylik, halollik, xolislik, odillik, mustaqillik va mas’uliyatni his qilishga tayangan holda murosasiz bo‘lish;
adliya organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida berilgan vakolatlarni qonun hujjatlari doirasida qatiy ravishda amalga oshirish, sansalorlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |