Adliya organlari xodimlari quyidagilarga amal qilishi shart:
o‘z faoliyatida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonuniy manfaatlariga rioya qilgan holda ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini
ta’minlash - adliya organlarining eng muhim vazifalaridan ekanligini his qilish;
xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim
va malakaga ega bo‘lish hamda kasb-mahoratini doimiy ravishda oshirib borish;
xizmat vazifalarini halol, vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish hamda qonunda belgilangan cheklashlarni o‘z zimmasiga olish va ularga amal qilish;
fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda xolislik, mas’uliyat, sinchkovlik bilan bir qatorda talabchanlik, omilkorlik va jonkuyarlik kabi hislat va fazilatlarni namoyon etish;
yuqori turuvchi adliya organlari va mansabdor shaxslarining qonunga asoslangan va vakolat doirasida berilgan buyruq va farmoyishlarini, talab va ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish;
Do'stlaringiz bilan baham: |