1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi


Nefelometriya va turbidimetriya



Download 0,5 Mb.
bet20/22
Sana07.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#753448
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5238212534485392903

24. Nefelometriya va turbidimetriya
Nefelometrik va turbidimetrik analiz usullarini amalga oshirish uchun tekshiriladigan modda m uallaq holdagi kam eriydigan birikm aga aylantiriladi. M uallaq zarrachalardan sochilgan nur intensivligini o ‘lchashga asoslangan usul nefelometriya, muallaq zarrachalardan o'tgan nur dastasi intensivligining kamayishini o ‘lchashga asoslangan usul turbidimetriya deb yuritiladi. Bu usullarda nur dastasining intensivligi o ‘zgarib, uning spektral xususiyatlari o'zgarishsiz qoladi. Ular faqat kam eriydigan muallaq zarrachalar (cho‘kma emas) hosil bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Reley qonuniga ko‘ra sochilgan nur intensivligi quyidagicha tasvirlanishi mumkin: rasm
Tenglamadan ko‘rinishicha, nurni sochadigan zarrachalarning hajmi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham aniqlanadigan modda va standartning muallaq zarrachalarini hosil qilish sharoiti bir xil bo‘lishi kerak. Bu usullar cho‘kmaydigan muallaq zarrachalar hosil qiladigan moddalarning kam miqdorlarini aniqlash uchun 446 qoilaniladi. Masalan, sulfatni bariy sulfatning, xloridni kumush xloridning muallaq zarrachalari holida aniqlashni keltirish mumkin. Shuni aytish kerakki, bir xil oicham li zarrachalarni hosil qilish juda qiyin. Kristallarning shakli ham hamma vaqt bir xil boim aydi. Bu holatlar xatolarni k eltirib chiqaradi. Shu bois, bu usullar hozirgi vaqtda juda kam qoilaniladi..
25. Indikatorlar Indikatorlar nazariyasi
Indikatorlar ekvivalent nuqtani, to‘g ‘rirog‘i, titrlashning oxirgi nuqtasini topishga yordam beradi. Indikatorlar to ‘g ‘ri tanlangan boisa, ekvivalentlik nuqtasi titrlashning oxirgi nuqtasi bilan mos tushishi mumkin. Indikatorlar ishlatiladigan reaksiyalarning turlariga qarab quyidagilarga boiinadi: a) kislota-asosli; b) oksidlanishqaytarilish (redoks); d) metalloxrom; e) adsorbsion; f) radioaktiv; g) fluoressent va boshqalar. Bundan tashqari, qo'llanilish tartibiga ko'ra ichki va tashqi, xossalariga ko'ra qaytar va qaytmas indikatorlarga bo'linadi. Ichki indikatorlar bevosita eritma ichiga qo'shiladi. Tashqi indikatorlar esa eritmaga kiritilmaydi. Bunda bir tomchi titrlanuvchi eritma indikator yoki filtr qog'oziga (indikatorli) tomizilib, indikator bilan aralashtiriladi. Qaytar indikatorlarga kislota-asosli qaytmas indikatorlarga esa ko'pchilik oksidlanish-qaytarilish indikatorlari kiradi. Indikatorlar titrlash davomida ekvivalentlik nuqtasigacha o'z rangini o'zgartirmasa - qaytar, o'zgartirsa - qaytmas bo'ladi. Qaytmas indikatorlar tashqi indikator sifatida ishlatiladi.
Kislota-asosli indikatorlar. Kislota-asosli reaksiyalarda ko'z bilan ko'radigan o'zgarishlar, deyarli, bo'lmaydi, ya’ni, kislota-asosli titrlash davomida eritmaning rangi o'zgarmaydi. Shuning uchun ekvivalentlik nuqtasini topishda titrlanayotgan eritmaga birorta mos keladigan indikator qo'shishga to'g'ri keladi. Kislota-asosli titrlash jarayonida eritmaning pH qiymati o'zgaradi. Ekvivalentlik nuqtasida eritmaning pH qiymati muayyan kattalikka ega bo'ladi. Shuning uchun kislotaasosli titrlash usulining indikatori sifatida eritmaning pH qiymati o'zgarishi bilan o'z rangini o'zgartiruvchi moddalar ishlatiladi. Bularga lakmus, metil sarig'i, fenolftalein va boshqa moddalar kiradi (15.3- jadval). Bulardan har birining rangi pH ning ma’lum bir kichik oralig'ida (indikatorning о ‘zgarish sohasi, p T - titrlash ко ‘rsatkichi) o'zgaradi. Bu oraliq faqat olingan indikatorning xossasiga bog'liq bo'lib, reaksiyaga kirishayotgan kislota va asosning tabiatiga bog'liq emas. Shunga ko'ra, indikatorning rangi aniq ekvivalent nuqtada (pT) o'zgarmasdan, balki undan biroz chetroq nuqtadan boshlab o'zgara boshlaydi. Bunday chetga chiqish muayyan xatoga olib keladi. Bu xato titrlashning indikator xatosi deyiladi. Indikator xatosi olingan indikatorga va reaksiya uchun olingan kislota bilan asosga bog'liq. Indikator to'g'ri tanlansa, xato odatdagi analitik xatodan tashqariga chiqmaydi va uni hisobga olmasa ham bo'ladi. Masalan, metil sarig'i ishtirokida 0,1 N sirka kislota eritmasini NaOH eritmasi bilan titrlayotganda, CH3COOH ning 15% i neytrallanishi bilanoq indikatorning pushti rangi to'q sariqqa o'tadi. Bunday titrlashda indikator xatosi juda katta (85 %) bo'ladi. Sirka kislotaning 0,1 N 25 ml eritmasini titrlash uchun 0,1 N NaOH eritmasidan atigi 4 ml ga yaqini sarflanadi. Bunda titrlashni qay paytda tugatishni aniq bilish mumkin bo'lmagani uchun CH3COOH ni metil sarig'i ishtirokida titrlab bo'lmaydi. Agar CH3COOH fenolftalein ishtirokida titrlansa, indikator 196 xatosi 0,02% ni tashkil etadi. Bundan ko‘rinadiki, indikatorni to‘g ‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.
T itrlash xatolari indikatorni tanlash va uning oxirgi nuqtaga to‘g ‘ri keladigan rangini aniq topish bilan bogiiq. Oxirgi nuqtaga to 'g 'ri keladigan rang qancha aniq topilsa, xato shuncha kichik bo'ladi. Indikator to 'g 'ri tanlangan bo'lsa, titrlash xatosi juda kichik bo'ladi, uni hisobga olmaslik ham mumkin. Agar indikator noto'g'ri tanlangan bo'lsa, indikator xatosi sezilarli darajada katta bo'lishi mumkin. Bunday vaqtda uni hisobga olm aslik mumkin emas. Indikatorlaming vodorod, gidroksid, kislota va ishqor xatolari mavjud. Indikatorlarning vodorod xatosi eritmada kuchli kislotani ishqor eritmasi bilan titrlaganda, titrlanmay qolgan yoki ishqorni kuchli kislota bilan titrlaganda, ortiqcha qo'shiilgan H+ ionining bo'lishi bilan bog'liq. Indikatorlaming gidroksid xatosi titrlash tugagandan keyin eritmadagi erkin OH" ionining bo'lishi bilan tushuntiriladi. Indikatorlarning kislota xatosi titrlash tugaganda, eritm ada titrlanm ay qolgan kuchsiz kislota m olekulalarining b o 'lish i, indikatorlarning ishqor xatosi esa — eritmada titrlanmay qolgan kuchsiz asosning bo'lishi bilan bog'liq. Tajriba shuni ko'rsatadi, xatoni ko'paytirmaslik uchun juda suyultirilgan eritmalarni titrlash va titrant sifatida juda suyultirilgan eritmalardan foydalanmaslik kerak.
Kislota-asosli titrlash usullarida ishlatiladigan indikatorlar organik birikmalar bo‘lib, ular kuchsiz elektrolitlardir. Bu birikmalar kislota va asoslar xossalarini namoyon qiladi. 0 ‘z protonlarini (H+-ionini) berish qobiliyatiga ega bo'lgan indikatorlar kislotali indikatorlar deb ataladi. Agar indikatorni Hind deb olsak, uning dissotsilanishi: HInd^->H++Ind boiadi. Proton biriktirish qobiliyatiga ega boigan indikatorlar asosli indikatorlar deb ataladi, ular OH“, NH2“ va sh.k. belgilanadi: 0 H + H +H20. Shuning uchun ham protolitometriya usulida ishlatiladigan indikatorlar kislota-asosli indikatorlar deb yuritiladi. Indikatorlar rangining o ‘zgarishiga sabab boiadigan hodisalarni tushuntirish uchun bir necha nazariyalar taklif qilingan.
Indikatorlarning ion nazariyasi. Bu nazariya 1894-yilda V. Ostvald tomonidan elektrolitik dissotsilanish nazariyasi asosida yaratildi. Unga ko‘ra indikatorlar Hind tarzda ifodalanib, quyidagicha dissotsilanadi, deb qaraladi: HInd<-»H++Ind“. Indikatorning molekulyar holdagi rangi ion holidagisidan tubdan farq qiladi. Berilgan reaksiyada, muvozanat o ‘ngga siljigan boisa, eritmaning rangi indikatorning ion holdagi rangiga to‘g ‘ri keladi. Agar muvozanat chapga siljigan b o isa, eritmaning rangi indikatorning molekulyar holidagi rangiga to‘g ‘ri keladi
Indikatorlarning xromofor nazariyasi. Indikatorlar rangining o'zgarishiga sabab bo'ladigan hodisalami ion nazariyasi birmuncha tushuntirgan bo'lsa, uni xromofor nazariyasi yanada toidiradi. Xromofor nazariyasiga binoan, indikator rangining o'zgarishiga sabab, molekula ichki elektron tuzilishining o'zgarishidir. Bu hodisa benzoid-xinoid tautomeriyasi bilan bog'langan
Indikatorlarning ion-xromofor nazariyasi. Indikatorlar rangining o'zgarishini ham molekulalar dissotsiatsiyasi bilan, ham molekula ichidagi qayta gruppalanish (tautomeriya) bilan tushuntiruvchi nazariyaga indikatorlarning ion-xromofor nazariyasi deyiladi. Hozirgi zamon tushunchalariga binoan, organik birikmalar rangining o'zgarishiga sabab, ular elektron tuzilishining, ya’ni valent bogiarni tashkil qiluvchi elektronlar siljishining va xromoforlar orasida elektron buluti zichligining o'zgarishidir. Ayni birikm aning y o ru g iik toiqinlarini yutishi, uning elektronlarining siljuvchanligiga bog'liq.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish