22.Xromatografiyaning nazariy asoslari Xromatografiya usuli 1903-yilda rus botanigi M.S.Svet tomonidan tavsiya qilingan. Har qanday xromatografik sistemada A modda molekulasi turg'un va harakatchan fazalar orasida dinamik muvozanatda bo'ladi. Ax-Am
Moddaning kolonka bo'ylab harakati natijasida diffuziya tufayli cho'qqilaming kengligi yemiriladi (yuviladi). Cho‘qqilaming kengligi xromatografik sistemaning samaradorligi bilan belgilanadi. Xromatografik yo‘l yemirilishining o‘lchovi sifatida uzunlik o‘lchamiga ega bo'lgan kattalik - nazariy tarelkaga ekvivalent balandlik (h) (NTEB) qabul qilingan:
Xromatografik kolonkani bir necha o'zaro ajralgan tarelkalar qatori, deb qarash mumkin. Bunda har bir tarelkada muvozanat holati (taqsimlanish) o'matiladi va harakatchan faza moddaning bir qismini bir tarelkadan ikkinchisiga va hk. tashiydi. Fazalararo tashilishda zonada moddaning turg'un sorbent va harakatchan faza orasida yangicha taqsimlanishi kuzatiladi. Oqibatda modda bir necha qatlamlarda taqsimlanadi, uning konsentrasiyasi, ayniqsa, o'rta qatlamlarda eng ko'p bo'ladi. Modda qatlamlar orasida qancha ko'p tarqalsa, xromatografik sistemaning samaradorligi shuncha kam bo‘ladi. Moddaning ushlanish vaqti nazariy tarelkalar soniga mutanosib, ya’ni: TR=bN, bu yerda, b — mutanosiblik koeffitsienti. NTEB tushunchasi xromatografiyaning samaradorligini baholashda muhimdir. Bu nazariyadan mukammalroq bo'lgan kinetik nazariyaga muvofiq xromatografik sistema zonalarining yuvilishi quyidagi uch bosh sababga asosan sodir bo'ladi: 1) turli konsentratsiyali zonalaming sorbent qatlamida har xil tezlik bilan harakatlanishi (termodinamik tarqalish); 2) moddalar diffuziyasi (diffuzion tarqalish); 3) sorbsiya va desorbsiya jarayonlari tezliklarining har xilligi (kinetik tarqalish). Termodinamik tarqalishda sorbsiya izotermasi (sorbentdagi modda miqdorining gaz yoki suyuqlikdagi konsentrasiyasi orasidagi bog'liqlik) egri chiziqli ko'rinishda bo'ladi. Bu xromatografik analizda nomaqbul bo'lgani bois, uning kuzatilmasligi uchun sharoit yaratish zarur. Buning uchun bir jinsli sorbentlardan foydalanadilar. Diffuzion tarqalishning oldini olish maqsadida kolonka sorbent bilan astoydil va ravon to'ldiriladi. Kinetik tarqalish analiz qilinadigan modda oqimining tezligi tufayli yuzaga keladi. Bunda fazalar orasida muvozanat o'matilmay qoladi. Muvozanatning o'matilishini ta’minlash uchun oqim tezligini kamaytirish talab etiladi. Bundan tashqari, sorbent mayda zarrali bo'lishi ham foydalidir. Xromatografik sistemaning selektivligi bilan NTEB qiymati orasida bevosita bog'liqlik bor.