1-keys. 1-vaziyat. Hayot–muallim


Keys bo‘yicha savol va vazifalar



Download 473,05 Kb.
bet2/20
Sana25.02.2022
Hajmi473,05 Kb.
#464668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
КЕЙСЛАР.

Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. Vahobning qanday hislatlari o‘qituvchini tashvishlantirdi?
2. Yangi pedagogik vaziyatda Vahob boshidan kechirgan his-tuyg‘ularni tahlil qiling.
3.O‘qituvchining qanday hislatlari uning fikrini amalga oshirishga yordam berdi?


2-KEYS.
2-vaziyat. Besh baho. Kollejda qo‘ng‘iroq chalinib, tanaffus bo‘lganligidan dalolat berdi. Ikkinchi dars tugadi. Sinf xonalarining katta eshiklari ochilib, bolalar birin ketin-yo‘lakka chiqa boshladilar. Sinf xonalarining biridan qo‘lida sirkul ushlagan, sochiga oq oralagan ayol o‘qituvchi chiqdi. Uning yoniga baland bo‘yli o‘smir kelib:
- Sizni bir daqiqaga mumkinmi?-dedi. O‘qituvchi qadamini sekinlat-di.
- Zuxra Ibrohimovna! O‘zingizcha menga past baho qo‘ydim, deb o‘ylamayapsizmi? Meni to‘rt bahoga bilishim aniq-ku, nega menga uch baho qo‘ydingiz? Iltimos, to‘g‘rilab bersangiz, deb, o‘qituvchiga ruchkasini uzatdi.
- Yo‘q! Men bunday deb o‘ylayotganim yo‘q. O‘quv materialini bilishing o‘rtacha, masala yechishda xatoga yo‘l qo‘ygansan, yechish yo‘ling juda ham to‘g‘ri va samarali emas. Bahoni to‘g‘ri qo‘ydim. Xuddi shunday! Yaxshi baho olish uchun astoydil o‘qish kerak,- dedida, o‘qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
- Yana Lutfullaev, qo‘yilgan bahodan norozi. Xuddi vaysaqi qaynonadek valdiraydi,- dedi o‘qituvchi o‘ziga o‘zi. Tarix o‘qituvchisi Parpi G‘anievich uning fikrini ma’qullab:
- u hamma o‘qituvchilardan norozi. Go‘yo hech kim uning bilimini to‘g‘ri baholamayotgandek. Men bugun unga aqlliroq bo‘lishni o‘rgatib qo‘ymoqchiman. Bo‘sh vaqti bor o‘qituvchilarning hamasini kamtarlikka o‘rgatish darsiga taklif qilaman.
Guruxda tarix darsi odatdagidek boshlandi. Hamma darrov tinchlandi. Namunali tartib hukm surardi. O‘quvchilar Parpi G‘anievichni qiziqarli bayon etishi uchun hurmat qilishar, qattiq qo‘lligi va tartib buzuvchilarga topqirlik bilan tanbex berishidan esa, bir oz qo‘rqib turishar edi.
- Ukaginam, Sen mengga hikoya aytma. Men bu ishni sendan yaxshiroq uddalashim mumkin. Sen menga tarixiy voqeani sodir bo‘lish sabablarini tushutirib ber. Menga quruq yod oluvchi “qori” kerak emas. Men seni fikrlashga, tahlil kilishga, taqqoslashga, u yoki bu hodisa sabablarining tub mohiyatini ochib berishga o‘rgatishim kerak.
Parpi G‘anievich bunday yo‘llanmalarni o‘quv yili boshida uch-to‘rt darsda takrorlardi. So‘ngra esa, qisqacha qilib: «Ertak aytma».- deyish bilan chegaralanar edi. Uning darsida besh baho olish uchun o‘quv materialini a’lo bilish kifoya qilmas edi. Uni ko‘proq mustaqil xulosa yasash va aynan hodisa sabablarinig tub mohiyatini ochib berish qiziqtirar edi.
Parpi G‘anievich ikki nafar o‘quvchidan so‘rab, ularning biriga uch, biriga esa to‘rt baho qo‘ydi va javob berishga Lutfillaevni chaqirdi.
- Ukaginam, menga ikkinchi jahon urushi arafasida progressiv va reaksion kuchlar mutanosibligini tushuntirib berginchi.
O‘qituvchi javobni eshitib, yana bir necha qo‘shimcha savollar berdi va kundalik daftarni olib, quyuq bo‘yab, besh baho qo‘ydi va:
- Ko‘p yasha. O‘tir, besh! –deb qo‘ydi.
Lutfillaev tabassum qilganicha o‘z o‘rniga borib O‘tirdi. Sinf hayratda edi. Bunaqasi hech bo‘lgan emas. Nimaga, nima uchun besh? Javob chalkash va o‘rtacha ediku!
Parpi G‘anievich bir oz sukut saqlab, so‘radi,
- Lutfillaev, sen rostgo‘y bolamisan?
O‘quvchi o‘rnidan turdi va nima uchun bunday savol berilganini anglamay, ohistagina: men o‘zimni rostgo‘y deb hisoblayman, - dedi.
Senda qat’iylik bormi? – so‘rashda davom etdi o‘qituvchi. O‘quvchi jim turardi.
Qani birodarlar, Sizlar aytinglarchi, men unga to‘g‘ri baho qo‘ydimmi?- deb, o‘qituvchi sinf o‘quvchilariga murojat qildi.
Uning javobi besh bahoga arziydimi?
Har tomondan :
- Yo‘q, yo‘q! Zo‘rg‘a uchga arziydi, degan ovozlar eshitildi.
- Lutfullaev, sen ko‘pchilik fikrini eshitayapsanmi? Agar senda rostgo‘ylik va qat’iylik bo‘lganda edi, menga e’tiroz bildirib, «domla siz menga ikki ball oshirib noto‘g‘ri baho qo‘ydingiz», - degan bo‘lar eding. Sen esa, doim past baho qo‘yishadi, deb o‘qituvchilarga tana qilasan. Mana sendagi rostgo‘ylik va qatiyatlikning qiymati. Bu besh bahoni uch bahoga aylantirish juda oson, lekin men bunday qilmayman. Uni to‘q bo‘lgani va yaqqol ko‘zga tashlanib turishini ko‘ryapsanmi? Baho o‘z o‘rnida qolsin. kelajakda sen albatta unga erishasan, lekin, bu besh bahoni ikkalamiz uzoq vaqt eslab yuramiz.... Endi esa, yozishga tayyorlan, men yangi mavzuni tushuntirishni boshlayman.
Bu voqeadan so‘ng o‘quvchi besh baho ham oldi, ikki bahoga javob bergan paytlari ham bo‘ldi. Lekin kollejni bitirib ketguncha baho uchun o‘qituvchilarga e’tiroz bildirmadi.



Download 473,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish