AMD Athlon (1999). AMD kompaniyasi tomonidan eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan so’nggi mikroprotsessor. Ishlash sur’ati yuqori bo’lgan eng qudratli qurilmalardan biridir.
Cyrix 6x86 (1995). Barcha ko’rsatkichlari Pentium ga mos keluvchi mikroprotsessordir. Narxi unga nisbatan bir oz baland bo’lishiga qaramay, ishlash sur’ati bir oz pastroqdir.
Cyrix 6x86 MX yoki M2 (1997). Multimedia ma’lumotlarini tez sur’atlar bilan qayta ishlashga imkon beruvchi vositalar bilan boyitilgan. Cyrix 6x86 ning takomillashgan variantidir. Pentium MMX va AMD K6 lar bilan raqobat qiluvchi qurilma sifatida ishlab chiqilgan.
Transmeta Crusoe (2000). Transmeta kompaniyasi mahsuloti bo’lmish bu mikroprotsessor elektr quvvatini kam talab qilishi hamda qizib ketmasligi bilan ajralib turadi. Asosan ko’chma kompyuterlar uchun ishlab chiqilmoqda.
Bulardan tashqari, hozirgi paytda zamonaviy kompyuterlarda Apple-Macintosh kompyuterlari uchun IBM hamda Motorola kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilayotgan Power PC hamda DEC (Degital Equepment Corporation) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Alpha mikroprotsessorlari ham keng qo’llanilmoqda.
Sooprotsessorlar(coprocessors) - hisoblash ishlarining bajarilishini tezlashtirish maqsadida kompyuterlarga q?shimcha ravishda ?rnatiladigan protsessorlardir. Ikkinchi nomi – matematik protsessorlar. Asosiy turlariga Intel 8087 (IBM PC XT kompyuterlari uchun); Intel 80287 (IBM PC AT, IBM PS/2 kompyuterlari uchun); Intel 80387(IBM 386, IBM 386SX, IBM386DX kompyuterlari uchun), Over Drive (Pentium kompyuterlari uchun), RISC tipidagi Power PC va Alpha (serverlar va Macintosh kompyuterlari uchun) sooprotsessorlari misol bo’la oladi. Bunday sooprotsessorlar matematik hisoblash ishlarini 5-15 marta tezlashtirish imkonini beradi.
5§. Zamonaviy kompyuterlarning xotiralash qurilmalari
Xotiralash qurilmalarining turkumlari va turlari;
Asosiy xotiralash qurilmalari;
Tezkor xotira va uning asosiy qo’rsatgichlari;
Qattiq disk va uning asosiy ko’rsatgichlari.
Tayanch iboralar:
Xotiralash qurilmalari; Asosiy xotiralar; Mikrochipli; Mikrosxemali; Magnit diskli; Mikroprotsessorli; Doimiy va yarim doimiy; Flesh-xotira; Tezkor xotira; SIMM; DIMM; Statandart; YUqori; RAM-disk; SDRAM; DRAM; SRAM; Qattiq disk; IDE; EIDE; SCSI; Virtual; FDD
Xotiralash qurilmalari (Memory unit) - kompyuterning ishlashi jarayonida kerakli ma’lumotlarni vaqtincha yoki doimiy ravishda saqlashga xizmat qiluvchi elektron mikrosxemalar tizimi bo’lib, to’rtta ierarxik darajaga egadir:
• asosiy xotiralar tarkibidagi mikroprotsessorli xotiralash qurilmalari va flesh-xotira;
• asosiy xotiralar tarkibidagi kartali (mikrosxemali) xotiralash qurilmalari;
• asosiy xotiralar tarkibidagi magnit diskli xotiralash qurilmalari;
• tashqi xotiralash qurilmalari.
Asosiy xotiralar (Primary storage yoki Basic memory) - kompyuterning tizimli blokiga o’rnatilgan xotiralovchi qurilmalar bo’lib, ular quyidagi turkumlarga bo’linadi:
Tuzilishi bo’yicha - mikrochipli, kartali va diskli qurilmalar bo’lib, mikrochipli qurilmalarda ma’lumotlar maxsus xotiralovchi chiplarda, kartali qurilmalarda - xotiralovchi mikrosxemalar o’rnatilgan maxsus kartalarda, diskli qurilmalarda esa - magnit disklarida saqlanadi.
Bu qurilmalar o’z navbatida bir nechta guruhlarga bo’linadi (5.1-rasm).
Ma’lumotlarni xotiralash va saqlash usullari o’yicha - uchta turkumga bo’linadi (5.2-rasm).
Energiyaga bog’liqligi bo’yicha quyidagi turkumlarga bo’linadi:
Energiyaga bog’liq bo’lmagan qurilmalar. Bularga barcha tezkor va mikroprotsessorli xotiralar kiradi. CHunki kompyuter elektr tarmog’idan uzilgach, ulardagi ma’lumotlar o’chib ketadi.
Avtonom energiyaga bog’liq bo’lgan qurilmalar. Bularga kompyuterning doimiy xotiralari kiradi. CHunki kompyuterga o’rnatilgan maxsus batareyka ularni uzluksiz ravishda elektr quvvati bilan ta’minlab turadi.
Energiyaga bog’liq bo’lmagan qurilmalar. Bularga qattiq va yumshoq disk diskovodlari kiradi. CHunki,
Asosiy xotiralash qurilmalari
Mikrochipli, Mikrosxemali,Magnit diskli, Mikroprotsessorli, maxsus xotiralovchi qurilma,
Registorli kesh xotira qurilmasi, YUmshoq disk diskovodi (floppi disk diskovodi),Qattiq disk diskovodi (vinchester), Asosiy tezkor xotira, Dinamik tezkor xotira, Statik tezkor xotira, Sinxron dinamik , tezkor xotira, Rambus tezkor xotirasi, Kesh xotira, Doimiy xotira, Flesh xotira
Tashqi xotiralash qurilmalari - kompyuterga tashqi tomondan ulanadigan va ma’lumotlarni uzoq vaqt xotirasida saqlashga mo’ljallangan qurilmalardir.
Bunday qurilmalar tuzilishiga ko’ra magnit lentali va diskli qurilmalarga turkumlanib, shu turkumlar ham o’z navbatida bir nechta guruhlarga bo’linadi (5.3-rasm).
SHu bilan birga, barcha xotiralash qurilmalari o’zlarining asosiy parametrlari (sig’imi, mikroprotsessorning shu qurilmaga murojaat qilish vaqti, ma’lumotlarni o’qish va yozish tezliklari, ma’lumotlarni o’qish - O’ va yozish - YO imkoniyatlari) bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Xotiralash qurilmalarining shu parametrlar bo’yicha qiyosiy xarakteristikalari 5.1-jadvalda keltirilgan.
Tashqi xotiralash qurilmalari
Magnit lentali qurilmalar, Diskli qurilmalar, Bobinali strimerlar, Kassetali strimerlar, Magnit diskli qurilmalar, Optik diskli qurilmalar, Universal diskli qurilmalar, ZIP diskovodlari, Kompakt disk diskovodlari, DVD diskovodlari, Magnitooptik, diskovodlar
Do'stlaringiz bilan baham: |