Faylli disketalar - foydalanuvchining fayllarini saqlovchi disketalar;
Sistemali disketalar- MS DOS ,Windows yoki kompyuterga o’rnatilgan boshqa operatsion tizimlarning asosiy tizimli fayllari yozilgan disketa. Ma’lumki, kompyuter ishga tushgach dastlab o’z xotirasidan operatsion tizimning fayllarini izlaydi va shu fayllar yordamida operatsion tizim foydalanuvchi bilan ishlay boshlaydi. Kompyuter BIOS ko’rsatmasiga muvafiq tizimli fayllarni dastlab yumshoq disk diskovodidagi disketadan (buni kompyuter ishga tushgan zahoti diskovod indikatorining yonishidan sezish mumkin), agar diskovodda disketa bo’lmasa shu fayllarni qattiq diskdan izlaydi. Agar ma’lum sabablarga ko’ra (masalan, kompyuter viruslari ta’sirida) qattiq diskdagi tizimli fayllar ishdan chiqsa kompyuter ishlashdan bosh tortadi va foydalanuvchilarning buyruqlarini qabul qilmaydi. Bunday hollarda operatsion tizimni yuklab, kompyuterni ishga tushirish uchun tizimli disketalardan foydalaniladi (ya’ni tizimli disk diskovodga o’rnatilib, kompyuter qaytadan ishga tushiriladi).
Tozalovchi disketa - oddiy disketaga o’xshash bo’lib, faqat diskining sathi maxsus jilvir qog’oz bilan qoplangan disketa. Bunday disketa diskovodning o’quvchi va yozuvchi magnit kallakchasini turli iflosliklardan, diskovod ko’p ishlatilganda paydo bo’ladigan oksidlovchi qatlamdan tozalashga xizmat qiladi. Buning uchun disketa diskovodga o’rnatilib, sungra diskovod ishga tushiriladi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar: 1. Har bir turkumdagi xotiralash qurilmalarining bir-biridan farqi nimada? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring; 2. Asosiy xotiralash qurilmalarining turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring; 3. Nima uchun tezkor xotira o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’lingan? Ularning texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini qanday aniqlash mumkin? Misollar keltiring; 4. Qattiq magnit disklarining turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring; 5. YUmshoq magnit disklarining turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;