Videoxotira (Video RAM) - grafik ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turishga mo’ljallangan tezkor xotira qurilmasi. Videoadapterga o’rnatilgan xotira chiplaridan tashkil topgan bo’lib, adapterning samarali ishlashi ko’p jihatdan shu xotiraning sig’imiga bog’liq. Masalan, sig’imi 1Mb bo’lgan videoxotira videoadapterga bir vaqtning o’zida 216 xil rangdagi tasvirlar bilan ishlash imkonini bersa, 4Mb lik videoxotira esa 16,8 mln. xildagi rangli tasvirlar bilan ishlash imkonini beradi.
Videoxotiraning talab qilinuvchi sig’imi kompyuterda qayta ishlanayotgan ma’lumotlarning turiga bog’liqdir. Masalan, kompyuterda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar matnli va raqamli bo’lsa 2Mb dan 4Mb gacha, grafik ma’lumotlar bo’lsa 8Mb dan 16Mb gacha, multimedia ma’lumotlari bo’lsa 16Mb dan 32Mb gacha xotira sig’imi talab qilinadi.
Hozirgi paytda zamonaviy videoadapterlarda ishlash tezligi va sig’imi ancha yuqori bo’lgan sinxron-grafik xotira (SGRAM) qo’llanilmoqda.
6.2. Monitorlar
Monitorlar (Monitors) - videokarta tomonidan uzatilayotgan signallarni tasvirlarga aylantirib, ekranda aks ettiruvchi televizorga o’xshash qurilmalardir. Ko’pincha displeylar (dislay) yoki videomonitorlar (videomonitors) deb ham ataladi.
Monitorlar - tuzilishiga va ma’lumotlarni aks ettirish usullariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Matnli - faqat matnli holatda ishlay oladigan monitorlar;
Grafik - faqat grafik holatda ishlay oladigan monitorlar;
Monoxrom - faqat oq-qora tasvirda ishlay oladigan monitorlar;
Rangli - rangli tasvirlarda ishlay oladigan monitorlar;
Matnli-grafik - ham matnli, ham grafik holatlarda ishlay oladigan rangli monitorlar;
Bir rejimli - faqat bir tipdagi videoadapterlar bilan ishlay oladigan monitorlar;
Ko’p rejimli - turli tipdagi videoadapterlar bilan ham ishlay oladigan monitorlar;
Elektron-nur trubkali - xuddi televizordagidek tasvirlarni elektron-nur trubkasi yordamida hosil qiluvchi monitorlar;
Suyuq kristalli - tasvirlarni, kuchlanish berilganda tashqi yoritish manbai ta’sirida o’z rangini o’zgartiruvchi shaffof anizatrop suyuqligi yordamida hosil qiluvchi monitorlar;
Plazmali - tasvirlarni, gazlarning kuchlanish berilganda nurlanishi xossasiga (lyuminestsentsiya xossasiga) asoslangan holda aks ettiruvchi monitorlar.
Bulardan tashqari monitorlar ekranining kattaligi va ekrandagi yorqin nuqtalar (piksellar)ning o’lchamlari bilan ham farq qiladi. Dastlabgi shaxsiy kompyuterlarda ekranining standart kattaligi, ya’ni diagonalining uzunligi 14 dyum(14"), ya’ni 35,5 sm. monitorlar ko’p tarqalgan edi. Hozirgi paytda esa, zamonaviy kompyuterlarda asosan ekranining o’lchami 15 dyum (15"), ya’ni 36 sm. bo’lgan monitorlar ishlatilmoqda. Lekin ekranining diagonali 17 dyum (17"), ya’ni 53,35 sm. va undan katta bo’lgan maxsus monitorlar ham ishlab chiqilmoqda.
Ma’lumki, monitor ekranidagi barcha tasvirlar ( harflar, raqamlar, turli belgilar, grafiklar, rasmlar va h.k. ) yorqin nuqtalar (piksellar) orqali hosil qilinadi. Shu sababli nuqtalarning ?lchamlari qancha kichik b?lsa, tasvirlar shunchalik aniq va ravshan b?ladi.
Hozirga paytda ekrandagi nuqtalarining o'lchamlari 0,25mm (0,25 dot), 0,26 mm (0,26 dot), 0,28 mm.(0,28 dot); 0,31 mm.(0,31 dot) hamda 0,39 mm. (0,39 dot ) bo'lgan monitorlar ishlatilmoqda.
Zamonaviy monitorlar asosan Samsung, Daewoo, HP, LG, Fujitsu, View Sonic, Sony, Gold Star, Philips, NBC va Siemens kompaniyalari tamonidan ishlab chiqilmoqda.
Ayniqsa, ekrani 15" lik Fujitsu Siemens C384FA monitorlari keng tarqalgan.
Eng ko’p tarqalgan monitorlarning texnikaviy xarakteristikalari quyidagi 6.1-jadvalda keltirilgan.
Bulardan tashqari, shu kompaniyalar tamonidan XGA(Extendent Graphics Adapter – kengaytirilgan grafik adapter), 8514/A kabi asosan grafik ma’lumotlar bilan ishlashga mo’ljallangan qimmatbaho monitorlar hamda portativ kompyuterlarga mo’ljallangan suyuq krisstalli monitorlar, ham ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa, Gateway Profile, Packard Bell NEC Z1 hamda Gateway Astro firmalari tamonidan ishlab chiqilayotgan, korpusining ichiga kompyuterning tizimli bloki joylashtirilgan suyuq krisstalli va oddiy monitorlar keng qo’llanilmoqda.
Hozirgi paytda eng ko’p qo’llanilayotgan SVGA monitorlari to’g’risidagi ayrim ma’lumotlar 6.2-jadvalda keltirilgan.
6.1 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |