6.3. Klaviaturalar Klaviaturalar (keyboards) - kompyuterga ma’lumotlarni kirituvchi eng asosiy qurilmalardan biri bo’lib, hozirgi paytda uning qo’yidagi turlari ishlatilmoqda:
XT –klaviatura. Eng eski klaviaturalarlan biri bo’lib, 83 tugmachalidir. YOnib turuvchi indikatorlari yo’q.
AT – klaviatura. Standart (84 tugmachali) hamda kengaytirilgan (101 tugmachali) ko’rinishlarda ishlab chiqilgan. Yonuvchi indikatorlar hamda qo’shimcha raqamli tugmachalar o’rnatilgan.
101 tugmachali kengaytirilgan klaviatura. YOnuvchi indikatorlar, qo’shimcha raqamli tugmachalar hamda maxsus Windows tugmachasi o’rnatilgan. Aslida tugmachalarining soni 104 tagacha boradi.
Microsoft Natural klaviaturasi. Bu tipdagi klaviaturalar ergonomik klaviaturalar ham deb ataladi. Ko’rinishi boshqa klaviaturalarnikidek to’g’ri to’rtburchak shaklida emas, balki egri to’rtburchak shaklida. Bunlan tashqari tugmachalari foydalanuvchi barmoqlarining tabiiy harakatiga mos ravishda ma’lum bir burchak ostida joylashtirilgan.
Infraqizil klaviatura. Bunday klaviaturalar kabelsiz bo’lib, ma’lumotlarni infraqizil nurli signallar yordamida uzatishga mo’ljallangan. Buning uchun monitorga shu signallarni qabul qiluvchi maxsus qurilma - priyomnik o’rnatiladi. Ma’lumotlarni 7 metr masofagacha uzoqlikdan turib kiritish mumkin.
Egiluvchan rezinali klaviatura. Bunday klaviaturalarning korpusi turli rangdagi rezinalardan ishlangan bo’lib, juda chiroyli ko’rinishga ega. SHovqinsiz va ishonchli tarzda ishlaydi. Turli mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Korpuslari juda ham yupqa bo’lgani uchun ularni tslindr shaklida o’rash mumkin.
Ko’p funktsionalli klaviatura. Bunday klaviaturalar eng qimmat klaviaturalardan biri bo’lib, telekommunikatsiya tizimlarini boshqaruvchi tugmachalar bilan jihozlangan va professional foydalanuvchilarga mo’ljallangan.
6.4. "Sichqoncha"lar "Sichqoncha"lar (mouse) - 1964 yilda D. Enjeblat tomonidan kashf etilgan bo’lib, ilk bor 1970 yillarning boshida Xerox kompaniyasi ishlab chiqa boshladi. O’sha paytdagi "sichqoncha"lar kompyuterning eng qimmatbaho qurilmalaridan biri hisoblangan.
Hozirgi paytda keng ommalashib ketgan bu qurilmaning quyidagi turlari ishlab chiqilmoqda:
PS/2 “sichqoncha”si - kompyuterdagi maxsus uyachaga ulanuvchi “sichqoncha” bo’lgani uchun boshqa ketma-ket portlarni band qilmaydi. SHu sababli eng ko’p tarqalgan qurilmadir.
Ketma-ket “sichqoncha”. Kompyuterning ketma-ket portlarning biriga ulanuvchi “sichqoncha”dir.
Shina “sichqoncha”si. Bu sichqoncha kompyuterning universal porti (USB) ga ulanuvchi “sichqoncha”dir.
Microsoft Untelli Mouse “sichqoncha”si. Tugmachalari o’rtasida maxsus aylanuvchi g’ildirakchasi bor bo’lib, bu g’ildirakcha ekrandagi sahifani yuqoriga yoki pastga siljitishga hamda ekrandagi tasvirning o’lchamlarini o’zgartirishga xizmat qiladi.
Optik “sichqoncha”. Maxsus optik gilamcha ustida harakatlanuvchi “sichqoncha” bo’lib, boshqalardek ichida sharchasi yo’q. Kursorni gilamchada aks etgan optik ma’lumotlar asosida harakatlantiradi.
Honevwell firmasi tomonidan ishlab chiqilayotgan optik “sichqoncha” larga esa maxsus gilamchalarning ham zaruriyati yo’qdir. Bunday “sichqoncha” lar vaznsizlik holatida ham ishlashga mo’ljallangan bo’lib, dastlab kosmik kemalardagi kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan.
Infraqizil nurli “sichqoncha”lar. Kabelsiz “sichqoncha”lardan bo’lib, undan tarqalgan nur kompyuterga maxsus o’rnatilgan qabul qiluvchi qurilmaga tushgandagina o’z vazifasini bajara oladi. Batareyka bilan ishlaydi.
Radiosignalli “sichqoncha”. Kabelsiz ishlovchi “sichqoncha” bo’lib, o’z vazifasini radiosignallar yordamida bajaradi. Infraqizil nurli “sichqoncha” kabi ma’lum yo’nalishga qaratib ishlatish shart emas. Batareyka bilan ishlaydi.
Hozirgi paytda a’lo sifatli "sichqoncha"lar Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo’lsa (narxlari 40$ gacha), ikkinchi o’rinda Logitech kompaniyasi mahsulotlari (narxlari 10$ gacha) turadi.
Eng arzon "sichqoncha"lar esa, Mitsumi kompaniyasinikidir ( narxlari 4$ gacha).