Asosiy xotiralash qurilmalari (Basic memory unit) - yuqorida ko’rganimizdek, tuzilishi va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: mikroprotsessorli xotiralar (mikroprotsessorli maxsus xotira, registrli kesh-xotira), doimiy xotiralar, flesh-xotira, tezkor xotiralar (asosiy, dinamik, statik, sinxron-dinamik, Rambus), magnit diskli.
5.1-jadval
Xotiralash qurilmasining nomi
|
Sig’imi
|
Murojaat qilish vaqti (mikrosekundda)
|
Ma’lumotlarni o ’qish va yozish tezligi (Kb/sek.)
|
O’qish va yozish imkoniyati
|
Mikroprotsessorli maxsus xotira
|
6-32 Kb
|
0,001- 0,004
|
1000-5000
|
O’/YO
|
Registorli kesh-xotira
|
512 Kb
|
0,001-0,004
|
1000-5000
|
O’/YO
|
Asosiy tezkor xotira
|
512 Mb
|
0,06-0,07
|
1000-2000
|
O’/YO
|
Kesh-xotira
|
64Mbgacha
|
0,002- 0,005
|
2000-3000
|
O’/YO
|
Dinamik – tezkor xotira
|
256 Mb
|
0,06-0,07
|
1000-2000
|
O’/YO
|
Statik – tezkor xotira
|
256 Mb
|
0,06-0,07
|
1000-2000
|
O’/YO
|
Sinxron-dinamik tezkor xotira
|
256 Mb
|
0,06-0,07
|
1000-2000
|
O’/YO
|
Rambus tezkor xotirasi
|
256 Mb
|
0,06-0,07
|
1000-2000
|
O’/YO
|
Doimiy xotira
|
128 Kb
|
0,06-0,07
|
500-1000
|
O'
|
Flesh-xotira
|
32 Mb
|
0,06-0,1
|
500-1000
|
O’/YO
|
Qattiq disk diskovodi
|
40 Gb
|
6-30
|
500-1000
|
O’/YO
|
Yumshoq disk diskovodi
|
1,44 Mb
|
65-100
|
150
|
O’/YO
|
CD-ROM
|
640 Mb
|
50-300
|
150-3000
|
Q
|
CD-Writer
|
640 Mb
|
50-300
|
150-3000
|
O’/YO
|
ZIP
|
100 Mb
|
0,07-0,2
|
500-1000
|
O’/YO
|
Raqamli videodisk
|
17Gb
|
50-300
|
150-3000
|
Q
|
Strimer
|
2Gb
|
6-30
|
150-200
|
O’/YO
|
Magnitooptik Diskovod
|
2Gb
|
50-300
|
150-3000
|
O’/YO
|
Asosiy tezkor xotiraning o’zi esa, quyidagi qismlarga bo’linishi mumkin: standart, yuqori, kengaytirilgan, qo’shimcha, virtual, kesh, RAM - disk.
Xotiralash chiplari (Chip memory) - eng kichik xotiralash mikrosxemasi bo’lib, paralellopiped shaklidagi jigarrang elementdan iborat. Ulanuvchi kontaktlari (oyoqchalari) bor. Xotiralash sig’imi - 2 Kb gacha. Barcha mikrochipli va mikrosxemali xotiralash qurilmalari ana shu chiplardan yoki shu chiplarning maxsus kartalarga ketma-ket ulanishi orqali hosil qilinadi.
Mikroprotsessorli xotiralar - kompyuter mikroprotsessorlarining xotiralari bo’lib, maxsus tezkor xotira chiplari dan tashkil topgan. Maxsus xotira va registrli kesh-xotiralarga bo’linadi. Arifmetik va mantiqiy amallar bajarilayotgandi hosil bo’ladigan oraliq ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.
Maxsus xotira - mikroprotsessorning mikrosxemasiga o’rnatilgan xotiralash moduli bo’lib, miroprotsessorning asosiy tezkor xotirasidir;
Registrli kesh-xotira - mikroprotsessor bilan asosiy tezkor xotira o’rtasida bufer xotira vazifasini bajaruvchi xotira modulidir.
Doimiy va yarim doimiy xotiralar - ma’lumotlarni doimiy ravishda saqlashga xizmat qiluvchi mikrosxemalardir. Kompyuterlarda ularning soni ikkita bo’lib ularning biriga BIOS, ikkinchisiga esa CMOS ko’rsatmalari yozilgan bo’ladi.
Flesh-xotira (Flesh memory) - tizimli plataga to’g’ridan-to’g’ri o’rnatiluvchi yarim doimiy xotira modulidir. Sig’imi 32Kb dan 64 Kb gacha. Zamonaviy kompyuterlarda ROM xotiraning o’rnini bosuvchi xotiradir, ya’ni unga ko’pincha BIOS yoziladi. Bu esa kerakli paytda BIOS ni yangilash va tahrir qilish imkonini beradi.
Asosiy tezkor xotira (RAM - Random Access Memory -to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilinuvchi xotira) -kompyuterning mikroprotsessordan keyingi eng asosiy qurilmasi bo’lib, o’z faoliyatini faqat kompyuter ishga
tushirilgachgina boshlaydi. Asosiy vazifasi - foydalanuvchilarning ko’rsatmalarini bajarish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni, ya’ni operatsion tizimning tizimli fayllarini, amaliy dasturlarni, shu dasturlarning ishlashi uchun zarur bo’lgan dasturiy vositalarni qattiq diskdan o’qib, o’zining xotiralovchi mikrosxemalarida vaqtincha saqlovchi qurilmadir. YOki boshqacha qilmb aytganda, foydalanuvchi bilan ishlovchi asosiy xotiralash qurilmasidir. Minimal hajmi (sig’imi) – 640 Kb. Zamonaviy kompyuterlarda operativ xotira hajmi 16Mb dan– 512Mb gacha boradi.
Hozirgi paytda zamonaviy kompyuterlarning tezkor xotiralariga qo’yidagi talablar qo’yilmoqda:
- ma’lumotlarni sig’dirish hajmi talab qilingan darajada katta bo’lishi;
- o’lchamlari hamda mikroprotsessorning shu xotiraga murojaat qilish vaqti iloji boricha kichik bo’lishi;
- ma’lumotlar osonlik bilan yozilishi va osonlik bilan o’chirilishi lozim.
SHuning uchun ham zamonaviy tezkor xotiralar, yuqoridagi talablarga javob beruvchi magnitlanuvchi materiallar asosida yaratilmoqda.
Zamonaviy xotiralash qurilmalari hozirgi paytda jahondagi ko’zga ko’ringan Seagate; Western Digital; Intel; Fujitsu Hyundai va Samsung kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Bunga qo’yidagi tezkor xotiralar misol bo’la oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |