16 Afina ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lgan
Afina tizimi. Afinada quldorlik tizimi o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Eradan avvalgi V-IV asrlarda sinfiy tafovutlar kuchli bo'lgan. Hunahnandchilik, savdo va fan Afinani Gretsiyaning markaziga aylantirdi. Наr bir quldor jamiyat ishlarida faol qatnashish imkoniyatlariga ega bo'lgan. Ta'lim va tarbiya tizimida Afina fuqarolarining qatnashish huquqi bo'lgan.
Afina tizimi Sparta tizimidan farqli o'laroq harbiy-jismoniy ta'lim bilan birgalikda ko'p tarmoqli targ'ibot ishlarini olib borgan. Afinaliklarning fikricha, inson har tomonlama uyg'un kamol topishi lozim edi. Bunda aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy tarbiya asosiy vosita bo'lishi talab etilgan. Bunday talab va ehtiyoj bora-bora takomillashtirilib borilgan.
Afinada bola yetti yoshgacha oilada, qullar nazorati ostida tarbiyalangan. Bu yoshda ko'proq o'yinlarga e'tibor berilgan. Keyin o'g'il bolalarni maktabga yuborishgan. Qiz bolalar esa uyda tarbiyalangan. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lganlar davlat maktabi yoki xususiy maktablarda ta'lim olishgan. Ular musiqa va gimnastika maktablari deyilgan. Ya'ni musiqa mashg'ulotlarida musiqa, raqs, o'qish-yozish bilan, gimnastika mashg'ulotlarida esa yalang'och holda kurash (palestra) bilan shug'ullanganlar. 12-16 yoshdan boshlab birinchi o'ringa gimnastika mashg'ulotlari qo'yilgan.16 yoshga to'lgandan keyin yaxshi ta'minlangan ota-onalar o'z farzandlarini gimnasiylarga berishgan.
Afinada davlat hisobida uch xil gimnasiy, ya'ni: akademiya, litsey va kinosarg mavjud bo'lgan. Bu o'quv yurtlarida yoshlar jismoniy tarbiya bilan bir qatorda siyosatshunoslik, falsafa va adabiyot fanlari bo'yicha ham ta'lim olgan.
Afinada 18 yoshli yigitlar davlat harbiy tashkilotiga - (efebiya) jalb etilgan. Ular ikki yil davomida harbiy xizmatni o'tagan. Efeblar birinchi yili, jismoniy tarbiya va harbiy tayyorgarlikdan o'tishgan. Ikkinchi yili esa qalqon va nayza bilan qurollanib, davlat chegarasini qo'riqlaganlar.
Sekin-asta jismoniy tarbiyaning pedagogik va ilmiy nazariyasi paydo bo'la boshladi. Qadimgi faylasuf olimlar — Platon, Aristotel va boshqalarning asarlarida tarbiya ta'lim tizimidagi jismoniy tarbiyaga yuksak baho berildi.
Platon (eradan avvalgi 427-347 y.y.) Afina zodagonlari vakili, faylasuf-idealist (g'oyachi) insonning ma'naviy va jismoniy sifatlari haqidagi nazariyaning asoschisidir. U Sparta tizimiga moyillik bildirib, harbiy-jismoniy tarbiyani aqliy tarbiya va ta'lim bilan qo'shib olib borishni ko'zda tutdi. Platon o'zining (davlat) asarida shunday degan: «Yaxshi gimnastika ham oddiy bo'ladi, lekin eng avvalo, harbiy gimnastika bo'lishi lozim».
Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y.y.). Yirik olim va faylasuf, Platonning o'quvchisi va Aleksandr Makedonskiyning ustozidir. Uning ta'limoti dialektika sohasida yuksak baholanadi. Chunki u shakl va mazmun birligi haqidagi g'oyani olg'a suradi. Shu bilan birga borliqning rivojlanishini isbotlaydi. Insonning ruhi va tanasi ajramlas holda bog'liq ekanligini tushuntirib beradi. Jismoniy tarbiyaning aqliy tarbiya bilan hamohangligini ta'kidlaydi.
Aristotel o'g'il bolalarni jismoniy jihatdan mustahkam qilib tarbiyalash tarafdori bo'lgan. U Platondan farqli o'laroq tarbiyada ko'proq ta'lim-tarbiyaga o'rin berishni, gimnastika mashqlari hajmini kamaytirishni taklif etadi. Chunki gimnastikada ko'proq harbiy jismoniy tarbiya va ta'lim ko'zda tutilgan va u bolalar uchun juda murakkab jarayon, deb hisoblaydi.
Demokrit (eramizdan avvalgi 460-370 y.y.). Jismoniy mashqlar insonning shakllanishida muhim o'rin tutadi, ya'ni tabiiy holatni rivojlantirishda ustunroqdir, deb ta'lim beradi.
Sokrat (eramizdan avvalgi 469-399 y.y.) aytishicha, mustahkam sog'liq ko'pgina illatlardan saqlashga kafolatdir. Qadimgi grek shifokori Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375 y.y.) ta'biri va ta'limi bo'yicha, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish turli xil kasalliklarni oldini olish (profilaktika) va davolashda muhim ahamiyatga egadir.
Qadimgi greklarda jismoniy tarbiya asosan gimnastika va agonistikadan iborat bo'lgan. Gimnastika umumiy jismoniy tarbiyada qo'llanilgan. Agonistika tizimida esa maxsus tayyorgarlik va boshqa musobaqalarda qatnashish ko'zda tutilgan. Gimnastika maxsus tizim sifatida palestrika (kurash), orxestrika (raqs) va o'ynlarni o'z ichiga olgan. Palestrika pentatlon (besh kurash: yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va lappak uloqtirish, kurash) va pankration (kurash va qo’l jangi)dan iborat bo'lgan. Shuningdek, suzish, mushtlashish, otda yurish, kamondan o'q otish va boshqalar mashqlar ham kiritilgan. Orxestrika asosan musiqa jo'rligidagi raqslardan tashkil topgan. O'yinlar esa tayoqlar, g'ildiraklar, chavgon, shar, to'plar bilan gimnastika qilishdan iborat bo'lgan.
Yuqorida ta'kidlangan turlardan Olimpiya bayramlarida (agonlarda) ko'proq foydalanilgan. Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari (agonlar). Qadimgi Gretsiyaning shon-shuhratini ko'tarishda Olimpiya va gimnastika agonlari o'rni alohida ajralib turadi.
17 Sparta ta’lim-tarbiya tizimi tahlil eting
Lakоniya (Sparta)da kеmalar to’хtaydigan qulay gavanlar bo’lmaganligi tufayli qullar mеhnatiga asоslangan dеhqоnchilik hukmrоn edi. 9 ming оiladan ibоrat bo’lgan quldоrlar 250 mingdan ko’prоq ahоliga hukmrоnlik qilardi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib оstiga оlinar edi.
Tarbiya ishlari esa davlat iхtiyorida bo’lib, uning asоsiy maqsadi spartaliklarning bоlalarini baquvvat, jismоniy sоg’lоm, bardоshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo’lajak quldоrlarni еtkazishdan ibоrat edi.
Spartaliklarning bоlalari 7 yoshgacha uyda yashar, kеyin «agеlla» dеb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga еtguncha tarbiyalanar edi. Ular «pеdоnоm» rahbarligida jismоniy sоg’lоm bo’lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sоvuqqa, оchlikka va chanqоqlikka chidashga, оg’riqqa bardоsh bеrishga o’rgatilar edi. Ta’limning asоsiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunоn tariхchisi, faylasuf оlim Plutarх Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday dеydi:
«O’qish va yozishga kеlganda bоlalarga faqat ularning eng zaruri o’rgatilar edi, tarbiyaning qоlgan qismi esa bitta maqsad: hеch so’zsiz itоat qildirishni, chidamli bo’lishni va еngish ilmini o’rgatishni ko’zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mеnsimaydigan qilib tarbiyalashdan ibоrat edi. SHu maqsadda yoshlar «Krеptiyalar»da, ya’ni kеchalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illatni (qulni) o’ldirar edilar.
YOshlarga aхlоqiy tarbiya bеrishda davlat rahbarlari maхsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga aхlоqiy va siyosiy tarbiya bеrar edilar. SHuningdеk, bоlalarni savоl-javоb jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javоb bеrishga o’rgatib bоrilgan.
Spartada 18—20 yoshga еtganda yigitlar «Efеblar» o’spirinlar guruhida harbiy хizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alоhida e’tibоr bеrilgan. Ularni harbiy va jismоniy tarbiya malakalari bilan qurоllantirib bоrilgan. CHunki erkaklar jangga kеtganlarida ular shaharni qo’riqlab, qullarni itоat saqlashini ta’minlar, ular hattо jangda ham qatnashar edilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizоm, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar edi. Qullar хususiy mulk hisоblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat barq urib o’sdi. Fan, mе’mоrchilik va haykaltarоshlik taraqqiy qildi.
Afinada eng ko’rkam va barkamоl insоn dеb ham jismоniy, ham ma’naviy jihatdan еtuk kishini o’zlarirning «idеali» dеb hisоblar edilar. Bu idеal faqatgina yuqоri tabaqali quldоrlarga хоs edi. Jismоniy mеhnat esa faqat qullarning qismati dеb hisоblanar edi.
Afinada bоlalar 7 yoshga еtguncha uyda tarbiyalanar, o’g’il bоlalar 7 yoshdan bоshlab maktabga qatnar, qizlar esa оilada оna ko’magida uy-ro’zg’оr ishlariga o’rgatilar edi. Afinada хоtin-qizlarning hayoti uy dоirasidan chiqmas, asоsan ichkarida o’tar edi.
Afinada bоlalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savоd o’rgatish ma’nоsida), «kifarist» (grеkcha musiqa o’qituvchisi ma’nоsida) maktablarda tahsil оlganlar. Bu maktablar хususiy bo’lib, o’qish pullik edi. shuning uchun fuqarоlarning bоlalari bu maktablarda ta’lim оlоlmas edilar.
Bu maktablarda «didaskоl» dеb atalgan o’qituvchilar mashg’ulоt оlib bоrar edilar. (mеn o’qitaman, dеgan ma’nоdagi «didaskо» so’zidan kеyinrоq «didaktika» — ta’lim nazariyasi kеlib chiqqan).
O’g’il bоlalarni maktabga qullardan biri bоshlab bоrar edi, bunday qul pеdagоg dеb atalar edi («pays» - bоla, «agоgеyn» - еtaklab bоrish dеgan so’zlardan оlingan). Grammatist maktabida o’qish, yozish va hisоblash o’rgatilar edi. O’qishda harflarni hijjalab o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan fоydalanganlar. YOzuvni o’rgatishda mum surilgan yaltirоq taхtachalardan fоydalanganlar. Ular ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sоnlar barmоqlar, sоpоl tоshlar, sanоq taхtasi yordami bilan hisоblaganlar. Kifarist maktabida o’g’il bоlalarga adabiy bilim va estеtik tarbiya bеrilar, muzika, ashula, dеklоmatsiyalar o’rgatilar edi.
O’g’il bоlalar 13—14 yoshga еtganlaridan kеyin palеstra («kurash maktabi») dеb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular ikki—uch yil davоmida jismоniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan, sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg’itish, suvda suzish kabilar o’rgatilardi. Palеstrada o’qish tеkin edi, shuning uchun ham yoshlarning ko’pchilik qismi palеstrada o’qish bilan chеklanib qоlar edi.
YOshlarning badavlatrоq оiladan bo’lgan qismi palеstrani tugatgach gimnasiyga (jismоniy, ijtimоiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni bоshqarishda qatnashishlari mumkin edi.
Nihоyat, Spartada bo’lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo’lgan yoshlar Efеblar qatоriga o’tib, harbiy хizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini оshirishni davоm ettirar edilar.
Ahоlining ko’pchilik qismi bоlalarni maktablarda o’qita оlmaganligi sababli ularga kasb-hunar o’rgatish оdat tusiga kirgan edi. Ayrim хat-savоdi bоr оtalar bоlalariga o’qishni o’zlari o’rgatar edilar. Bu kabi tartib davlat tоmоnidan qоnunlashtirilib qo’yilib bеchоrahоl tabaqaga mansub оta-оnalar o’z bоlalariga birоr kasbni o’rgatishga majbur edilar. Aks hоlda ularning bоlalari kеlgusida kеksayib qоlgan оta-оnalari to’g’risida mоddiy g’amхo’rlik qilishdan оzоd etilar edi. Quldоr zоdagоnlar mеhnat bilan shug’ullanuvchi erkin ahоliga nafrat bilan qarardi. Qullarni esa «gapiradigan ish qurоli» dеb hisоblar edilar.
18 Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari nimada
Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maksad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va harakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1dan, oʻrta miyonalik, moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavfxatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, S. oʻzining chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S. taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan.
Suqrot yoki Sokrat (yun.: Σωκράτης taxminan mil. av. 470–mil. av. 399) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. U falsafada toʻntarilish yasagan Suqrot metodi muallifidir. Xususan, Suqrot pedagogiyaga ham falsafiy yondashuv olib kirgan, bunda muallim oʻquvchining oʻzi eng yaxshi javobga kelishi uchun uni yoʻnaltiruvchi savol-javobga tutadi. Suqrot Gʻarb falsafasiga hamda uning asoschilari - Aflotun va Arastuga katta taʼsir oʻtkazgan, deb hisoblanadi.
19 Demokritning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari nimada
Demokrit (Demokritos) [taxminan mil. av. 460 — Abderi (Frakiya) — 370] — yunon faylasufi. Atomistik nazariya (qarang Atomizm) asoschilaridan biri. Falsafa, mantiq, fizika, mat., texnika, axloq, musiqa kabi sohalarda asarlar yaratgan. Bizgacha bularning ayrim parchalari yetib kelgan. D. taʼlimotiga koʻra, tabiat obʼyektiv ravishda mavjud. Tabiatdagi barcha narsa va hodisalar boʻlinmas zarralar — atomlardan tashkil topgan.
Atomlar eng mayda, boʻlinmas va oʻzgarmas, boqiy, moddiy zarralar boʻlib, fazoda doimo har tomonga harakat qiladi. Zarralarning har xil kushiluvidan turli narsalar vujudga kelgan. Hatto odamning joni ham eng nozik harakatchan atomlardan tashkil topgan. Atomlar hajmi, shakli, tartibi va qolati bilan bir-biridan farq qiladi; sifat jihatdan esa bir xil, yaʼni rang , hid, maza kabi sifatlar atomga tegishli boʻlmay, balki subʼyekt sezgi organlari mahsulidir. Atomlar bilan bir qatorda boʻshliq mavjud. Atomlar harakati tasodifiy boʻlmay, muayyan qonuniyatlarga boʻysungan holda boʻshliqsa sodir boʻladi. Harakatni materiyadan ajratish mumkin emas. Atomlar harakatining vaqt nuqtai nazaridan boshi yoʻq, u abadiy. D. olam cheksiz va abadiy, dunyolar vujudga kelib, yoʻq boʻlib turadi, jon ham moddiy va tana bilan birga oʻladi degan fikrlarni ilgari surdi. Bilish nazariyasida D. moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini taʼkidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini koʻrsatdi. Uningcha, sezgilarimiz (koʻrish, eshitish, maza bilish va b.) orqali olingan bilim "qorongʻi", u olamning mohiyatini ochib bera olmaydi. Aql op-kali olingan bilim "yorugʻ", haqiqiy bilimdir. Bu yerda D. hodisa va mohiyatni tushuna boshlagani, hissiy bilish bilan abstrakt tafakkurni farq qila olgani koʻrinib turipti. Lekin, u "yorugʻ" bilishni "qorongʻi" bilishdan ajratib qoʻygan. D.ning bu fikri J. Lokk tomonidan ilgari surilgan narsalarning birlamchi va ikkilamchi si-fati toʻgʻrisidagi taʼlimotning kurtagi edi. D. etikada ataraksiya taʼli-motini rivojlantirdi. D. ilgari surgan gʻoyalar uzoq yillar davomida fan va falsafa rivojiga taʼsir koʻrsatdi.
Demokrit Qadimgi Yunon faylasuflari ichida birinchi bo`lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (hatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda: «Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi, balki niyati orqali ham bilib olsa bo`ladi», deydi mutafakkir. Demokrit hayo va ishonchni insonni qing`ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta'riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumroh odamlargina o`z muvaffaqiyatsizliklarini ma'budlar, taqdir va tasodifdan ko`radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda hayotning maqsadi haqida noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgani uchun o`zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
20 Platon va Aristotilning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari nimada
Aflotun (miloddan avvalgi 427-347) axloqshunosligi uchun, aksincha, g`oyalar va ruh haqidagi ta'limotlar asos bo`lib xizmat qiladi. Aflotunning g`oyalar ta'limotiga ko`ra, bizga ko`rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo`g`i soyalar uyini, haqiqiy dunyoni ko`rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g`or devoriga kishanband qilib qo`yilgan tutqunga o`xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq esa soyalar orqasida ko`rinmaydi. Uni inson ko`rmaydi, biroq o`sha asl borliqni ko`ra oladigan mangu - o`lmas ruh mavjud. U g`oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doimo gunohkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko`pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelganda ruh (qalb, jon) g`oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tug`iladi. Insonning tug`ilishi shunday qilib, ruhning gunohga botishi barobarida voqe bo`ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g`oyalar dunyosidan bilganlarining bazilarini eslaydi va vujuddagi hayotida biror-bir davlatga sazovor yangilikni o`ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotundan so`ng ikki qadimgi yunon allomasi - Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270 yillar) axloq nazariyalari divdatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo`lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig`idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro`poda qabul qilingan) «Etika» degan nomni berdi.
Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o`g`liga bag`ishlangan «Nikomaxning axloq kitobi» va «Evdemning axloq kitobi» hamda «Katta axloq kitobi» risolalarida o`z aksini topgan. Arastu Qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bo`lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi ularoq, ruhning tug`ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (hosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo`ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik tajribakorlik topqirlik singari ma'naviy soha bilan bog`liq aqliy qismiga oid fazilatlar va ikkinchisi, ruhning intiluvchan (ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog`liq fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. «Fazilat, - deydi Arastu, - ma'lum ma'noda o`rtalikdir, zero, doimo o`rtalikka intiladi». Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo`rqoqlik orasidagi o`rtalik va hokazo. Shuningdek mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni harakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard maqsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es – hushdan va odobdan tashqarida bo`lmaydi.
Epikur esa o`z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta'kidlaydi: «Insonning biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so`zlari ma'nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan hech qanday foyda bo`lmagani kabi, ruhni (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan ham foyda yo`q.
Epikurning fikriga ko`ra, insonda tanlov ixtiyori bor. U ham Demokrit kabi ezgulik haqidagi ta'limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhimi ruhiy xotirjamlik. Do`stlaridan biriga u shunday deb yozadi: «Zarrin tushagu to`kin dasturxoning bo`lib, behalovat yashagandan ko`ra, poxol tushakda xotirjam yotganing afzal!» Fazilatlar orasida Epikur adolat bilan donishmandlikka alohida e'tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutloqlik va nisbiylik hollari mavjudligini ta'kidlab o`tadi: «Umuman, adolat hamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali hodisa; lekin muayyan mamlakatlarning o`ziga xosligi nuqtai nazaridan va shunga o`xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bo`lolmay qoladi.» Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishdan, xotirjamlikka hamda ruhning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Vaqt esa axloqiy va jismoniy sog`lomlikdan yuzaga keladi.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an'analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mutafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur axloqiy ta'limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur «Narsalarning tabiati haqida» degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta'kidlaydi, ruxning o`lishi to`g`risida fikr yuritadi, insonning o`lim qo`rquvidan xalos bo`lishida axloqiy ma'no borligini aytib o`tadi. O`lim qo`rquvidan va ma'budlar oldidagi qurquvdan xalos bo`lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql-idrok va his-tuyg`ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, ham axloqshunos faylasuf. Uning «G`azab haqida», «Shafqat haqida», «Baxtli hayot haqida» singari axloqshunoslikka doir risolalari ko`pchilikka ma'lum. Ayniqsa, «Lutsiliyga axloqiy maktublar» asari mashhur. Senekaning fikriga ko`ra, dunyo moddiy, biroq, unda «qandaydir jonli ibtido hukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi-ahamiyati yo`q. Muhimi shuki, uning yozig`i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma'nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo`qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko`radi. U o`limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o`z-o`zini o`ldirishda ko`rish, shubhasiz, u yashagan davrning g`oyatda fojialiligi bilan bogliq.
Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar; aql-idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma'budlar irodasiga qatiyan bog`liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida haqiqiy donishmandning erki shundaki, u o`ziga bog`liq bo`lgan narsalarni o`ziga bog`liq bo`lmagan narsalar bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma'nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo`lga kiritish; unga eltadigan yo`l bitta - ma'budlar irodasiga so`zsiz itoatkorlik ehtiyojda mutadillik beparvolik sovuqqon aql bilan ish ko`rish.
21 Tasavvufda ilmu-amala pedagogik mohiyati
Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar Tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Mas., Maʼruf alKarxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y.v.e.), "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd al Bagʻdodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf — qalbni sof tutmoq, tugʻma zaiflik va noxush axloqlardan forigʻ boʻlib, hayvoniy va nafsoniy tuygʻular ustidan gʻalaba qilmoq", deb taʼrif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy boʻlsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. Soʻfi Olloyor bu taʼrifni quvvatlab:Shariatsiz kishi uchea havogʻa Koʻngil berma aningdek xudnamogʻa deb yozadi. Misrlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo boʻlishi" kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta taʼrifini keltiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan gʻolda zuxd, taqvo, kamtarlik kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etib, nafsni poklash yoʻli bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iboraTasavvuf tasavvufning oʻziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. TASAVVUF istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida koʻpgina olimlar tasavvufga doir soʻzlar izohiga bagʻishlangan lugʻat va qomuslarni yozib qodsirganlar. Ulardan ayrimlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqsa. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan eʼtirof etilsada, baʼzan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlari va karomatlarini inkor etish koʻzga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406— 1480)ning "Tasavvuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya taxlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Aziz avliyolarning maqbara va mozorlarini ziyorat qilish shirk deb sanalgan. Vaholanki, ularning bu daʼvolari sharʼan asossizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |