1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Urug‘chilik davrida O‘rta-Osiyoda ta’lim-tarbiya mazmuni, metodlari qanaqa bo‘lgan



Download 331,2 Kb.
bet3/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jamiyat


7 Urug‘chilik davrida O‘rta-Osiyoda ta’lim-tarbiya mazmuni, metodlari qanaqa bo‘lgan

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parken kabi o’lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o’zbeklarning «ildizi» sanalgan sakmassagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, baxtadlar, parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi.bular hozirgi Markaziy Osiyo hududidagi xalqlarning ajdodlaridir.

Bu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topgan.

Ajdodlarimizning qadimiy madaniyatiga ta’lib-tarbiyaga oid merosi ham kiradi. Hozirgi turkiy va forsiy zabon xalqlarining bizgacha etib kelgan arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining merosi va namunalari buning dalilidir. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha etib kelmagan.

Turkiy va forsiy zabon xalqlarning turmush tarzi ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya», M. Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk» kabi manbalarida saqlangan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada rol o’ynaganligidan dalolat beradi.

Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham, insoniyat jamiyatning tarkib topishiga yordam bergan. Insonning o’z-o’zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan.

Kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan.

Qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, fazilatlari va qadimgi eposlarda o’z ifodasini topgan.

Qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch manbaga tayaniladi:

1. Xalq og’zaki ijodi materiallari.

2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

3. Arxeologik qazilma ashyolar.

Tarixchilar va pedagoglarning xabar berishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatdan uch guruhga bo’lingan.

1. Bolalar va o’smirlar.

2. Hayot va mehnatda to’la qatnashuvchilar.

3. Keksalar.

Ibtidoiy jamiyatda bolalar o’zlari uddalay oladigan faoliyatga qo’shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga o’rgangan. O’g’il bolalar ov qilish, qurol yasash bilan shug’ullanganlar, qizlar esa ayollar mehnati bilan tanishganlar.

Urug’chilik jamoasida kasb-hunarga intilish kuchaydi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga yozuvga ham o’rgana boshlaganlar. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarini oldini olish, kishilarni davolash usullariga oid bilimlarga intilish avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezildi. Dastlab sur’atkashlar rivojlanib «Piktografik xat» paydo bo’lgan, keyinchalik yozuvlar takomillashgan. Oromiy, Yunon, Xorazm, Sug’d, Kushan, Run, Uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan. Bu esa ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim rol o’ynagan.

Yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid ma’lumotlar berilgan.

Forslarning ulug’laydigan narsalaridan jasurlikdir, -deydi olim, shunga ko’ra ular ko’proq o’g’illariga ega bo’lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, har doim sovg’a salom yuborib turgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha otda yurishga, kamondan otish, to’g’rilikka o’rgatilgan. Bola besh yoshgacha otasiga ko’rsatilmagan, ayollar tarbiyasiga bo’lmagan.

O’g’il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onasiga hurmatsizlikni nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin deb bilganlar.

Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan deydi. Yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar: bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, bizning ajdodlarimiz farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir qilib tarbiyalashga e’tibor berganlar. Ayollar ham jasorat ko’rsatganlar. Plutarxning xabar berishicha, Podshoh Kir forslarni shoh Asitaga qarshi otlantirgancha ular jangda engiladilar va fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvlab shaharni egallashga yaqin qolganda ularga qarshi darvozadan ayollar chiqib shunday xitob qiladilar: «Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisiz? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysiz-ku?» Forslar ayollarning bu hayqirig’idan ta’sirlanib, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni uloqtirib tashlaydilar.

Bu hodisaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: bu shaharga agar qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilinsin.

Qadimgi Samarqandda ta’lim-tarbiya yaxshi tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar bor. Samarqandda o’g’il bolalar besh yoshga to’lgach, unga savdo ishlari o’rgatilgan, o’qishni o’rganishi bilan savdo ishiga o’rgatila boshlangan.

Boshqa bir tarixchi Samarqand aholisining axloqiy va xulq odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini qayd qiladi.

Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlar xalq og’zaki ijodi namunalari-afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda o’z ifodasini topgan.

Epik rivoyatlarda ajdodlarimizning vatanparvarlik kurashi o’z ifodasini topgan. Jasurlik, kuchlilik, mardlik, qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo’lgan fazilat sanalgan.

.Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.

Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.

Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.

Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: YE.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.G’afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
8 Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida O‘rta Osiyo qadimgi madaniyati o‘chog‘i ekanligi qanaqa baho berilgan

0 ‘rta Osiyo tarixiy vaqealarga g‘oyat boy, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo‘shganlar. 0 ‘rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir. Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o‘tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar siyosat qurboni bo‘ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. 0 ‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko‘rk bag‘ishlab turgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, vatanimizning shonli tarixi to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.



IX-XII asrlarni Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlari «Renessans» (Uyg‘onish) davri deb ataydi. Ma’naviyat va ma’rifatning g‘oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterlidir. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqdi. Dunyoviy fanlar tez sur’atlarda taraqqiy etdi. Tarjimonlik faoliyati rivojlandi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xorun ar Rashid (813-833-yy.) davrida Bog‘dodda «Baytul-hikmat» (Donishmandlar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, alkimyo va ilitii nujumga oid asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunga Markaziy Osiyodari yetishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Ahmad ibn; Abdulloh Marvaziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo‘shganlar. Renessans - Uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilishi bamisoli uning qayta uyg‘onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1. Madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti. 2. Yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish. 3. Astronomiya, matematika, mineralogiya, jo‘g‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji. 4. Uslub (metodologiya)da ratsionalizm, mantiqning ustunligi. 5. Insoniy do‘stlik, yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi. 6. Falsafaning keng darajada rivoj topishi. 7. Adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi. 8. Bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. 0 ‘rta Osiyoning ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi boiib kelgan. 0 ‘rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar Muso Muhammad AlXorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolaming nomi bilan bogiiq. Muhammad Al-Xorazmiy (783-850-yy.) ga dastlabki buyuk shuhratni «Hisob al-Hind» («Hind hisobi») nomli risolasi olib keldi.

Mazkur risolada jahon fani tarixida birinchi marta o‘nlik sistema va uning amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Al-Xorazmiy tomonidan «0» (nol raqam)ning kashf qilinishi insoniyat ilmiy tafakkurining beqiyos ulkan yutug‘idir. Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan «Hisob al-Hind» kitobida eng muhim oltita arifmetik amallar - qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, darajaga ko‘tarish va kvadrat ildiz chiqarish kabilar ishlab chiqilgan va uning uslub va qonunlari kashf etilgan edi. Al-Xorazmiyning yana bir buyuk xizmati algebra fanini kashf etganidir. Algebraning mustaqil; fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi Al-Xorazmiy faoliyati bilan bog‘liq. «Algebra» atamasining o‘zi Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan («Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob») nomli risoladagi «aljabr» so‘zining lotincha talaf&z ifodasidan kelib chiqqan. Algoritmlar nazariyasini ham Al-Xorazmiy nomi bilan bogianganligi, hatto «Algoritm» atamasi ham lotincha ifoda etilgan «Dixi Algoritmik» (dediki Al-Xorazmiy) so‘zidan kelib chiqqanligini hech kim inkor etolmaydi. «Algoritm» tushunchasi hozirgi zamon kibemetikasi, EHM (elektron hisoblash mashinasi) va hozirgi zamon informatsion texnologiyasi hamda jarayonlarining asosiy kategoriyasiga aylandi. Muhammad Al-Xorazmiy «Hisob al-Hind», «Ziji Xorazmiy», «Astrologiya bo‘yicha risola», «Quyosh soati haqida risola», «Yerning shakli haqida kitob», «Trigonometrik jadvallar», «Musiqa bo‘yicha risola», «Tarix haqida» va boshqa asarlarning muallifi. Ahmad al-Farg‘oniy (798-861-yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Ahmad aI-Farg‘oniy jadvali», «Usturlab bilan amal qilish haqida» kitob, «Usturlab yasash haqida» kitob, «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob» va boshqalar. Ahmad al - Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari» kitobi o‘sha davr astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo‘lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‘p asrlar davomida Yevropada astronomiya bo‘yicha qo‘llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. Ahmad al-Farg‘oniy o‘z asarlari, ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi. U quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Yeming sharsimon ekanligining kashf etilishi olimga katta shuhrat keltiradi. 1998-yil YUNESKO tomonidan alloma tavallud topganligining 1200 yilligi keng nishonlandi. Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikr rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950-yy.) tasavvur etish qiyin. U «Sharq Aristoteli», «Ikkinchi muallim» degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Sharqda qadimgi Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotelni «Birinchi muallim» deb yuritilgan. Farobiy 70 dan ortiq til bilgan qomusiy olim. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 dan ortiq bo‘lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin. 1. Qadimiy Yunon faylasuflari va tabiatshunoslari Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalaming ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar. 2. 0 ‘rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Bu borada Aristotelning «Metafizika» kitobining maqsadi to‘g‘risida», «Osmon sistemasi» kitobiga izoh», «Etika kitobiga sharx», «Qonunlar haqida kitob», «Bo‘shliq haqida kitob», «Musiqa haqida so‘z», «Falsafani bilishdan oldin nimalami bilish kerakligi to‘g‘risida», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Inson a’zolari haqida risola», «Donolik asoslari», «Mantiq ilmiga kirish», «Aql to‘g‘risida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa asarlarini ko‘rsatish mumkin. Farobiyning fikricha, inson va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qoiga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko‘tarilishi inson va jamoatning o‘z qo‘lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo‘ladi. Fazilatli shaharlarda ilm, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o‘rinda boimog‘i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat yetuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig‘i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qarovchi, adolatni yaxshi ko‘ruvchi va adolat uchun kurashuvchi boiishi kerak deb aytadi. Farobiy insonning kamoloti uchun xizmat qilgan, xayr - ehsonli ishlar, go‘zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega boimaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb hisoblaydi va kishilami undan ogohlantiradi. Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb-hunar va ilmlarni o‘zlashtirish, ma’rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi. Abu Nasr Farobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri» kitobida inson takomilini to‘rt bosqichga bo‘ladi. 1. Ilk bosqichda inson qalbi guyoki o‘rmon bo‘lib, unda g‘azab, yolg‘on va jaholat hukmron bo‘ladi. 2. Komillik yo‘liga kirishga ahd qilgan insonda o‘zini-o‘zi anglashga qat’iy urinish ehtiyoji tug‘iladi. Tinimsiz mehnat natijasida inSon takomilining ikkinchi bosqichiga ko‘tariladi. Bu davrda o‘zini tiya bilish va adolat kabi xususiyatlami asosiy mezonga aylantiradi. 3. Inson takomilining uchinchi davri ijodiy davr hisoblanib, unda mustahkam bilim, e’tiqod, o‘zgalarni tushunish ustuvor mavqe kasb etadi. 4. Inson komillik sari intilar ekan, o‘z takomilining to‘rtinchi davrida donolik, faylasuflik maqomiga erishadi. Bu davrda uning adolati va muhabbati ham mukammal darajaga yetadi. Muhimi, u nafaqat o‘zini, balki boshqalami ham baxt-saodat sari yetaklay oladi. Abu Nasr Farobiyning fikricha, inson o‘z-o‘zidan baxtli bo‘la olmaydi, u baxtli boMishi uchun jamiyat unga ma’naviy unsurlarni taqdim qilib berishi kerak. Buning uchun avvalo odamlarni axloqiy jihatdan fozillashtirish darkor. Demak, odamlarni fozillashtirish uchun quyidagilarni bilish lozim: 1. Kishini tuyg‘u quvvati oziqlantiradi va tuyg‘u xayol surishiga turtki beradi. 2. Xayol tafakkurni hosil qiladi. Kishilardagi eng birlamchi quvvat - tuyg‘udir. Tuyg‘usi o‘lgan kishi axloqiy-ruhiy jihatdan rivojlanmaydi. Shu sababli Farobiy tuyg‘u xayolning, xayol tafakkurning manbayi ekanligini uqtiradi. Odamlar o‘z tuyg‘ularini avaylashi kerak, bu bilan xayol surishga yo‘l ochiladi, xayol tufayli fikrlash va anglash kelib chiqadi. Farobiy bu uch tuyg‘udan tarbiyalashni uqtirgach, endi qalb va miyani tushuntiradi. Qalb badanning hech bir a’zosiga bo‘ysunmaydi, miya ham shunday, lekin u faqat qalbga bo'ysunadi. Chunki qalb tuyg‘ular, hislar va sezgilar makoni bo‘lishi bilan insonning butun vujudini boshqaradi va miya ham undan quvvat oladi.
9 “Avesto” kitobida ta’lim-tarbiya mazmuni metodlari qanday ifodalangan

O’quvchilarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalashda tarixiy manbalar, «Avesto» va Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti hamda Ma’mun akademiyasi allomalari ijodidagi pedagogik fikrlar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham pedagogika tarixi kursini «Avesto»dagi o’quvchilar ma’naviy sifatlarini tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’lumotlar bilan boyitish maqsadga muvofiqdir. «Muhtaram Yurtboshimiz I.A.Karimov davlatchiligimizning barcha bosqichlarini chuqur, ilmiy asosda o’rganish masalasini muttasil ravishda ilgari surib kelmoqda. Chunonchi, Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishuv asnosida tarixchi va arxeolog olimlar diqqatini qadim Qubo davlati tarixini chuqur o’rganishga jalb etish barobarida qadim Xorazm davlati haqida ham to’xtalib o’tdi: Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo’ldi. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi xujjatdirki, uni hyech kim inkor etolmaydi». 2001 yil oktyabr oyida muqaddas kitob Avesto yaratilganligining 2700 yilligi butun dunyoda nishonlandi. Bu tadbir ham ajdodlarimizga bo’lgan hurmat va e’tiborning bir belgisidir. So’nggi yillarda H.Homidov, S.Hasanov, J.Yo’ldoshev, S.Nishonova, O.Musurmonova, N.Maxmudova «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarning ayrim qirralari haqida fikr yuritdilar, tadqiqot ishlari olib bordilar. N.Mahmudova «Avesto»da ta’limiy-ahloqiy qarashlar, ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalarini tadqiq etgan. Ko’rinib turibdiki, «Avesto»ning barcha qismlari uchun xos bo’lgan 15 ma’naviy sifatlarni va ma’rifiy g’oyalarni tadqiq etish hamda yoshlarda ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda ulardan foydalanish masalasi bugungi kunga qadar yetarlicha o’rganilmagan. «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan, biroq ularning ko’pchiligi yo’qolib ketgan. Uning eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, u Kopengagenda saqlanadi. «Avesto» qadimgi Erok tillari guruhidagi tillarning qadimgi yodgorliklari bo’lib, unda insonlarning orzu-istaklari, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi munosabatlar ifoda etilgan. «Avesto» qadimiy ajdodlarimizning ijtimoiy–falsafiy va ma’rifiy fikrlar yodgorligi sifatida o’tmish tariximiz, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizni o’rganishda, bugungi kunda o’quvchilar ma’naviy sifatlarini tarbiyalashda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan qismlari «Yasna», «Yasht», «Visprad», «Vendidod» deb nomlanadi. «Avesto»da jami 22 mashhur «Yasht» bo’lib, ular hajmi, yozilish davri, adabiy va tarixiy–madaniy, pedagogik qimmati, ahamiyatiga ko’ra turlicha qo’shiqlardir. «Avesto» - insoniyatning moddiy, ma’naviy, pedagogik boyligi sifatida juda katta ta’lim-tarbiyaviy qimmatga ega. Zardushtiylik evolyusiyasi uch bosqichga bo’linadi: Birinchi bosqich - «Avesto»ning eng qadimgi qismi «Yasht»larda jamoa tuzumi qabilalari e’tiqodi aks etgan. Ularning kelib chiqishi, aftidan, e.a. 3 ming yilikka to’g’ri keladi. Ular mazmunida tabiat kuchlarini ilohiylashtirishdan iborat ko’p xudolilik kuzatiladi. Ikkinchi bosqich – «Gota»lar, ularda yagona iloh Axuramazda haqidagi ta’limot yoritiladi. Uning haqidagi ta’limot Zardushtga tegishli deb, qaraladi. Uchinchi bosqich - ko’p xudolilik («Yasht»lar) va yakka xudolilik («Got»lar) o’rtasidagi kurash natijasida, e.a. V asrda Mazda yasna deb nom olgan, yuksak e’tiqod yuzaga keladi. U «Avesto» diniy ta’limotida uchinchi va asosiy bosqich sanaladi. «Avesto»da hikoya qilinishicha, ko’plab yaxshi odamlar bo’lgan, bir xil huquqqa ega bo’lishgan, baxtli, yaxshi xulqi bilan hamma bir–biriga namuna bo’lgan, bir so’z bilan aytganda, «oltin asr»da yashagan. 16 Shunday qilib, «Avesto» ming yillar davomida yaratilgan va O’rta Osiyo, Yaqin Sharq va O’rta Sharq xalqlari madaniy hayotining ko’plab tomonlarini o’zida aks ettirgan yozma yodgorlikdir. «Avesto»ning saqlanib qolgan qismi Ashokidlar (e.a. III asr) davrida to’plangan. Unda ijtimoiy–iqtisodiy hayot, davlatchilikning yuzaga kelishi, siyosiy–huquqiy fikrlar, falsafiy – ma’naviy qarashlar va e.a. I - asr o’rtalari va II-asr yarmi O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq xalqlari dunyoqarashining yuzaga kelishi aks etgan. «Davlatchilik tarixi mavzusi haqida so’z ketganda I.Karimovning o’zbek davlatchiligi tarixining obro’-e’tiborini o’z o’rniga qo’yishda, uni yuzaga chiqarish bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, 1997 yili Xiva shahrining 2500 yilligini nishonlash kunida Islom Karimov o’zbek davlatchiligi 2700 yillik tarixga ega ekanligini butun dunyoga rasman e’lon qilgan birinchi olim va milliy rahbar bo’ldi. Bu bilan davlatchiligimizning tarixiy ibtidosi masalasiga uzil-kesil ravshanlik kiritildi» . «Avesto»da barqaror markazlashgan boshqaruvchi yirik siyosiy birlashmalar tuzish, kuchli hokimiyat, ma’rifat va Axura Mazda qonunlari bo’yicha boshqariladigan jamiyat va xalq manfaati ustida qayg’uradigan hukmdor nomi ilgari surilgan. «Avesto» bugungi kunda ham yoshlar uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qiladi. «Avesto»da jinoyatlar turi olti guruhga tasniflangan: birinchi guruh – dinga qarshi, ikkinchi guruh – shaxsga qarshi, uchinchi guruh – jonivorlarga qarshi, to’rtinchi guruh – mulkka oid, beshinchi guruh – tabiatga qarshi va eng muhimi, oltinchi guruh – ma’naviyatga qarshi jinoyatlar farqlangan. Buni bilish o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. «Avesto»da har qanday axloqsizlik va g’ayritabiiy xatti–harakatlarga yo’l qo’yib bo’lmasligi ta’kidlanadi. Gomoseksualizm, fohishabozlik, turmush o’rtog’iga xiyonat qattiq qoralangan. Besoqolbozlik eng og’ir va eng jirkanch jinoyatlardan biri sanalib, qatl jazosi ko’zda tutilgan yagona ma’naviy jinoyatdir. «Avesto»da fohisha bilan yashash ma’naviy jinoyat ekani alohida uqtiriladi. Bu kabi jinoyatlar sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtiradigan, balki bola tug’ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasl 17 pokligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan turmush o’rtog’iga xiyonat ham kiritiladi. Begona ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko’rish qat’iy taqib ostiga olinganki, ushbu qarashlar bugunki kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800 zarba berib jazolangan. H.Homidov talqini bilan aytganda, «eru xotinning bir-biriga xiyonati qattiq la’natlangan. Begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun «harom» deb hisoblangan».

10 O‘rxun-Yenisey yodgorliklari xalqning madaniyati tarixi manbalari ekanligini tushuntiring

To’nyuquq bitigtoshi to’g’risida
Mazkur obidalarning topilishi O'rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog'liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo'g'ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Kavkaz, Volga- bo'vi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan bo'lsa-da, tarixda bu nom muqim o'rnashib qoldi.

O’rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.

Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan — Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O’rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg'oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi.

Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o'qish, o'rganish muammosi ko’ndalang bo'ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo'lidan kelmadi. Nihoyat, 1893- yildagina ularni o'qish uchun dastlabki qadam qo'yildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni o'qidilar.

Shundan so'ng ularni jiddiy o'rganish boshlandi.

O'rxun-Enasoy obidalari «tosh bitiklari» deb ham yuritiladi.. Buning sababi ko'pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o'yib yozilganidadir.

Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar: O'rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko'pgina joylaridir. Shunga ko'ra ularning Mo'g'uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stokgolm), O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda saqlanishi kuzatiladi.

Ma'lumki, turkiy xalqlar o'z davlatiga ega bo'lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O'rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O'rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo'lgan ulkan hududda o'z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI—VIII asr voqealarini aks ettiradi.

V—VI asr o'rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan.

Bu mamlakat O'rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o'lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi «Buyuk ipak yo'li»ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo'lgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545- yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VI11 asrgacha hukmronlik qildi.

Tosh bitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o'ziga xos badiiy solnomasidir. Ularning hajmi anchayin ulkan. Jumladan, «To'nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897- yili Shimoliy Mo'g'ulistonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo'lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.

«Kultegin» bitiktoshi marmardan, ishlangan, balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo'lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N. M. Yadrinsev (1842-1894) 1889- yili Mo'g'ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Ko'kshin-O'rxun daryosi qirg'og'idan topgan. U Ulan-Batordan 400 km janubda, Qora Balg'asun shahri xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Yozuvlar o'ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan.

«Bilga xoqon» bitigini ham N. M. Yadrinsev topgan. U Kultegin bitiktoshidan 1 km janubi-g'arbga o'rnatilgan. Uning bo'yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm, bitiktosh ag'darilib, uchga bo'lingan va ayrim satrlari nurab, yozuvlari

ham zarar ko'rgan. U 80 satrdan iborat. «Bilga xoqon» bitiktoshida «Kultegin» bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan.

Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o'rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovlardan keyin S. H. Malov, S. G. Klyashtorniy, I. V. Stebleva, H. O'rxun, I I Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, o'zbek olimlaridan A.Rustamov, G'.Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o'rganishgan.

Yodgorliklar hozirgi o'zbek tiliga bir necha marotaba o'girilgan. A. P. Qayumov «Qadimiyat obidalari» kitobida, G’.Abdurahmonov va A. Rustamovlar «Qadimgi turkiy til» kitoblarida o'sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan.

Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog'ozga, turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, «lrq bitigi» («Ta'birnoma») qog'ozda yozilgan. Uni vengr olimi A. Steyn Sharqiy Turkistondagi Dunxua manizilidan topgan (1907- yil).

Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo'lgan qoyalardagi yozuvlardir.

Shuningdek, kumush ko'zachalarga yozilgan runiy yozuvlari Sibir o'lkasidan ham topilgan. ErmiTaj (Sankt-Peterburg)da saqlanayotgan 2 ta ko'zacha shu haqda ma'lumot beradi.

Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud,

Oyna, qayish to'qasi, qog'ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko'p.

Turfon (Sharqiy Turkiston)dan Le Kok tomonidan topilgan runiy yozuvlar orasida cski fors tilidagi bitiklar ham mavjud.

Vena (Avstriya) muzcyida saqlanayotgan oltin idish- tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo'lib, ular bajanaq(pecheneg) tilida yozilgan.

Yog’ochga yozilgan run bitiklari namunalari Ermitajda saqlanadi,

Yodgorliklar qaysi mavzularda bahs yuritadi? Bu mavzularning badiiy tahlili qay tarzda kechadi? Ularning ahamiyati nimada?

So'zni «To'nyuquq» bitiktoshidan boshlaylik. To'nyuquq — shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo'lgan.

To'nyuquq: «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitikni yozdirdim»- deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o'g'li edi.

Bitiktoshdagi voqealar To'nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men — Dono To'nyuquq erurman. Tabg'ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi tabg'ach davlatiga bo'ysunar edi...»

So'ng turkiylarning o'z erkini qo'ldan berib qo'yishlarining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o'zibo'larchilikka, beparvolikka yo'l qo'ydi... o'zining xoni bilan birga bo'lmadi».

Mustamlaka azobi, o'zga xalqlar yetkazgan zulm yodgorlikda qisqa va lo'nda, ammo nihoyatda ta'sirchan tarzda ifodalanadi:

«...Tabg'achga taslim bo'lganligi uchun tangri, o'l degan shekilli, turk xalqi o'ldi, yo'q bo'ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug' qolmadi».

Ana shunday musibat xalqning birlashmog'ini, yakdillik bilan harakat qilmog'ini taqozo etar edi. Yodgorlikda To'nyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchisi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo'ladi.

U yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri edi.

To'nyuquq Bo'gu Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt „ osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o'tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.

Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida To'nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo'lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur'at, ba'zan nihoyatda keskinlik, cho'rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko'rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo'ladi. («Xoqonim muvaffaqiyat qozongani uchun, men o'zim muvaffaqiyat qozonganim uchun davlat ham davlat bo'ldi, xalq ham xalq bo'ldi, o'zim chol bo'ldim, ulg'aydim».)

To'nyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytda o'z atrofidagilarning mustahkam jipsligini ta'minlaydigan, yagona maqsad yo'lida xalqni birlashtirishning uddasidan chiqadigan boshliq sifatida ham namoyon bo'ladi.

U odamlarning ko'nglidan kechayotgan o'ylarni nozik darajada his etadi. Shu bilan birga, ularning qalblariga ta'sir etish yo'llarini ham yaxshi biladi. Shunga ko'ra, u Vatan va yurt taqdirini, xalqining kelajagini o'z qardoshlariga buyuk xavotir bilan yetkazganida oz sonli qo'shini harakatga keladi. Natijada ko'p sonli dushman tor-mor bo'ladi.To'nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o'z vatani, xoqoni, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o'zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.

Hatto dushmanning «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi donishmand ekan» degan bahosida ham shu ruh mavjud. To'nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog'i to'q edi» jumlasi orqali ifodalangan.

Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To'nyuquq «tun uxlagim kelmadi, kunduz o'tirgim kelmadi» deb nido qiladi. Bu o'rinda uning o'z taqdirini xalq bilan yaxlit holda tasavvur qilishini yaqqol ko’ramiz.

To'nyuquq ma'naviyatidagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: «Bu turk xalqiga qurolli dushimanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim».

To'nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar bo'lishiga qaramay, unda hayot haqiqati, tarixiy haqiqat o'z aksini topgan.

Turkiy qabila va elatlarning o'zaro talashib-tortishishlari ham, tashqi dushman bilan bo'lgan ayovsiz kurashlar ham aslida tarixiy haqiqatdir.

Eltarish, Bo'g'u, Bilga xoqonlar ham tarixiy shaxslardir. Asardu tilga olingan ko'plab qabila, urug'lar tarixda mavjud bo'lgan, ularning bir qismi hozir ham alohida xalqlar va millatlar tarkibida yashab kelmoqda.

Yodgorlikda murojaat, undov, chaqiriq yetakchilik qiladi. To'nyuquq tabiatida tushkunlik, ikkilanish mutlaqo ko'rinmaydi. Uning harakatlarida, so'zlarida o'ziga hamda butun xalqiga buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu holat uning g'alabalariga asosiy omil bo'ladi.

«To'nyuquq» bitiktoshi — kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda o'ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning o'zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to'laligicha amalga oshgan.

Yodgorlikning til xususiyatlari e'tiborga loyiq. U VIII asrdagi adabiy til namunasidir. Asar tilidagi ko'plab so'zlar hozirgi o'zbek tilida aynan qo'llaniladi. Bir qism so'zlarda ozgina tovush o'zgarishlari yuzaga kelgan, yana bir toifa so'zlar esa bugungi iste'moldan chiqib ketgan.

Yodgorlikda o'rni-o'rni bilan so'zlarning ko'chma ma'nolarda qo'llanishi seziladi. Shuningdek, majoz, matal, maqollardan foydalanish kuchli:

«Tabg'ach, O'g'uz, Xitoy — bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining ich-u tashini — mol-u jonini topshirgan kishiday bo'lamiz. Yupqa yig'in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig'in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo'lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo'g'on bo'lsa, uzadigan bahodir emish».

Asarda oltinga «sariq», kumushga «oq», tuyaga «egri» singari epitetlar — sifatlar qo'llangan. Undagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir. Alliteratsiya — tovushlar uyg'unligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Unda unli va undosh tovushlar
takrorlanishi mumkin.O'ngra qitaynyig' O'lurtachi terman, Bani O'g'uzug' O'lurtachi— o'q terman.So'z takrori ham yodgorlikda ko'p uchraydi:

Tabg'ach qag'an yag'imiz erti O'n o'q qag'ani yag'imiz erti.

Asardagi o'ziga xos tasvir usullaridan yana biri voqea- hodisalarga muayyan yondashish bilan izohlanadi. Ko'pincha bir necha voqea-hodisalar yoki ular bilan bog'liq detallar ketma-ket sanaladi:

«Turk budun o'lti, alqinti, yo'q boidi». Bu yerdagi ketma-ket sanoq voqea zamiridagi dahshatli musibatni, kuchli fojiani juda yorqin namoyon etadi. Yoki:

«Tabg'ach, bardanayin teg. Qitayn, o'ngdalayin teg. Ban yirdantayin tegayin». (Tabg'ach, sen o'ngdan hujum qil! Xitoy, oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!)

Bu o'g'uzlar orasidan kelgan kuzatuvchi nutqidan parcha. U o'g'uzlar fikrini ifodalamoqda. Bu yerdagi sanoq dushman tomonidan solinayotgan tahdid va xavf-xatar doirasining nechog'lik kattaligini tasavvur etishga imkon beradi.

Bularning hammasi To'nyuquq bitiktoshining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug'orilgan qadimiy nodir badiiy asar ekanligini yana bir marta tasdiqlab turadi.

O'rxun-Enasoy obidalarining asosiy qismi turkiy xoqonliklar tarixining badiiy solnomasidir. Ularning dastlabkilari yuqorida aytilganidek. qabrlarga qo'yilgan toshlardan iborat bo'lgan. Masalan, «Bilga xoqon» bitigi ham Yo'llug'tegin qalamiga mansub. Bitikda «Kultegin» va «To'nyuquq» obidalariga xos bo'lgan an'ana — qahramonlik va vatanparvarlik g'oyasini ulug'lash asosiy o'rin tutadi. Yodgorliklarda inson shaxsi va ayniqsa, uning erki bilan bog'liq

masalalar teran badiiy tahlil qilingan.

Bitikdagi voqealar Bilga xoqonning yoshiga bog'liq holda davriy izchillikda ifodalangan. Qahramon o'n yetti, o'n sakkiz, yigirma ikki, yigirma olti, yigirma yetti, o'ttiz, o'ttiz bir, o'ttiz uch. o'ttiz to'rt, qirq yoshidagi voqealarni eslatadi. Aslida bu voqealar butun boshli bir xalq turkiylar tarixidagi nihoyatda jiddiy burilishlar haqida hikoya qiladi.

Voqealar Bilga xoqonning o'n yetti yoshida tang'ut tarafga lashkar tortishi bilan boshlanadi. Mana g'alaba ifodasi: «Tang'ut xalqini yengdim, o'g'lini, bor narsasini, yilqisini, mol- mulkini oldim".

Bu Bilga xoqonning dastlabki g'alabasi edi. Matn mavzusi harbiy sohaga aloqador. Shuning uchun asosiy fikr davlat, qo'shin, harbiy salohiyat ustida boradi.

Yodgorlikda turli- tuman joy, qabila nomlari tilga olingan.Bular matnga haqqoniylik, rostgo'ylik ruhini singdirib turadi, so'zlovchining fikrlarini dalillaydi. Matnda olti chub sug'dak xalqi. tabg'ach, basmil, idiqut, chik xalqi. qirg'iz, qorluq, to’qqiz o'g'uz, turk tatabi — turgash kabi qabila va urug' nomlari; Bo'luchi, Beshbaliq, Tamg'uduk bosh, To'g'u baliq, Antarg'u, Chush, Azganti kadaz, Mag'i Qo'rg'on, Idarbosh, Ko'gman yish, So'nga yish, Oltin yish singari joy nomlari; Kam, Irtish, Tug'la (To'li) singari daryo nomlari uchraydi.

Bular aslida tarixan mavjud nomlardir. Ana shu holat yodgorlikni tarixiy uslubda yaratilgan asarlar sirasiga kiritish mumkinligiga dalolat beradi.

Asarda alohida badiiy tafsilotlarni qatorlashtirish, muallif nutqida sanoq ohangi yetakchilik qiladi.

Masalan, qabila nomlari (basmil, idiqut),muqaddas tushunchalar (tangri, muqaddas yer-suv, otam xoqon ruhi), qarindoshlik atamalari (bolasini, bekasini), kishi tanasining a'zolari (sochini, qulog'ini, yonog'ini kesdi) va boshqalar.

Bilga xoqon obidasida ham — parallelizmlar, qiyoslashlar asosiy o'rin tutadi.

«Yigirma ikki yoshimda Tabg'ach tomon lashkar tortdim. Chacha sangunning sakkiz tumanlik qo'shini bilan urushdim. Qo'shinini o’ldirdim». (Qadim Yaponiyada ham So'g'un — samuray, bahodirlik unvoni — tahr.)

«Yigirma olti yoshimda chik xalqi qirg'iz bilan dushman bo'ldi. Kam daryosini kechib o'tib, qirg'iz tomon lashkar tortdim. O'rnandajang qildim. Qo'shinini tor-mor qildim. Az xalqini taslim etdim».

«Yigirma yetti yoshimda yana qirg'iz tomonga lashkar tortdim. Nayza botimi qorni yorib, Ko'gman (Sayan) yishga ko'tarilib, qirg'iz xalqini uyquda bosdim. Xoqoni bilan Sunga yishda jang qildim. Xoqonini o'ldirdim. Davlatini o'shanda oldim. O'sha yili Turgash tarafga, Oltin yishni oshib o'tib, Irtish daryosini kechib, yurish qildim. Turgash xalqini uyquda bosdim. Turgash xoqonining qo'shini o'tday, bo'ronday keldi.

Bo'luchida jang qildik. Xoqonni, yabg'usini, shadini o'shanda o'ldirdim. Davlatini o'shanda oldim».

Uchta parcha matnda ketma-ket kelgan. Ular yigirma ikki, yigirma olti hamda yigirma yetti yosh bilan bog'liq.

Ulardagi voqealar tizimini guruhlash mumkin:

a) qahramonning muayyan yoshi;

b) voqea sodir bo'lgan joy;

d) voqeaning mohiyati;

e) natija.

Dastlabki parchada bu 22 yosh bilan bog'liq, voqea sodir bo'lgan joy esa tabg'achlar tomoni. U yerda Chacha Sangun degan mashhur sarkarda bilan jang qilinishi voqea mohiyatini anglatadi. Natija esa qo'shin bilan urushib, uni o'ldirish bilan yakunlangan.Keyingi bosqich yigirma olti yosh bilan aloqador. Bu yerda voqea sodir bo’lgan joy Kam daryosidan keyingi Urpandir. Voqea mohiyatini jang tashkil qiladi. Natija ham o'xshash: qo'shin tor-mor qilingan, Az xalqi taslim bo'lgan.

Oxirgi parcha ham xuddi shu xilda tuzilgan. Faqat tafsilot anchagina kengaytirilgan. Voqea mohiyati va natijaga ko'proq e'tibor berilgan.

So'zlar takrori yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biridir:

Men o 'n to 'qqiz yil shad bo 'lib turdim, O'n to'qqiz yil xoqon bo'lib turdim, Davlatni tutib turdim.

Shu misolimizda o'n yettita so'z ishtirok etgan bo'lsa, ulardan oltilasigina bir martadan qo'llangan, xolos. Ammo so'zlar takrori matnda g'alizlik tug'dirmagan, aksincha, muallif fikrining ta'kidlanishiga, alohida urg'u bilan ko'rinishiga yordam bergan, Bularning barchasi yodgorliklarning juda katta ma'rifiy hamda badiiy- estetik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatib turibdi.


11 Qadimgi Hindistonda ta’lim-tarbiya va fan taraqqiyoti qanday bo‘lgan

Hindular hayotning to'rt bosqichi tushunchasiga ko'ra - ashramso'quv muddati, brahmacharya, inson hayotining asosiy bosqichlaridan biri bo'lib, uni to'g'ri amalga oshirishsiz inson hayotda ro'y bera olmaydi va o'z taqdirini o'zi bajara olmaydi.

Bevosita o'qituvchining uyida joylashgan monastirlarda guru  qadimiy hind maktablari chaqirilgan gurukul, yuqori sinf o'quvchilari hinduizm va falsafa asoslarini, Ayurveda va munajjimlikni bepul o'rganishdi, Ramayana va Mahabxarata-dan ulkan parchalarni yodladilar, sanskrit mumtoz adabiyoti va davlatchilik san'ati bilan tanishdilar, shuningdek, qurol-yarog 'ko'nikmalariga ega bo'ldilar. Guru shogirdlariga ikkinchi tug'ilishni beradi, shuning uchun uni ota-onasi bilan birga hurmat qilish kerak, deb ishonishgan. Trening oxirida talabalar o'qishni tugatishi kerak edi guru dakshin, o'qituvchiga minnatdorchilik marosimi bo'lib, u guruga qimmatbaho sovg'alar yoki pullarni taklif qilish, shuningdek, uning irodasi shubhasiz bajarilishidan iborat bo'lishi mumkin.

Universitetlar tizimi qadimgi Hindistonda ham rivojlangan bo'lib, ular orasida Taksashil (Taxil) (ba'zi sanalarga ko'ra miloddan avvalgi V asr, hozirgi Pokiston nazarda tutiladi) va zamonaviy Bihar hududidagi Nalanda universiteti (5-asr) ni ajratish mumkin. AD).

Hindistonning qiyin tarixi ta'lim an'analariga ta'sir qilishi mumkin emas edi. Va bugungi kunda dunyoviy, davlat va xususiy, pullik va bepul maktablar bilan bir qatorda ibodatxonalarda yoki alohida joylashtirilishi mumkin bo'lgan ko'plab diniy ta'lim muassasalari mavjud - hindular. ashramsMusulmon madrasaSix gurudvar, Xristian mehmonxonalari. Hindistonda Britaniya hukmronligi davrida, maktab va undan yuqori bo'lgan ingliz ta'lim tizimi keng tarqalib, 1830 yillarda faol joriy etildi. lord Tomas Bebington Makolay tomonidan boshlangan. 1913 yilda Rabindranath Tagore tomonidan olingan adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti buyuk shoirga Shantineketandagi qishloq bolalari uchun ilgari qurgan maktabni Hindistonning birinchi bepul universitetiga aylantirgan va shu kungacha uni davom ettirmoqda.

Mustaqil Hindistonda ta'lim tizimi uchta asosiy bosqichdan iborat: boshlang'ich (hamma uchun majburiy, 6-14 yoshdagi bolalarni qamrab oladi), o'rta (majburiy imtihonlar ikki darajaga, 2 va 2 yoshga bo'lingan, 14-18 yoshdagi bolalarni qamrab oladi) va eng yuqori. Ta'lim tizimini boshqaruvchi davlat organlari oldida turgan asosiy vazifalar - boshlang'ich ta'limning umumiy tarqalishi, jinsidan qat'i nazar, barcha ijtimoiy sohalar vakillari uchun kadrlar tayyorlash imkoniyati, shuningdek boshlang'ich va o'rta ta'lim sifatini oshirish. Ta'limni davlat va mintaqaviy tillardan birida olish imkoniyati mavjud, bu bir qator universitetlarda - ko'pincha federal darajada emas, balki davlat darajasida ishlaydigan universitetlarda ta'lim olish imkoniyatiga ega.

Oliy o'quv yurtlari soni va oliy ma'lumotlarning tarqalishi bo'yicha Hindiston dunyoda AQSh va Xitoydan keyin uchinchi o'rinda turadi. Hindistondagi ko'plab universitetlar dunyoga mashhur - Hindiston Texnologiya Instituti (IIT), Hindiston Menejment Instituti (IIM), Chennai Matematik Instituti (CMI), Allohobod Qishloq xo'jaligi Instituti (yangi nom Sam) Xigginbottom qishloq xo'jaligi, texnologiyalar va fanlar instituti, Ollohobod, AAIDU), Javaharlal Neru universiteti, JNU va boshqalar.

Kunduzgi o'qish bilan bir qatorda, ko'plab hind universitetlari masofaviy o'qishni (ham alohida maxsus kurslar darajasida, ham to'liq oliy ma'lumot olish darajasida), shu jumladan chet ellik talabalar uchun ham taklif etadilar. Masofaviy o'qitish dasturlari, shuningdek, bunday dasturlarni tayyorlash uchun maxsus yig'ilgan bir nechta universitetlar bazasida mavjud (masalan, Madras, Kalkutta va Mumbay universitetlari "Virtual Universitet" savdo markasi ostida masofaviy o'qitish qo'shma dasturlari).

Hindlar uchun universitetda o'qish pulli yoki bepul bo'lishi mumkin, bu nafaqat ta'lim darajasiga bog'liq bo'lishi mumkin (bir qator bepul universitetlar va joylar mavjud, imtihonlarda eng yuqori ball to'plagan talabalar avtomatik ravishda o'qish uchun stipendiyalar olishlari mumkin). talabaning kelib chiqishi (turli ijtimoiy guruhlar, regtonlar, qabilalar va boshqalar vakillari uchun joylar uchun kvotalar tizimini ishlab chiqqan).

Chet elliklar orasida Hindiston universitetlari uzoq vaqtdan beri mashhurdir. An'anaga ko'ra, Janubiy Osiyoning qo'shni mamlakatlaridan, shuningdek Afrika qit'asidan ko'plab talabalar Hindistonga o'qish uchun kelishadi. An'anaga ko'ra dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan talabalar Hindistonga o'qishga Hindistonning dunyoda etakchi mavqega ega bo'lgan joylariga (birinchi navbatda, axborot va innovatsion texnologiyalar sohasiga) tashrif buyurishadi. Bunga ko'p jihatdan oliy ta'lim sohasidagi puxta o'ylangan siyosat - ingliz tilida o'qitish, xalqaro diplomlar, o'qish va mamlakatda yashash uchun maqbul narxlar yordam beradi.

Chet elliklar uchun kirish talablari ma'lum bir ta'lim muassasasiga yoki tanlangan kursga bog'liq ravishda katta farq qilishi mumkin, ammo deyarli barcha yirik federal universitetlar chet ellik talabalar uchun bakalavr (BA), magistratura (MA) va ko'pincha magistratura bosqichlarida (M) o'qish uchun dasturlarni taklif qilishadi. .Fil., Fan nomzodi va boshqalar). Shuningdek, maxsus mutaxassisliklar va yozgi maktablar uchun qisqa muddatli mashg'ulotlar tizimi ishlab chiqilgan. Ba'zi hollarda, chet ellik talabalar o'qish uchun stipendiya olish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafaqat universitetdan, ham xususiy yoki davlat mablag'laridan olish mumkin. Ushbu ko'plab imkoniyatlar to'g'risida barcha ma'lumotni qiziqtirgan universitetlarning veb-saytlarida topish mumkin.

Shuningdek, Hindistonda tanlov asosida ishlaydigan chet elliklar uchun davlat tomonidan homiylik qilinadigan o'quv dasturlari mavjud. Dunyo bo'ylab bunday dasturlarning asosiy muvofiqlashtiruvchisi Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) hisoblanadi. Rossiyada mavjud dasturlar, nomzodlarga qo'yiladigan talablar, shuningdek musobaqalarni o'tkazish vaqti to'g'risidagi ma'lumotlar bilan Hindiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi veb-saytida tanishish mumkin. Shu bilan birga, potentsial talabalarga grant olish uchun keng imkoniyatlar taqdim etiladi - ikkalasi ham to'laqonli o'quv kursi (ICCR stipendiyasi) uchun, shuningdek Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorligi (ITEC dasturi) doirasida muayyan mutaxassisliklar bo'yicha qayta tayyorlash yoki malaka oshirish uchun qisqa muddatli kurslar. ICCR grant tanlovi har yili o'tkaziladi, odatda qishda, siz yiliga bir necha marta ITEC grantiga ariza topshirishingiz mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, Hindistonning stipendiya dasturlari nafaqat fundamental fanlar bilan shug'ullanadigan talabalar, balki ijodiy mutaxassisliklarni o'rganayotgan talabalar uchun ham qiziqarli bo'lishi mumkin. Hindiston hukumati Hindistonning raqs, musiqa va boshqa maktablarida o'qish uchun grantlar ajratmoqda.


Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish