71 XIX asrning 60-70 yillarida maktab nizomnomalari va maktab tizimi.
Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bo’lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko’p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko’pchiligida o’qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – to’rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir to’rt yillik maktablarda internatlar ham bo’lib, ularda ko’proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga o’tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo’ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo’lga qo’yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.
Dastlabki ovul maktablari 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholini ko’chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. Bu maktablarda o’qitish o’quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916 yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib, ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos.
Markaziy Osiyo va SHimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun ularni ruslashtirish maqsadini ko’zda tutgan rus-tuzem maktablari XIX asrning 80 – yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o’z dasturlariga ko’ra rus ministerlik maktablaridan islom dinining o’qitilishi bilangina farq qilar edi. Rus-tuzem maktablarida o’qitish rus tilida, diniy ta’limot esa o’quvchilarning ona tilida olib borilardi.
Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari.
Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog’langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko’p diniy o’quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o’xshagan o’quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo’lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi.
O’rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o’rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning YEvropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’proq o’rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.
CHorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo’ylari) uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo’yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o’qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o’qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslaviye) dinini targ’ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta’siri kuchli bo’lgan Turkistonning mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi.
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o’qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O’qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1G’3 o’rin ajratilgan edi.
Turkistonda dastlab ochilgani ba’zi bir rus maktablarida o’quvchilarning 1G’4 ini va undan ko’prog’ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo’lsa-da, lekin butun Turkiston o’lkasi bo’yicha hisoblaganda bunday maktablarda o’quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham ko’pi qozoq bolalari bo’lib, o’zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ’ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o’rta maktablarda o’quvchilar o’rtasida o’z ijtimoiy ahvoliga ko’ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko’pchilikni tashkil etar edi.
72 O‘rta Osiyoda XVI asr va XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy hayot va pedagogik fikrlar.
XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.
SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi.
SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi.
«CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar.
Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.
Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan.
Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan.
Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan edi.
Quyi maktab – bu maktablarda o’g’il bolalarga savod o’rgatishgan (4 yil).
Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.
Qorixona - Qur’on yod olingan.
Madrasa.
Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi.
73 Berdimurod Berdaqning ijtimoiy-pedagik qarashlari
Berdaq ham ko’pgina Sharq mutafakkirlari singari moddiy olamni, ruhni ko’rinish sifatida talqin etadi. Berdaq fikrisha, turli-tuman bir butundir. Berdaq tabiatga inson ko’zi bilan qaraydi. U insonni tabiatning oliy mahsuli hisoblab, uni ilohiylashtiradi. U buyuk shoir izidan borib inson qadr-qiymatini ulug’laydi. Tabiat boyliklari insonga hizmat qilishi kerak, - degan g’oyani ilgari suradi. Ilohiy kuchni e’tirof etgan Berdaq albatta, ateist bo’la olmas edi, biroq u din aqidalariga tanqidiy ko’z bilan yondashadi. U insonning narigi dunyo oldidagi qo’rqinchlardan ozod bo’lishini istaydi. U insonning haqiqiy baxt-saodati shu real dunyoda ekanligini ta’kidlaydi. Shuning uchun Berdaq narigi dunyoda baxt-saodat va’da qilgan din peshvolarini qattiq tanqid qiladi. Xalqni har tomonlama talagan, baxtsiz qilgan, ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirgan mutafakkir shoir sarira qamchisi bilan ayamasdan savalaydi, ularni qabihliklarini, razilliklarini ochib tashlaydi. Ularning hayotidagi haqiqiy basharasini: ma’naviy tubanligini, axloqiy buzuqligini dadil fosh etadi. Garchi Berdaq xalqni ta’magir so’fiylarni fosh qilib, ularni tanqid qilgan bo’lsada, o’zining din ta’sirida bo’lganligini inkor qila olmaydi. Ma’lumki, Berdaq yashab ijod etgan davrda adolatsizlik, jaholat avj olgan edi. O’zboshimcha beklar, eshonlar va boshqalar o’zlarining shaxsiy manfaatlari yo’lida mehnatkash xalqni shafqatsiz ezar edi. O’z taqdirini jafokash taqdiri bilan chambarchas bog’lagan Berdaq shu davrdagi tuzumga befarq qarab tura olamadi. U o’z asarlarida o’sha davrdagi tuzumni ayamasdan tanqid qildi. Zolim beklar, insofsiz boylar, bosqinchi boylarga nisbatan o’zining fazab tuyg’ularini ifoda etgan. 27 Berdaq arzimagan narsalar uchun insonlar bir-birdan o’ch olish, o’ldirish, jarohatlarni nodonlik, ko’rlik belgisi deb hisoblaydi va bu kabi illatlarni xalq ommasining manfaatlariga zid deb biladi. Bunday qarashlarni biz tukman adibi Maxtumqulining ijtimoyi falsafiy qarashlarida ham ko’rishimiz mumkin. Maxtumquli ham bunday insonlarga quydagilarni aytgan edi. Bir-birini chaqmoqlik emas erlikdan, Bu ish shaytonlikdur, balki ko’rlikdan, Og’zolalik ayirar elni birlikdan, Bunda davlat ketib, dushmanga kelg’ay.12 Maxtumquli, turkman qabilalari birlashsa, unga hamla qilishga hatto tashqi bosqinchilar ham jur’at eta olmaydi, - deydi. Maxtumquli tarqoq turkman qabilalarini markazlashtirgan bir davlat atrofida birlashtirish to’g’risidagi bu ilg’or fikrlari o’z zamonasi uchun nihoyatda katta ahamyatga ega edi. Garchi uning bu orzu-umidalari o’sha davrda ro’yobga chiqmagan bo’lsada, o’z davri uchun katta tarbiyaviy hamyat kasb etganligi, shubhasiz. Shundan ko’rinib turibdiki Berdaq ham, Maxtumquli ham o’z dunyoqarashlarida kelajakka ishonch ruhi bilan sug’orilgan. Ular jamiyatni kelajagiga ishonganlar. Berdaq ijtimoiy-siyosiy qarashlarining yana bir muhim tomoni xotinqizlarning jamiyatdagi tutgan o’rni masalasida ham ochiq-oydin ko’rinadi. Malumki, xotin-qizlarning rahimsiz ezilishi va kamsitilishiga o’tmishning qoloq, chirkin urf-odatlari, yaramas qonun qoidalari sabab bo’ldan edi. Xotinqizlarning kamsitilayotganligini, ularning haq-huquqlari oyoq osti qilinayotganligini o’z ko’zi bilan ko’rgan, yurak-yuragidan his qilgan Berdaq 12 Maxtumquli. "Tanlangan asarlar” O’zbekiston fanlar akademyasi nashriyoti,T.,1958, 225-bet. 28 bunday razolatga befarq qarab turolmadi, munis va muhtaram ayollarni himoya qildi. Berdaq xotin-qizlarni oiladagi, turmushdagi, umuman jamyatdagi o’rni xususida o’z zamonasi uchun juda ilg’or fikrlarni ilgari surdi. U xotin-qizlarni erkaklarning hamfikri, ularning kuchiga-kuch, quvvatiga quvvat qo’shadigan, hayotiga bezak beradigan jonkuyar hamroh deb biladi. U ayniqsa, ayollardagi odobu ikromni, soddalik va muloyimlikni, kamtarlik va oliyjanoblikni ulug’laydi.
74 Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida maktab /va amaliy ahamiyati qanday
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o’lkani qo’lga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.
Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning vafotidan so’ng YEkaterina hukumati tomonidan davom ettirildi. Nikolay II taxtga o’tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga intildi.
Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. CHunki bu davrda sobiq imperiya o’rnida 3 ta xonlik – Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo’qon xonliklari bo’lib, bular o’rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o’zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog’istonni o’zlariga tobe qildilar. So’ngra Qozog’iston orqali 1864 yilda Turkmaniston, CHimkent, Avliyo otani, 1865 yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867 yilda YEttisuv viloyati, 1868 yilda Samarqand, 1876 yilda Farg’ona viloyati Rossiya qo’liga o’tdi.
1876 yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’risida buyruqqa imzo chekdi. 1885 yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Russiya tasarrufiga o’tdi va o’lkada Turkiston general gubernatorligi tashkil etiladi.
Markaziy Osiyo mustamlaka davlatiga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida kurashni avj oldirdi.
CHor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy merosi, qadriyati va g’ururidan mahrum bo’la boshladi. Turkiston general gubernatori fon Kaufman imperatorga yo’llagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Inqilobdan oldin masjid va madrasalardagi kitoblar, noyob qo’llanmalar yondirib tashlandi, bir qismi Peterburgga olib ketildi. Bunday hatti-harakatlardan g’azablangan Abdurauf Fitrat xalqqa qarata: «Ey ulug’ Turon, arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi? Holing qalaydur! Ey Temurlarning, O’g’uzlarning oilalarining shonli bolalari! Qulliq chuqurlariga nedan tushding!» qabilidagi jangovar shiorlari bilan xitob qilgandi.
O’lkada yuz bergan bu voqiliklar ilg’or ziyolilarning faoliyatida ham o’z ifodasini topdi. Ular o’lkada chor ma’murlari qo’llagan jabr-zulmlariga qaramay ilm-fan va madaniyatning umumiy rivojiga o’z hissalarini qo’shdilar. Ular o’zlaridan oldin o’tgan ulug’ mutafakkirlarning insonparvarlik, pedagogik fikr, g’oyalarini davom ettirdilar. Buni Anbar otin, Ahmad donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Furqat, Muqimiy, Avaz O’tar, Zavqiy, Saidahmad Siddiqiylarning ijodida ko’rish mumkin.
Turkiston o’lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti.
XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.
SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi.
SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi.
«CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar.
Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.
Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan.
Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan.
Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
75 Turkistonda jadidchilik harakati va uning maorif rivojlanishidagi o‘rni
Jadidchilik harakati, shu vaqtgacha Islom dunyosida sira ham ko‘rinmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o‘qish va yozishni o‘zlashtiradi. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish mumkinki, “Savtiya” usulidagi jadid maktabi Vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasini boyitdi. 1 Jadid maktabida diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlashtirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib, xarita va rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy – dunyoviy ilmilarni o‘rgandi. Jadid maktablarida qur’onikarim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi. Jadid maktablari to‘rt (boshlang‘ich) va yetti yillik edi. Masalan Munavvarqori Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlarni, rus tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, maschitlarda imom bo‘lish, madrasa va hatto, xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘lganlar. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari, Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi. Maktablar asosan 1 – 4 sinfdan iborat boshlang‘ich maktablar bo‘lgan. 1913/14 o‘quv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1 – bosqichi tahziriy (boshlang‘ich) sinflar, 2 – bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M. Abdurashidxonovning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodievning Qo‘qondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5 – 6 sinf) ham ish boshlagan. 2 1 Ўзбекистон тарихи. Р.Шамсутдинов, Х.Мўминов. “Андижон”. 2011, - Б. 306 - 308 2 Ўша асар, - Б. 309 20 Jadid maktablari pullik va pulsiz edi. Har oyiga ota – onalar baholi qudrat, bir so‘mdan bir yarim so‘mgacha pul to‘ladi. Bu o‘rinda har ota – ona o‘zlarining boylik va kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul beradilar. 20 – 35 % gacha kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitilib, o‘quv qurollari bilan ham ta’minlangan. O‘ziga to‘q oilalar esa o‘z xohishi bilan uch so‘mdan va undan ham ko‘p pul bergan. Bulardan tashqari jadidlar shaxsiy va ularning o‘zlari tashkil etgan xayriya jamiyatlari ham jadid maktablarini mablag‘ bilan ta’minlab turgan. Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qarshilik qiladilar. Jadidlar kalta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay namuna sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi bo‘lib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qarshilik qiladilar. Jadidlar katta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmaynamuna sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi bo‘lib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. O‘quvchilar sinfdan-sinfga o‘tish va bitirish uchun jamoatchilik oldida ochiq chorak, yillik va bitiruv imtihonlarini topshirganlar. Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan o‘qish usuliga oid qo‘llanma), “ Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari to‘plami), “Yor yuzi”, “ Usuli hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud ahloq“, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar 21 maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir. 1 Jadid maktablari ochilishi bilan ba’zi joylarda qadim va maktablari bo‘shab qoldilar. Natijada qadim va jadid maktabdorlari o‘rtasida jiddiy qaramaqarshiliklar paydo bo‘ldi. Bunga mutaassib qozi mulla va ulamolar ham qo‘shildilar. Jadid maktablarining jami soni va ular qaerlarda ochilib faoliyat yuritganligi haqida hozircha to‘la ma’lumot yo‘q. Lekin, 1903 yilda birgina Toshkentda 20 ta (shundan 2 tasi o‘rta), jadid maktablari bo‘lgan. Ma’lumki, 1909 yildan keyin jadid maktablari qattiq nazorat ostiga olinadi, arzimas bahonalar bilan yopiladi. Ularda o‘qitiladigan adabiyot va darsliklar “oxranka”ning diqqat markazida bo‘ladi. Jadid maktablari Buxoro, Samarqand, Toshkent, Andijon, Xiva, To‘qmoq, Yangi Marg‘ilon, Eski Marg‘ilon, Kattaqo‘rg‘on, Qizil O‘rda, Turkiston, Chust, Chorjo‘y, Termiz, Marv shaharlarida ochiladi. Shuningdek, Juma (Samarqand viloyati), Qovunchi (Toshkent viloyati), To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati), Po‘stindo‘z (Buxoro viloyati) kabi katta qishloqlarda ham jadid maktablari ochilgan. Jadid maktablari M.Behbudiyning yozishicha, 15-20 yil ichida jami Kavkaz mamlakatlari, Eron, Hind, Misr, Hijoz va boshqa joylarida ham joriy bo‘ldilar.
76 Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak – matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |