xo‘jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol
qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib
o‘tamiz.
Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan,
lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy
shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan
aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi
korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbobuskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma
kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar
Do'stlaringiz bilan baham: |