xarajatlari qiladilar.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo‘lganda,
uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo‘sag‘aviy
daromad deb yuritiladi. 4.1-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini
chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida berilgan. Bissektrisa
ko‘rinishidagi Yd =C to‘g‘ri chizig‘ining har bir nuqtasida iste’mol va
tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo‘ladi. Haqiqiy iste’mol (C) grafigi
haqiqiy iste’mol va daromad teng bo‘lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan
kesishadi. Bo‘sag‘aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq.
Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α –
nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o‘rtasidagi
farq jamg‘arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to‘g‘ri chizig‘i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o‘qni a nuqtada kesib o‘tadi. Bu hol uy
Do'stlaringiz bilan baham: |