Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan
qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari
jamg‘arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy
xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi
asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari
deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini
belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan
transfert to‘lovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi
daromadi (DI –
disposable income, yoki Yd) ko‘rsatkichidir.28
Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy daromad yoki
shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |