|
yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi
|
bet | 9/9 | Sana | 01.01.2022 | Hajmi | 68 Kb. | | #302491 |
| Bog'liq жавоблар макро
yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki,
narxlar darjasining oshishi, jamg‘arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar,
obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda
aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan
iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida
10 mln. so‘m bo‘lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib
olishi, agarda inflatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so‘mga ko‘tarilsa, u
mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so‘m to‘plash uchun joriy
davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko‘proq qismini jamg‘aradi. Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi tufayli uning
kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy
P↑ → aktivlarning ↓ → C↓ (S↑ ) → AD↓
real qiymati
Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va
o‘z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo‘lgan talab oshadi.
Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va
eksportning oshishiga yoki YaIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof
eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.
P↑→ X↓ (M↑)→Xn↓ →AD↓
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb
ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari
ham mavjud. Bu omillardagi o‘zgarishlar yalpi talabning miqdorida o‘z
aksini topadi va uning egri chizig‘ini chapga yoki o‘ngga siljitadi (9.1-rasm).
Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste’mol xarajatlaridagi o‘zgarishlar:
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi;
b) iste’molchilar kutishi;
v) iste’molchilarning qarzlari miqdorining o‘zgarishi;g) iste’molchilar
daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o‘zgarishlar:
a) foiz stavkasidagi o‘zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda
normasining o‘zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining
o‘zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi;
d)zaxiradagi quvvatlar o‘zgarishi.
3. Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi.
b) valuta kurslaridagi o‘zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi
talabning narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul
taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|