1. iqtisodiyotga kirish


Gossenning ikkinchi qonuni – me



Download 20,98 Mb.
bet53/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Gossenning ikkinchi qonuni – meyoriy nafliklarni tenglashtirish qonuni. Ushbu qonunga binoan ayirboshlashning har bir ishtirokchisi o‘z mablag‘larini turli xil xaridlar o‘rtasida taqsimlash orqali maksimal naf olishga intiladi. Xarid qilingan har bir tovar uchun sarflangan pul miqdordan teng darajada qoniqish olishni nazarda tutadi.
Haqiqatan ham, biz do‘konda olma va apelsin sotib olayotganimizni tasavvur qilaylik. Agar olmani 1000 so‘mga to‘g‘ri keladigan meyoriy nafliligi apelsinning meyoriy nafliligidan yuqori bo‘lsa, sotib olingan tovarlar to‘plamini olma foydasiga qayta taqsimlash o‘rinli bo‘ladi. Agar ikkala mahsulotning meyoriy nafliligi teng bo‘lsa, unda mahsulotlar to‘plami "muvozanatlashgan " bo‘ladi va ne’matlarni qayta taqsimlash zarurati yo‘qoladi.
Gossenning ikkinchi qonuni faqat mavhum ahamiyatga ega emas, balkim a’lum darajada amaliy ahamiyatga ega. Masalan, ushbu qonun aholining kambag‘al bo‘lgan qatlamlariga yordamni maksimal naf olish nuqtayi nazaridan, bepul tovarlar va xizmatlar bilan emas, balki pul bilan berilishi kerakligini tushuntiradi. Bunday usulda kambag‘allarga yordam berish ne’matlarni nisbatan optimalroq bo‘lgan to‘plamini olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan odamlarga berilgan pulni ular tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlash imkoniyatini bermaydi.
Aytgancha, Gossen postulatlari odamning ishlashga va dam olishga qancha vaqt ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishini tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin. Mehnat va bo‘sh vaqt meyoriy naflilikning kamayishi qonuniga bo‘ysunadigan ne’matlardir. Bu shuni anglatadiki, odamlar ish va dam olishning optimal nisbatlarini aniqlayotganligida, o‘z vaqtlarining har bir birligidan oladigan meyoriy naflilikni tenglashtirishga harakat qiladilar.
Naflilikning ordinalistik (tartibli) nazariyasi (Ordinal utility theory) meyoriy naflilik nazariyasiga muqobil nazariya hisoblanadi.
Ordinalistik (tartibli) naf - subyektiv naf yoki iste’molchi o‘zi iste’mol qilgan tovarlardan oladigan va tartibli shkalada o‘lchanadigan qoniqish.
Ordinalistik nazariyaga ko‘ra, meyoriy nafni o‘lchab bo‘lmaydi. Iste’molchi alohida tovarlarning nafliligini emas, balki tovarlar to‘plamining nafliligini o‘lchaydi. Faqat tovarlar to‘plamining afzal ko‘rish tartibi o‘lchanadi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish