1. iqtisodiyotga kirish


- rasm. Befarqlikning egri chizig‘i



Download 20,98 Mb.
bet56/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

5.4 - rasm. Befarqlikning egri chizig‘i

keladigan nuqtalarni grafikda belgilaymiz. Egri chiziqda joylashgan barcha nuqtalar iste’molchi uchun umumiy nafliligi teng bo‘lgan tovarlarning kombinatsiyalarini tavsiflaydi (ya’ni iste’molchi ushbu kombinatsiyalarning qaysi birini tanlashiga ahamiyat bermaydi) deb taxmin qilinadi. Shuning uchun ii chiziq befarqlik egri chizig‘i deb ataladi.


Befarqlik egri chizig‘i ustida joylashgan har qanday nuqta iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘idagi nuqtalardan ko‘ra afzalroq bo‘ladi. Boshqa tomondan, befarqlik egri chizig‘i ostidagi har qanday nuqta (masalan, rasmdagi N nuqtasi) iste’molchiga befarqlik egri chizig‘idagi nuqtalarga qaraganda kamroq qoniqish baxsh etadi.
Befarqlik egri chizig‘ining umumiy xususiyatlari mavjud, avvalo tovarlar grafigining istalgan nuqtasi orqali tegishli befarqlik egri chizig‘i chizilishi mumkin, ya’ni tovarlarning har qanday kombinatsiyasi (olma va shirinliklar) iste’molchi uchun bir xil umumiy naflilikga ega bo‘lgan boshqa kombinatsiyalarni topish mumkin.
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o‘ngda va tepada joylashgan bo‘lsa, unga to‘g‘ri keladigan naflilik shuncha yuqori bo‘ladi. Ushbuga asoslanib, iste’molchilarning befarqligi xaritasini tuzish mumkin (5.5-rasm). Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi.

5.5- rasm Befarqlik xaritasi
Har bir befarqlik egri chizig‘I iste’molchi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. Befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi to‘rtta befarqlik egri chizigi tasvirlangan. i4 befarqlik egri chizigi ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi. Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egrichizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat 4 ta egri chiziqni ifodaladik. Bu 4ta egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasini (tartibini) ta’minlaydi. Tartiblash to‘plamlarini afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqilgan. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘lik afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Befarqlik egri chiziqlari salbiy nishabga ega, chunki tovar to‘plamining umumiy nafliligini saqlab qolish uchun bitta tovar miqdorining kamayishi boshqa tovar miqdorining ko‘payishi bilan almashtirilishi (o‘rnini bosish) kerak. Biz foydalanadigan befarqlik egri chiziqlari (5.5-rasm) aniq belgilangan shaklga ega - ularning barchasi koordinataga nisbatan qavariqdir (gorizontal o‘qi bo‘ylab o‘ngga siljish paytida befarqlik egri chiziqlarining qiyaligi pasayadi).
Ordinalistik nazariyada befarqlik egri chizig‘ining qiyaligi iste’molchining har bir ne’matning nafliligi xususidagi bahosini aks ettiradi va almashtirish (o‘rnini bosish)ning marjinal (meyoriy, qo‘shimcha) normasi MRS (angl. – marginal rate of substitution) deyiladi.
MRS umumiy naflilik darajasini o‘zgartirmagan holda iste’molchi bir ne’matni (Y) qancha birligidan ikkinchi ne’matning (X) qo‘shimcha birligini sotib olish uchun voz kechishi mumkinligini ko‘rsatadi. Demak, kiyimni oziq - ovqat bilan almashtirishning meyoriy normasi MRSxu=f(Qx, Qu), iste’mol savatining umumiy nafliligini o‘zgartirmagan holda, biror bir ne’matning (kiyim) qanday miqdoridan, boshqa tovarni ( oziq ovqat ) qo‘shimcha birligi bilan almashtirilishini ko‘rsatadi. MRS har doim manfiy bo‘ladi, chunki bir ne’matning qo‘shimcha birligini sotib olish ikkinchi ne’matnining birliklaridan voz kechishini talab etadi.
Keling, bu holatni misolda ko‘rib chiqamiz (5.3-jadval). A to‘plamidan B to‘plamga, B to‘plamdan S to‘plamga va h.k. o‘tganda xaridor har safar beshta qo‘shimcha konfet olayotganini ko‘rish oson, ammo bu holda u yo‘qotadigan olma soni doimo kamayadi 12 (A dan B ga o‘tishda) birigacha (E dan F ga o‘tishda). Bunday holda, insonning MRS darajasining pasayib borishini ko‘rish mumkin. Bitta mahsulot ikkinchisiga almashtirishning me’yoriy normasi - bu iste’molchi bitta qo‘shimcha konfet olish uchun yo‘qotishga tayyor bo‘lgan olmalar soni (tovarlar kombinatsiyalarining umumiy nafliligi bir xilligi sharoitida).
Almashtirishning me’yoriy normasi (MRS) = -ΔY / -ΔX.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish