1. iqtisodiyotga kirish


Naflilikning ordinalistik (tartibli)



Download 20,98 Mb.
bet54/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Naflilikning ordinalistik (tartibli) nazariyasi mezoni iste’molchining ne’matga nisbatan o‘zlarining afzal ko‘rishlarini (xohishlarini) tartibga solishlarini nazarda tutadi. Iste’molchi qoniqish darajasiga qarab tovarlar to‘plamini tanlashni tizimlashtiradi. Masalan, tovarlarning 1- to‘plami unga eng katta qoniqish baxsh etadi, 2 - to‘plam - kamroq qoniqish, 3 - to‘plam - undan ham kam qoniqish va h.k. Binobarin, bunday tizimlashtirish iste’molchilarning tovarlar to‘plamiga (majmuasiga) nisbatan afzal ko‘rishlari to‘g‘risida tasavvur beradi. Biroq, bu tovarlar to‘plamidan qoniqishdagi farqlar haqida tasavvur bermaydi. Boshqacha qilib aytganda, amaliy nuqtayi nazardan, iste’molchi qaysi to‘plamni boshqasidan afzal ko‘rishini ayta oladi, lekin bir to‘plam boshqasidan qanchalik yaxshi ekanligini aniqlay olmaydi. Grafik ko‘rinishda iste’molchining afzal ko‘rishi tizimi befarqlik egri chiziqlari yordamida aks ettiriladi.
5.3 Naflilikni maksimallashtirish qoidasi. Befarqlik egri chizig‘i. Befarqlik kartasi
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimaltirish qoidasiga asoslanadi. Bu qoidaning mazmuni quydagicha: iste’molchining daromadi shunday taqsimlanishi kerakki, har bir tovar yoki xizmatga sarflangan oxirgi pul birligi teng meyoriy naf keltirsin, narxga bo‘lingan har bir tovar yoki xizmatning me’yoriy nafliligi barcha mahsulotlar uchun bir xil bo‘lishi kerak.
Naflilikni maksimallashtirish qoidasini quyidagicha ifoda etish mumkin:
A mahsulot MU/ A mahsulot narxi = B mahsulot MU/ B mahsulot narxi
Bu yerda: MU- meyoriy naflilik
Naflilikni maksimaltirish qoidasi ushbu nisbatlarning teng bo‘lishi va daromad to‘liq sarflanishini talab etadi. Masalan, iste’molchi 12 dollarga ega. Bunda oltita A tovarning (1,5 dollar) va uch birlik B tovarning (1 dollar) kombinatsiyasi meyoriy naflilikni maksimal darajaga ko‘tarish talablariga javob beradi. Natijada iste’molchining 12 dollarlik daromadi to‘liq sarflanadi. Bu qoida iste’molchining muvozanatlashgan holatini ifodalaydi. Iste’molchi o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi. Befarqlik egri chizig‘i - har biri bir xil naf yoki qoniqish keltiradigan ikkita tovarning muqobil to‘plamlarini ifodalaydigan egri chiziq (5.3-rasm). Befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda iste’molchi uchun farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A) dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lganhar qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Befarqlik egri chiziqlari byudjet chiziqlari bilan birgalikda iste’molchining ikkita tovarni sotib olayotganda muvozanatini aniqlashda va talabga qarab ushbu ikki tovarning nisbiy narxlarida o‘zgarishlarning oqibatlarini tahlil qilishda ishlatiladi.


Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish