O’zbekistonda alebastr sanoatining istiqbollari. QMBKICH 7920 Tulanov Bahrombek REJA: 1. Alebaster o’zi nima? 2. Qurilish materiallari va alebaster sanoati istiqbollari
Alebastr
Alebastr - qurilish gipsining eski nomi. Alabaster – ikki xil minerallar: gips va kalsit. Birinchisi, alebaster, bugugi kunda biz foydalanadigan material. Ikkinchisi antik davrdagi materialning nomi. Bu ikki tur nisbatan qattiqligicha sezilarli darajada farq qiladi. Gips juda yumshoq bolgani uchun uni tirnoq bilan chizish mumkin, kalsit yetarli darajada qattiq, ammo pichoq bilan osonlikcha chizilishi mumkin. Bundan tashqari, kalsit alabaster karbonat bolib, xlorid kislotasi bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi, bu holatda gips alebaster esa inert boladi.
Qurilish materiallari sanoati
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, alebaster, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va boshqa qurilish materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish materiallari sanoatis. mahsulotlari tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan.
Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan.
21-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatida sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyum-lar, temir-beton konst-ruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tar-moqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiya-lashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan tala-bini toʻla qondiradi.
Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar quril-moqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy tex-nologiya bilan jihoz-lanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatis. salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsatadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqu-rilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksi-yadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obʼyektlar qurilishini bar-cha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.
2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatis.da (yirik va oʻrta korxonalar boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2ichki devorlarni qoplashga moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2linoleum, 6434,5 ming m2deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollari).
Erkin Akramov.
Do'stlaringiz bilan baham: |