1. iqtisodiyotga kirish


Ishlab chiqarish bozorida kapital deganda jismoniy kapital yoki asosiy fondlar tushuniladi



Download 20,98 Mb.
bet107/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Ishlab chiqarish bozorida kapital deganda jismoniy kapital yoki asosiy fondlar tushuniladi. Ishlab chiqarish fondlari kapital ne’mat hisoblanib, undan foydalanib, kelajakda daromad hajmini oshirish mumkin.
Faraz qilamiz inson orolga bir o‘zi tushib qoldi. U bir kunda 4 ta kaklik go‘shtini iste’mol qilishi kyerak. U bir oy ishlab qushlarni tutadigan moslama yasasa unda u bir kunda 10 ta kaklikni ovlashi mumkin. Unda u bir oy qush ovlamasligi, ya’ni och o‘tirishi kyerak. Endi faraz qilamizki, inson ovqatni (kaklikni) kreditga (qarzga ) olishi mumkin. Qushni ovlaydigan uskunani yasash uchun u bir oy qarzga ovqatlanishi kyerak, qarz miqdori 120(4x30) ta kaklikka teng bo‘ladi. Endi inson olgan qarzidan foydalanganligi evaziga qancha kaklikni byerishi mumkin? Bu faraziy misol kapitalning sof unumdorligi kategoriyasini tushunshga yordam beradi. Bizning misolimizda qushni ovlaydigan moslama kapital, kaklik esa iste’mol ne’mati hisoblanadi. Shunday qilib, kapital yordamida ishlab chiqarilgan iste’mol ne’matlari summasi (300 kaklik 30 x 10) va kapitalni yaratish uchun voz kechilgan iste’mol ne’matlari (120 kaklik ) o‘rtasidagi farq, kapitalning sof unumdorlik miqdorini ko‘rsatadi ya’ni 300-120=180.
Endi biz qo‘yilgan savolga javob byerishimiz mumkin: inson olgan qarzidan foydalanganligi uchun 180 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kaklikni byerishi mumkin. Bu misolni insonning qarz olmagan variantini aytishimiz mumkin, unda inson qarz olmaydi, uning o‘rniga bir oy tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simlik va mevalarni iste’mol qiladi. Bunda 120 kaklik qo‘ldan boy byerilgan imkoniyatning miqdorini (4x30=120) ko‘rsatadi. Keyingi oydan inson yasagan moslanmasidan foydalanib, 300 ta kaklikni ovlaydi. (30 x 10). Kapitalning sof unumdordigi
300-120=180 tani tashkil qiladi.
Kapitalning sof unumdorligi kapital qo‘yilmalarning daromadliligi va kapitalga talab tushunchalarini yoritishga yordam beradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kapitalning sof unumdorligini foizda ham aks ettirish mumkin. Agar 180 va 120 kakliklarni, ya’ni absolyut birliklarni nisbiy birliklarga o‘tqazsak unda 180/120=150% teng bo‘ladi.
Bu kapitalga olingan daromadning foizdagi ifodasidir. Foizda ifoda etilgan kapitalning sof unumdorligini foizning «tabiiy» normasi deb ham ataladi. Chunki kapitalning foiz shaklida daromad keltirish qobiliyati ushbu ishlab chiqarish omilining «tabiiy» xususiyati hisoblanadi.
Kapital unumli, ya’ni daromad keltirgani uchun unga talab mavjud bo‘ladi. Bir tarafdan, tadbirkorlar kapitalga bo‘lgan talabni shakllantiradilar, ikkinchi tomondan kapitalni esa uy xo‘jaliklari taklif etadilar.
Kapitalga bo‘lgan talabning shakllanish shakli va uning mohiyatini farqlash lozim. Tashqi ko‘rinishda kapital ma’lum bir pul summasiga talab sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq pul shaklida pulga talab va kapitalga talab bir- biridan farq qiladi. Biznes investitsiyaviy tovarga, ya’ni ishlab chiqarish vositalariga talabni shakllantiradi. Tadbirkorga aynan ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga pul summasi kyerak bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari ham pulga talabni shakllantiradilar, biroq bu talabning tabiati tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmaganligi sababli boshqacha bo‘ladi,
Kapitalga talabni salbiy qiyalikka ega egri chiziq (Dc) sifatida ifodalash mumkin (9.5.- rasm.). Grafik abssissa (yotiq chiziq) investitsiyaviy mablag‘lar (I) hajmini, ordinata (tik chiziq) esa kapitalning me’yoriy (qo‘shimcha) mahsuloti

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish