1. Iqtisodiyot / Davlat kadastri


-§. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi



Download 237,46 Kb.
bet22/28
Sana20.01.2022
Hajmi237,46 Kb.
#393465
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
66 12.02.2021

2-§. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

20. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;

2) tegishli ma’lumotlar bazalariga, davlat axborot tizimlariga va davlat organlarining axborot resurslariga belgilangan tartibda kirish huquqini olish;

3) yuridik va jismoniy shaxslarga qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;

4) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yaratish;

5) o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;

6) Davlat kadastrlari palatasining vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

7) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari boshliqlari ishtirokida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish;

8) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari boshliqlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

9) Davlat kadastrlari palatasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda vakillarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

10) hududiy boshqarmalarning qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va tekshirish;

11) sohada korrupsiya illatlarining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

12) kadastr muhandislari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash;

13) kadastr muhandislarining faoliyati davomida bajarilgan ishlari bo‘yicha hisobotlarini yoritib borish;

14) kadastr muhandislari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha Kadastr agentligi tarkibidagi komissiyaga taqdimnomalar kiritish.

Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

21. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi ta’minlanishi;

Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati bo‘linmalarining ishi tashkil etilishi;

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Kadastr agentligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi;

Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi;

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yaratilgan va saqlanadigan ma’lumotlar bazalari va shakllantirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi;

davlat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlarni himoya qilish ta’minlanishi;

kadastr muhandislarining faoliyatida geoaxborot tizimlarida ishlash, axborot tizimida shaxsiy kabinetlarga ega bo‘lish va bajarilgan kadastr yig‘majildi ma’lumotlari belgilangan tartibda davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritilishi ta’minlanishi;

kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratilishi;

o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.


Download 237,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish