[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Erning davlat hisobi. Davlat yer kadastri.
Er monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr ma’lumoti]
[
TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi
nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2.
Belgilansinki, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.
ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-fevral,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son
qaroriga
1-ILOVA