2-bob. Agentlikning tuzilmasi
10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar);
Agentlikning tuman (shahar) bo‘limlari;
Davlat kadastrlari palatasi;
Respublika aerogeodeziya markazi;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi;
“Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji.
11. Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Agentlikka bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |