1. Fanning maqsad va vazifalari



Download 348,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana03.03.2022
Hajmi348,13 Kb.
#480584
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 лек узб Химия п

Murakkab moddalar
. Murakkab modda ikki yoki undan ortiq element atomlarining 
kimyoviy birikishidan hosil bo„ladi. Ko„pgina murakkab moddalar molekulalardan tashkil 
topadi, masalan ammiak, suv, karbonat angidrid kabi. Lekin ayrim moddalar, masalan kremniy 
(IV) oksid va natriy sulfat kabilar molekulalardan iborat emas. Birikmalarda element atomlari 
aniq massalarda birikadi. Chunki birikmada har bir atom aniq sonda birikadi. Masalan ammiak 
molekulasida massa bo„yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo„ladi, azot atomi vodorod 
atomidan 14 marta og„ir. Shunday qilib ammiak molekulasi 1 ta azot va 3 ta vodorod atomidan 
hosil bo„ladi 
Ammiak gazida massa bo„yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo„ladi. 
Azot atomi vodorod atomidan 14 marta og„ir. Har bir ammiak molekulasi 1 N atomi va 3 
ta H atomidan tashkil topadi 
Aralashmalar. 
Ikki yoki undan ortiq ( oddiy yoki murakkab) moddalarning fizikaviy 
aralashishidan hosil bo„ladigan sistema aralashma deyiladi. 
Chunki aralashmalar kimyoviy modda emas, murakkab 
moddalardan farqli ravishda aralashmalar ozining massa 
nisbatlarini o„zgartira oladi. Masalan NaCl va H2O 
aralashmasi, ularni bir necha xil massa nisbatlarda 
aralshtirish mumkin. Atom miqyosida qaraydigan bo„lsak, 
aralashmalar alohida oddiy yoki murakkab moddalardan 
tashkil 
topadi. 
Aralashmalarda 
uning 
tarkibidagi 
komponentlarning xossalari saqlanib qoladi. Masalan, osh 
tuzining suvdagi eritmasi rangsizligi jihatdan suvga, sho„r ta„mi bilan osh tuziga o„xshaydi. 
Murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga 
ajratish mumkin. Masalan osh tuzining suvdagi eritmasidan bug„latish (fizik usul) yo„li bilan 
suvni chiqarib yuborish mumkin. Keying mulohazalar materiyaning bu turini farqlashga yordam 
beradi. 
Element atomining uglerod birligida ifodalangan massasi shu elementning atomi massasi 
deb, moddalar molekulasining uglerod birligida ifodalangan massasi esa shu moddaning 
molekulalar massasi deb ataladi. Element atomining massasiga son jihatdan teng bo„lgan 
grammlar miqdori gramm-atom (g-atom) deb ataladi. Masalan, ruxning bir gramm-atomi 65,37 g 
ga teng. Modda molekulasining massasiga son jihatdan teng bo„lgan gramm miqdori gramm-
molekula (g-mol) yoki mol deyiladi. Masalan, 1 mol H20= 18,016 g. 
Turli moddalarning bir gramm-molekulasidagi molekulalar soni shuningdek, turli 
elementlarning 1 gramm-atomlaridagi atomlar soni ham teng bo„ladi. Har qanday moddaning bir 
gramm-molekulasida 6,024 0
23
ga teng molekula bo„ladi. Har qanday elementning bir gramm-
atomida xam shuncha atom bo„ladi. Ana Shu 6,0240
23
soni Avogadro soni deb ataladi. 
1 l gazning normal sharoitdagi massasi ma‟lum bo„lsa, ayni gazning bir moli xuddi shu 
sharoitda qancha hajmni egallashini aniqlash oson. Masalan, 1 I vodorodning massasi normal 
sharoitda 0,09 g ga teng. Bir mol (2,016) vodorodning xuddi shu sharoitdagi hajmi quyidagicha 
hisoblab topiladi: 
0,09:1 = 2,016: V0 
Har qanday gazning bir gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4 
l
hajmni egallaydi. Bu 
hajm gazning g-mol (molyar) hajmi deyiladi. Molyar hajmga asoslanib, har qanday hajmdagi 
gazning massasini, shuningdek normal sharoitdagi har qancha massali gazning hajmini hisoblab 
topish mumkin. 

Download 348,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish