Elementning atom massasi uning tabiatda uchraydigan izotoplarining o„rtacha massasi hisoblanadi
.
Davriy jadvalda atomlar gorizontal davrlar va vertical guruhlarga atom zaryadi ortib boorish tartibida
joylashgan. Metallar jadvalda chap pastki uchta chorakda joylashgan. Metallmaslar o„ng yuqori
burchakda joylashgan, metalloidlar ularning orasida joylashgan. Guruhlardagi elementlarning xossalari
o„xshash bo„ladi.
Kimyoviy birikma hosil bo„lishida elektronlar ishtirok etadi. Ionli birikmalarosil bo„lishida
metall atomi metalmas atomiga elektron beradi, natijada zaryadlangan qismlar (ionlar) bir-birini kuchli
tortadi. Kovalent bog„lanishda metallmas atomlarining elektronlari o„rtada taqsimlanadi va odatda
alohida molekula hosil qiladi. Har bir birikmaning elementar tarkibi asosidagi nomi, formulasi va
massasi bo„ladi.
Kimyoviy birikmalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga
ajratish mumkin. Geterogen aralashmalar bir jinsli bo„lmagan sistemalardir,
ularda komponentlar
orasida ko„rinadigan chegara mavjud. Bir jinsli aralashmalarda butun sistema bir xil tarkibli bo„ladi,
bunda komponentlar alohida atomlar, ionlar yoki molekulalar holida bo„ladi.
Elementlarning atom massasini aniqlashga birinchi bo‟lib Dalton urindi. O‟sha davrda fan va
texnika darajasi past bo‟lganligidan, atomlarning mutlaq massasini aniqlash mumkin emas edi.
Shuning uchun Dalton eng yengil H atomining massasini shartli ravishda «1» deb oldi. Shunga
asoslanib boshqa elementlarning nisbiy atom massasini topdi. Аvogadro qonuni kashf etilgandan
so‟ng elementlarning absolyut atom massalarini aniqlash imkoniyatiga ega bo„linsada, nisbiy atom
massalari o„z ahamiyatini saqlab qoldi, chunki absolyut atom massalari juda kichik miqdor bo„lgani
uchun ularni hisoblash qiyin. Vodorodning atom massasi 1 deb qabul qilinsa, О2 ning atom massasi
15,88 bo‟ladi, ya'ni kasr son. Ko‟p elementlarning atom massasi ham shunday. Bu noqulaylikni
bartaraf qilish uchun kislorodning atom massasini 16 deb qabul qilishdi, bu son kislorod birligi
deyiladi va qisqacha k.b deb yoziladi.
Elementlarning atom massalarini aniqlash uchun qabul qilingan vodorod va kislorod izotoplari
juda barqaror bo„lmaganliklari uchun 1969 yilda D.I.Mendeleyevning
elementlar davriy qonuni va
davriy jadvalining 100 yilligiga bag„ishlangan syezdda elementlar nisbiy atom massasini uglerodning
atom massasi 12 ga teng bo„lgan izotopiga nisbatan aniqlash qabul qilindi va u uglerod birligi
deyiladi, ya'ni elementning nisbiy atom massasi deb uglerod atom massasining 1/12 qismidan necha
marta kattaligini ko„rsatadigan massa (son) ga aytiladi.
Hayotimizda ko„p uchraydigan hohlagan materiya namunasi: tosh bo„lagi, daraxt shoxi, kapalak
qanotiga diqqat qaratsak ko„ramizki, ular ko„pgina mayda qismlardan tashkil topgan. Mikroskop
yordamida ular yanada kichikroq qismlardan iborat ekanligini ko„ramiz. Agarda biz millard marta
kattalashtiradigan bo„lsak, barcha moddalar atomalardan tashkil topganini ko„ramiz. Moddalarni
tuzilishini zamonaviy olimlar birinchilardan bo„lib o„rganishmagan. Qadimgi yunon faylasuflari hamma
narsalar bir yoki bir nechta asosdan kelib chiqadi deb ishonishgan.
Ammo atomizm otasi Demokrit
boshqa yo„ldan ketdi. Uning fikriga ko„ra, deylik alyuminiy bo„lakchasini olib uni mayda bo„laklarga bir
necha marta bo„laversak, juda mayda alyuminiy zarrachalarini olamiz. Bu jarayon bo„linmas zarrachalar
hosil bo„lgunga qadar davom etadi. U bu bo‟linmas zarrachalami atomlar (atomos-bo‟linmas) deb
nomladi. Ammo buyuk g„arb faylasuflaridan biri Aristotel bu mulohazalarga qarshi chiqdi, natijada
M.V. Lomonosov
D.I.Mendeleyev
atomistik nazariya 2000 yil ortga surildi. Nihoyat 17-asrda ingliz olimi R. Boylning fikricha moddalar
“oddiy tanadan, alohida organlardan emas.
So‟ngi ikki asrda kimyoda jadal rivojlanishlar ro‟y berdi va atomning “bilyard shari” ko‟rinishi
yaratildi. XX asrda kimyo shiddat bilan rivojlanib, biz bilgan murakkab ichki tuzilishli atom modeli
yaratildi. Ushbu bobda biz moddaning makroskopik va atom darajasida tarkibi va xossalarini ko„rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: