106. Dunyo bo’yicha Milliy parklarni boshqarishning qanday ko’rinishlari mavjud
Milliy parklarning tashkiliy va boshqaruv xususiyatlari ham dunyo mamlakatlarida turlicha hisoblanadi. Milliy parklar dastlabki vaqtlarda tashkil qilinganda federal agentliklarga va departamentlar boshqaruvida bo‘lishgan. Rivojlangan, o‘tish davri iqtisodi rivojlanishidagi davlatlarda (90% davlatlar) milliy parklar boshqaruvi pastdan yuqoriga-vertikal tashkiliy boshqaruvida (Shvetsiya, Italiya, Niderlandiya, Yevropaning ko‘plab davlatlari).
AQSH, Kanada, Fransiya, Avstraliya va JAR davlatlarida xususiy milliy parklar ko‘pligidan teng huquqli-gorizontal tashkiliy boshqaruv hukmron. Lekin, boshqaruvning barcha xilma-xilligi yoki milliy parklardagi turli mulkchilik shaklidan qat’i nazar milliy parklardagi tabiat muhofazasi albatta davlat organlari ixtiyorida hisoblanadi.
Mamlakatimizda milliy parklar, tabiat qo‘riqxonalari, biosfera qo‘riqxonalari, tabiat buyurtmaxonalari va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil qilish va boshqarish O‘zbekiston Respublikasi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish» davlat qo‘mitasi ixtiyoriga berilgan.
107.Orolbo’yi ekoturistik mintaqasidagi vaziyat qanday?
Orol dengizi bo‘ylari va umuman ekologik vaziyat tang bo‘lgan quyi Amudaryo hududlarida Ekoturizmni rivojlantirishning muhim ahamiyati quyidagi natijalar berishi bilan muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim deb hisoblaymiz Orol dengizi bo‘yida ekoturizmni rivojlantirishning strategikvazifalarini amalga oshirish uchun esa quyidagi taktik vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladi:
mintaqada tabiat muhofazasida ekoturizm manfaatlariga mosbo‘lgan viloyat va respublika hukumati qarorlarini qabul qilish;
mintaqadagi kollej va universitetlarda ekoturizm bo‘yichamalakali mutaxassislarni tayyorlash;
ekoturizm bo‘yicha xalqaro va ichki turizm darajalarigamoslangan turmahsulotlar ishlab chiqish;
Orol dengizi bo‘yidagi ekologik inqirozli vaziyatni hisobgaolib ekoturizmda ishonarli baho siyosatini ishlab chiqish;
alohida muhofazadagi davlat hududlaridagi mahalliyhokimiyatlarga davlat yordamini ko‘rsatish, dastlabki bosqichlardaturizm va ekoturizmdagi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
ekoturizmning mukammal axborot resurslarini, ekoturizmmarshrutlarini, ekoturizm ekskursiyalarini ishlab turizm bozorigachiqarish.
Vatanimizda Orol dengizi bo‘yidayashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatlarini qo‘llabquvvatlash uchun ekoturizm marafonlarini o‘tkazish, tabiatsevartadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiy jihatdan kuchli korxonalar,tashkilotlarni jalb qilish ishlarini tashkil qilishimiz vatanimiztabiatini asrash-avaylashdagi salohiyatli ishlarimizdan bo‘lishishubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |