ma’lum vaqtdan keyin yana shu kompaniyaning yangi markadagi
avtomobillarini sotib olmoqchi bo‘lishgan. «Chevrolet» avtomobilini
sotib olganlarning 35% xaridlaridan juda ham qanoatlanishgan va bu
markaga sodiq qolishlarini aytishgan. Bu borada ishlab chiqaruvchilar
«Qanoatlangan xaridor- bizning eng yaxshi reklamamizdir» - deyishadi.
Xarididan qoniqmagan iste’molchi tovardan foydalanishdan bosh
tortishi, uni do‘konga qaytarib berishi yoki markaning qiymatini
tasdiqlaydigan ma’lumotlarni qidira boshlashi mumkin. Balki u ishlab
chiqaruvchi kompaniya nomiga reklamasini yuborar yoki “huquqim
buzildi”, deb hisoblasa, yuristdan maslahat olishi yoki boshqa
muassasalarga murojaat qilishi ham mumkin. Oxir – oqibat u kelgusida
ushbu markadan sotib olishdan bosh tortadi va uning salbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |