81. Estetik kategoriyalar. Go‘zallik. Tayanch atamalar: Go‘zallik, uyg‘unlik, mukammallik, yaxlitlik. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, san'atdagi go‘zallik. Go‘zallik va estetik ideal.
Falsafaning birorta kategoriyasini ham voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar (butun, qism, zaruriyat, tasodif, mohi- yat, sifat va h.k.) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi. Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategori- yalariga ega. Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborida. Bu borada go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, hunuklik kabi an’anaviy ko‘rinish ko‘pgina adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Bugungi kunda go‘zallik - ulugVorlik - fojiaviylik - kulgililik; estetik ideal — estetik did — estetik tuyg‘u; san’at — badiiy obraz — ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qollanilmoqda. Biroq, kategoriyalar tizimi qanday ko'rinishda bo‘lmasin, ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etadi. Go‘zallik nima? Bu savolga estetik tafakkur rivoji tarixida juda ko‘plab javoblar berilgan, xilma-xil nazariya va qarashlar ishlab chiqilgan. Juda ko‘p yillardan buyon estetika kategoriyalarini yaxlit tizimga solish olimlar e’tiborini jalb etib kelayotgan bo‘lsada, lekin keltiril- gan an’anaviy va zamonaviy tasniflardan ko‘rinib turibdiki, go‘zallik metakategoriya sifatida estetikada muhim ahamiyat kasb etadi. Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. Ma’naviy va mod- diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohang- ligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadri- yat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning markaziy mezoniy tushunchasi - asosiy kategoriyasi sifatida bar- cha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik ma- salasiga borib taqaladi. Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo 'iyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiatdagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zalligini inson takrorlashga ojiz. Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qan- day narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari bilan o‘lchanadi. Inson go‘zallikni chi- nakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badi- iy-estetik tafakkurini o‘stiradi. Go‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik - bu tabiatdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg‘onish jarayonidir. Bu go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo- zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik - bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg'unligini ta’minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy muno- sabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik - bu undagi ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |