1.Dunyoqаrаsh tushunchаsi. Tayanch atamalar:Fаlsаfа vа dunyoqаrаsh. Dunyoqаrаsh tushunchаsi. Аfsоnаviy dunyoqаrаsh. Diniy dunyoqаrаsh. Fаlsаfiy dunyoqаrаsh. Fаlsаfаdа dunyoqаrаsh pаydо bo’lishi mаsаlаlаri.
Dunyoqarash – insoniyatning o’tmishi, hozirgi va kelajakdagi hayoti sharoitlarining anglab olingan qadriyatlari tizimidan iboratdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzlari va hayotiy mavqyelarini, ularning axloq-odob
me’yorlaridan tortib bir butun madaniyati va ma’naviyatigacha bo’lgan barcha jihatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi.Dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatidanamoyon bo’lgan.Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiyhayotga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan.Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan.Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan.Mifologik dunyoqarash voqyelikning xayoliy ingikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o’z ifodasini ko’proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko’rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy shakli-diniy dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarash – olamdagi voqyea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindanbelgilangan maqsadlar bilan bog’lab tushuntirishdir.Diniy dunyoqarashning boshlang’ich elementi – bu diniy tuyg’udir. Diniy tuyg’u bu kishilarning tabarruk va aziz, deb tasavvur qilinadigan mavjudotlarga,muqaddaslashtirilgan buyumlar, shasxlar, joylarga, bir-birlariga, o’z-o’ziga,shuningdek, ilohiy mazmunda talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalarigamunosabatlarida paydo bo’ladigan hissiyotdir. Diniy tuyg’u tug’ma bo’lmaydi, ukishi yoki kishilar yashaydigan ijtimoiy va ruhiy shart-sharoitlar asosida vujudakeladi.
Ontologiya – olam, inson va jamiyatning obyektiv universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot. Boshqacha aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagi falsafiy bilish sohasidir.
Gnoseologiya – bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilim nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |