3.Insоnni fаlsаfiy tахlil qilishning mоhiyati.
Tayanch atamalar: Insоnning biоlоgik, ijtimоiy, mа’nаviy jihаtlаri. Insоnning kеlib chiqishi muаmmоsi. Insоnning mоhiyati. Insоndа biоlоgiyaviylik vа ijtimоiylik diаlеktikаsi. Insоnning mа’nаviy jihаtlаri. Bаrkаmоl insоn tushunchаsi. Tаsаvvufdа insоn muаmmоsi.
Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi.Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biridir. Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida talqin qilinadi. Mutafakkir insonning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni – baxtli bo’lishi va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini ko’rsatadi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Bundan farqli o’laroq, Abu Homid G’azzoliy bu ustunlikni aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini ko’rsatadi; aql imkoniyatlari cheklanganligini isbotlashga harakat qilgan tasavvuf ta’limotida komil inson asosiy g’oyalardan biri edi. Bu komillik, asosan, ma’naviy barkamollik, ruhiy yuksalish, jismoniy orzu-istaklarni idora qila bilishda namoyon bo’lishini uqtirganlar. Sharq falsafasida inson to’g’risidagi qarashlar islom dini g’oyalari, sharqona tafakkur va turmush tarzi bilan uzviy bog’liq holda rivojlangan edi.Sharq mutafakkirlarni insonga umumfalsafiy muammolarning bir qismi sifatida qarardilar. Bundan farqli o’laroq, G’arb falsafasida insonga, asosan, biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion o’zgarishlarning mahsuli deb qaraldi. Rus tabiatshunosi V.A.Vernadskiyning ta’limotiga ko’ra, inson aqli buyuk geologik omil sifatida tabiatdagi taraqqiyotni tezlashtirgan, butun hayotning taqdiri insonning aql-zakovati va axloqiga bog’liqdir. Hozirgi zamon falsafasining yirik vakillaridan biri bo’lgan E.Fromm insonga bo’lgan sof va samimiy muhabbatni butun yer yuzi xalqlari o’rtasida tinchlik, totuvlik, hamkorlik munosabatlarini qaror toptirishning muhim omili deb hisobladi; insonning eng muhim qobiliyati sifatida sevish qobiliyati, san’atlar ichida eng muhimi sevish san’ati ekanligini ko’rsatadi. Faylasufning ta’kidlashicha, insonga boshqalarning sevish qobiliyatini tarbiyalashi, takomillashtirishi mumkin.Inson – ijtimoiy-tarixiy jarayonning, moddiy va ma’naviy madaniyat rivojlanishining subyekti, hayotning boshqa shakllari bilan genetik jihatdan bog’langan, ammo ulardan mehnat qurollari ishlab chiqarishi, burro-burro qilib so’zlashi va ongi, axloqiy sifatlari bilan ajralib turadigan bioijtimoiy mavjudotdir.Inson – kishi, uning ongi, odob-axloqi, ma’naviyati, dunyoqarashi, talabehtiyojlarining qondirilishi, ijtitmoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bog’liqdir. Jamiyat qanday bo’lsa, ijtimoiy munosabatlar majmui bo’lgan inson ham unga mos bo’ladi. Inson dunyoda eng murakkab, oliy mavjudot, tabiatning yuksak mahsuloti, hayot gulidir. Insonnging bebaholigi–uning aql-ijrok va tafakkuriga egaligida. U aql-idrok sohibi bo’lganligi uchun real dunyodagi voqyealarni biladi, ilmu tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |